Dinamikaning asosiy qonunlari Reja: Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersial sanoq sistemasi



Download 68,76 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2020
Hajmi68,76 Kb.
#35507
  1   2
Bog'liq
Dinamikaning asosiy qonunlari maftunaxon qizim

Dinamikaning asosiy qonunlari 

Reja:


  1. Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersial sanoq sistemasi.

  2. Nyutonning 2-qonuni. Markazga intilma kuch, markazdan qochma kuch. Impuls.

  3. Nyutonning 3-qonuni

  4. Ishqalanish va ishqalanish turlari.


Nyutonning 1-qonuni. Inertlik, inersial sanoq sistemasi.

Тezlanishning paydo bo’lish sababini topish uchun tajriba va kuzatishlardan foydalanish kerak. Biroq avvalo jismning qanday sharoitlarda tezlanishsiz harakat qilishini tekshiramiz.

Har qanday jism, harakatda bo’lish yoki tinch turishidan qat’iy nazar, olamda yakka emas. Uning atrofida ko’pgina boshqa jismlar: yaqin va uzoq, katta va kichik, tinch turgan va harakatlanayotgan jismlar bo’ladi. Bu jismlarning ba’zilari, balki hammasi ham, biz tekshirayotgan jismga, uning harakat holatiga qandaydir ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sirning qanday ekanini tajribada kuzatamiz. Quyidagi misolni qarab chiqaylik.
Ipga osilgan sharcha yerga bog’langan sanoq sistemasiga nisbatan tinch turibdi. Sharcha atrofida, turli jismlar bor: sharcha osilgan ip, xonaning devori, undagi va qo’shni xonalardagi ko’pgina buyumlar va Yer ham. Bu jismlarning hammasi ham sharchaga bir xil ta’sir ko’rsatmaydi.
Barcha jismlar Yer ta’sirida pastga tushishni hamma yaxshi biladi. Lekin ip kesilmaguncha sharcha tinch holatda turaveradi. Bu sodda tajriba shuni ko’rsatadiki, sharchaga uning atrofidagi barcha jismlardan faqat ikkitasi: ip va Yer sezilarli ta’sir ko’rsatadi va ularning birgalikdagi ta’siri sharchaning tinch holatda bo’lishini ta’minlaydi. Bu jismlardan birini – ipni yo’qotishimiz bilan tinchlik holati bo’zildi, sharcha tezlanishga ega bo’ladi. Agar biz taranglangan ipning ta’sirini o’zgartirmay, Yerni olib tashlay olsak edi, bu holda ham sharchaning tinchligi buzilgan bo’lar edi: u oldingiga qarama-qarshi tomonga ( yuqoriga) tezlanish bilan harakatlangan bo’lar edi. Bundan biz shunday xulosaga kelamiz. Ip va Yerdan iborat ikki jismning sharchaga ko’rsatadigan ta’siri bir-birini kompensatsiyalaydi.
Biz ko’rib o’tgan misolllardan quyidagi xulosaga kelamiz: agar jismlarning ta’sirlari bir-birini kompensatsiyalasa, jism bu jismlar ta’siri ostida tinch holatda bo’ladi. Bunga o’xshagan ko’p misollar mexanikaning asosiy qonunlaridan biri Nyutonning birinchi qonunini tushunishga yordam qiladi.
Shunday sanoq sistemalari borki, bularga nisbatan ilgarilanma harakatlanuvchi jismga boshqa jismlar ta’sir qilmasa, yoki boshqa jismlarning ta’siri kompensatsiyalansa, jismning tezligi o’zgarmaydi.
Biz keltirgan misollarda bunday sanoq sistemalari Yerga bog’langan sanoq sistemasi va Yerga nisbatan to’g’ri chiziq bo’ylab tekis harakat qiladigan sistemalar edi.
Jism tezligining o’zgarmas bo’lib saqlanish hodisasining o’zi inersiya hodisasi deb ataladi. Shuning uchun jismlarga ko’rsatiladigan tashqi ta’sirlar muvozanatlanganda jismlar o’zgarmas tezlik bilan harakat qiladigan sanoq sistemalari inersial sanoq sistemalari deb, Nyutonning birinchi qonuni esa inersiya qonuni deb ataladi.
Inertlik deb – jismning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish xususiyatiga aytiladi.

Nyuton qonulari bajarilmaydigan har qanday sanoq sistemasiga noinersial sanoq sistemasi deyiladi. Boshqa sanoq sistemalari ham bor. Lekin inersial sanoq sistemalari deb hisoblab bo’lmaydigan sanoq sistemalari ham bor ekanligini nazarda tutish kerak. Bular inersial sanoq sistemalariga nisbatan tezlanish bilan harakat qiladigan sistemalardir. Masalan, muzda Yerga nisbatan tezlanish bilan harakatlanayotgan hokkeychiga bog’langan sanoq sistemasini inersial sistema deb hisoblanmaydi. Chunki muz ustida tinch yotgan shayba bu hokkeychiga nisbatan tezlanish bilan harakat qiladigan bunday sanoq sistemalari noinersial sanoq sistemalari deb ataladi. Biror bir jismning tezlanishi har doim unga boshqa jism ta’sir etganda, ya’ni o’zaro ta’sirlashuvchi jismning ta’siridan hosil bo’lishini ko’rdik.


Fizikada bir jismning boshqa jismga ko’rsatadigan, natijada unga tezlanish beradigan ta’siri kuch deb ataladi. Kuchni – tezlanish olish sababi deb ham aytish mumkin. Kuchni I.Nyuton xuddi ana shunday qilib ta’riflagan: «qo’yilgan kuch jismning tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini o’zgartirish uchun qilingan ta’sirdir». Bu ta’sirni boshqa bir jism beradi. Agar, masalan, erkin tushayotgan jism tezlanish bilan harakat qilsa, tezlanish bu jismga Yer ko’rsatayotgan ta’sir orqali paydo bo’ladi. Ammo endi biz tushayotgan jismning tezlanishini unga qo’yilgan kuch hosil qiladi, deb ayta olamiz. Bu kuch og’irlik kuchi deb ataladi.

Nyutonning 2-qonuni. Markazga intilma kuch, markazdan

qochma kuch. Impuls.

Kuch bir jismning boshqa jismga ko’rsatadigan ta’sirini bildiribgina qolmaydi, F kuch son bilan ifodalanishi mumkin bo’lgan fizik kattalik hamdir. Bir kuch jismga katta tezlanish bera oladi, boshqasi kichik tezlanish bera oladi.

Jismga ta’sir etuvchi kuch jismning massasi bilan uning shu kuch ta’sirida olgan tezlanishi ko’paytmasiga teng.

Matematik tomondan bu qonun F=ma formula bilan ifoda qilinadi, bu yerda F-kuchning moduli. F kuch va a tezlanish vektor kattaliklar bo’lgani uchun Nyutonning ikkinchi qonunini ifodalovchi qonunni vektor shaklida yozish lozim:


F=ma
Kuch jismga (nuqtaga) bergan tezlanish.
a
formula bilan aniqlanadi.
Jismga qo’yilgan kuchlarning geometrik yig’indisiga teng bo’lgan kuch teng ta’sir etuvchi kuch yoki natijalovchi kuch deb ataladi.
Nyutonning ikkinchi qonunning F=ma formulasidagi F kuchni ayni o’sha natijalovchi kuch deb tushunish lozim.
Jismlarning bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri o’zaro ta’sir bo’ladi. Jismlardan har biri boshqasiga ta’sir qiladi va unga tezlanish beradi, o’zaro ta’sirlashuvchi jismlar tezlanishlari modullarning nisbati ular massalarining teskari nisbatiga teng: yoki
 m1 a1= ma2.


Download 68,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish