Jamoat qanday yo‘l tutadi?
Savol: Imomga iqtido qilganda ba’zi narsalarni imom unutib qo‘ysa, jamoat
qanday yo‘l tutadi?
Javob: Agar imom ado etmasa, jamoat ham bajarmaydigan besh narsa bor. Bular
quyidagilar:
1. Agar imom qunut duosini o‘qimasa, jamoat ham o‘qimaydi.
2.
Agar imom ikki iyd namozlarining takbirini aytmasa, qavm ham ularni aytmaydi.
3.
Bordi-yu, imom to‘rt rakatli namozning ikkinchi rakatidan so‘ng o‘tirmasa, jamoat
ham o‘tirmaydi.
4.
Agar imom sajda oyatini tilovat qilsa-yu, tilovat sajdasini qilmasa, qavm ham
sajdai tilovatni ado etmaydi.
5.
Agar imom sajdai sahv qilmasa, jamoat ham sahv sajdasini bajarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |