Dinamikaning asosiy qonunlari Reja: Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersial sanoq sistemasi



Download 68,76 Kb.
bet2/2
Sana18.01.2020
Hajmi68,76 Kb.
#35507
1   2
Bog'liq
Dinamikaning asosiy qonunlari maftunaxon qizim


Nyutonning 3-qonuni

 Jismlar bir-biriga moduli boyicha teng va qarama-qarshi yonalgan kuchlar bilan tasir qiladi.


Nyutonning uchinchi qonuni jismlarning o’zaro ta’sir qilishi tufayli kuchlar hamisha ikkita-ikkita paydo bo’lishini ko’rsatadi. Biror jismga kuch ta’sir qilar ekan, muqarrar ravishda boshqa bir jism bo’ladiki, unga birinchi jism absolyut qiymati xuddi shunday, lekin qarama-qarshi tomonga yo’nalgan kuch bilan ta’sir qiladi.
Jism aylana bo’ylab harakatlanganda jismning tezlanishi aylana markaziga tomon yo’nalgan. Shuning uchun bu tezlanish markazga intilma tezlanish deyiladi. Biroq tezlanishni kuch yuzaga keltiradi. Aylana bo’ylab harakatlanayotgan jismga aylana markaziga yo’nalgan kuch ta’sir qiladi. Bu kuch markazga intilma kuch deb ataladi.
Nyutonning 2- qonuniga ko’ra
Fmi = mami, ami =  
Fmi=  yoki Fmi= m2R
Fmi ga aks ta’sir bo’lgan F kuch markazdan qochma kuch deb ataladi. Bu ikkala kuchning yo’nalishlari qarama-qarshi, lekin miqdorlari teng:
Fmi= Fmq=   yoki Fmq= m2R
Bu formulada:

 - chiziqli tezlik - burchak tezlik


R -aylana radiusi

Ishqalanish va ishqalanish turlari

Stolning ustida turgan kitobni itarib yuboraylik. Kitob stolning gorizontal sirtida harakatga keladi va boshqa ta’sir ko’rsatilmasa, o’z harakatini sekinlashtirib ma’lum vaqtdan keyin to’xtaydi. Bunga sabab uning stol ustida sirpanishiga tuskinlik qiluvchi va bir-biriga tegib turgan sirtlar orasida vujudga kelgan ishqalanish kuchidir. Yuqoridagi misol asosida, ishqkalanish kuchi jismlarning bir-birlariga nisbatan tezliklariga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qilamiz.

Odatda ishqalanishni tashki va ichki ishqalanishlarga ajratishadi. Tashki ishqalanish deb – bir-biriga tegib turgan jismlarning biri ikkinchisining sirtida harakatlanganda sirtlar orasida vujudga keladigan ishqalanishga aytiladi.
Yuqoridagi misolda, kitob va stolning bir-biriga tegib turgan sirtlari orasidagi ishqalanish tashki ishqalanish buladi.

Agar jismlar bir-biriga nisbatan harakatsiz bulsa tinchlikdagi ishqalanish, sirpansa-sirpanish ishqalanish va harakat turiga qarab aylanma, tebranma harakatdagi ishqalanishlarga ajratiladi.



Ichki ishqalanish deb bir jismning turli qismlari orasida vujudga keladigan ishqalanishga aytiladi. Odatda ichki ishqalanish suyuqliklar va gazlarda mavjud bo’lib biz ularga keyinrok tuxtalamiz. 
Tashki ishqalanishni vujudga keltiradigan asosiy sabab bir-biriga tegib turgan sirtlarning notekisligi, ya’ni gadir-budirligidir. Agar sirtlar juda sillik bulsa ishqalanish turli jismlar molekulalari orasidagi tortishish kuchlari natijasida vujudga keladi.

