17-variant
Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko`rsatkichlari.
Statistic kuzatish tushunchasi, mohiyati va ahamiyati.
Ishchilarning tarif razryadlari va mehnat unumdorligi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi.
Aniqlang:
1) guruhlar ichidagi dispersiyalarni;
2) guruhlar ichidagi dispersiyalarning o’rtachasini;
3) guruhlararo dispersiyani;
4) umumiy dispersiyani.
Javoblar.
1). Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko’rsatkichlar hisoblanadi:
Mutloq qo’shimcha o’sish (yoki kamayish);
O’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati;
Qo’shimcha o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda);
1% qo’shimcha o’sishning (yoki kamayishning) mutloq qiymati.
2). Statistik kuzatish - bu o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir. Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi.
1).Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:
2).biror narsa ( predmet, ob’ekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko’zdan
kechirish;
3).biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
voqealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. U o’rganilayotgan ob’ektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq. Hisob- bu biror predmet miqdorini sanab yoki o’lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. Statistik kuzatish xo’jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida xo’jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko’pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga tayanadi. SHu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o’rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik kuzatish va uning natijasida to’planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni:
aniqlik va to’g’rilik;
2) to’lalik va har taraflamalik;
3) Taqqoslamalik, solishtirmalik.
Statistik kuzatish - bu o’rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida bosh-lang’ich ma’lumotlarni to’plash jarayonidir Statistik kuzatishga talablar:
aniqlik, to’lalik, taqqoslamalik Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni (andozalarni) ishlab chiqish va ularga to’la amal qilish muhim rol o’ynaydi. Milliy standartlar mamlakat miqyosida ob’ektlarni tasniflash, ko’rsatkichlarni tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish jarayonida rioya qilinishi zarur bo’lgan talablar, tartib qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar deganda o’rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko’rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar
birlashmasi chegarasida qo’llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar, kontseptsiyalar majmuasi tushiniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir.
3).
Do'stlaringiz bilan baham: |