Bir sirtning boshqa sirt bilan ta’sirlanishi ishqalanish deyiladi. Ishqalanishlar 3 xil bo’ladi

1.Tinchlikdagi ishqalanish

2. Sirpanish ishqalanish

3. Dumalanish ishqalanish

Tinchlikdagi ishqalanish kuchi. Jismni harakatlantirish uchun unga F kuch quyilgan. F ning ma’lum qiymatlarigacha jism harakatsiz qoladi. ya’ni jism va stol sirtlari orasida vujudga keladigan kuch jismning stol ustida harakatlanishiga tusqinlik qiladi. Jismlar bir-biriga nisbatan harakatlanmaganda ham ularning bir-birlariga tegib turgan sirtlari orasida vujudga keladigan bunday kuchga tinchlikdagi ishqalanish kuchi deyiladi.

F ning kattaligi ishq ning kattaligiga teng bo`lganda stol ustidagi jism harakatlana boshlaydi.



Lekin, shu bilan birga bu kuchlar qarama-karshi yo`nalgandir.
 Sirpanish ishqalanish kuchi F ishq bir jism ikkinchi jismga ko’rsatadigan normal bosim kuchi (tayanchning reaksiya kuchi) N ga proportsionaldir, ya’ni Fishqqμ· N


Bu yerda μ - sirpanish ishqalanish koeffitsienti deyilib, jismlarning bir-biriga tegib turgan sirtlarining xossalariga bog’liqdir.

 Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Ishqalanish bo`lmaganda odamlar va transport vositalari harakatlana olmas edilar. Bu harakatlarni ta’minlovchi omil odam oyoqlari va yer sirti, mashina balonlari va yer sirti orasidagi ishqalanish kuchlarining mavjudligidir. Ba’zi hollarda ishqalanish zarar keltirishi ham mumkin va bu xollarda uni kamaytirish zarur. SHu maqsadda ishqalanuvchi sirtlarga turli yog`lar surtiladi, yoki podshibniklarga o`xshash texnik moslamalardan foydalaniladi.

Inertsial sanoq sistemalariga nisbatan tezlanish bilan harakatlanadigan sanoq sistemalariga noinertsial sanoq sistemalari deyiladi. Bunday sistemalarda Nyuton qonunlari umuman olganda bajarilmaydi. Lekin bu qonunlarni noinertsial sanoq sistemalariga moslash mumkin. Buning uchun esa noinertsial sanoq sistemalariga xos bo`lgan inertsiya kuchlari deyilguvchi kuchlarni hisobga olmoq darkor.

 1. Sanoq sitemasining tezlanish bilan ilgarilanma harakat qilishi natijasida vujudga keladigan inertsiya kuchi.

 2. Aylanma harakat qilayotgan sanoq sitemasida tinch turgan jismga ta’sir etadigan inertsiya kuchi.

Markazidan o`tgan o`q atrofida o`zgarmas ω burchak tezlik bilan tekis aylanayotgan disk bilan tajriba utkazaylik. Disk markazidan R masofada m massali sharcha kuyilgan. Disk harakatlanayotganligi sababli sharchaga inertsiya kuchi ta’sir etadi. Bu kuchga markazdan kochma inertsiya kuchi deyiladi. Bu kuch ta’sirida jism diskdan otilib ketadi.

 3. Aylanma harakat qilayotgan sanoq sitemasida harakatlanayotgan jismga ta’sir etadigan inertsiya kuchi. 

Oldingi tajribada sharcha radius buylab  tezlik bilan harakatlanayotgan xolni kuraylik, ya’ni . Unda sharchagan koriolis inertsiya kuchi ta’sir etadi.



Xulosa
Dinamika jismlarning harakatini u yoki bu xaraktyerdagi harakatlarni yuzaga keltiruvchi sabablar bilan bog’langan holda o’rganadi. Dinamikaning vazifasi harakatlanayotgan jismga ta’sir etuvchi kuch bilan shu jism massasi orasidagi bog’lanishni aniqlaydi. Inertlik deb – jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish xususiyatiga aytiladi.



Download 68,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish