Hususiyat (yoki sinf maydoni) — bu klassning biror jihati haqidagi axborotlarni ifodalovchi element hisoblanadi.
Metod — hususiyatlar ustida bajarish mumkin boʻlgan amallarni ifodalaydi.
Sinf — bu ma’lumotlarning murakkab tipi boʻlib, hususiyatlar (maydonlar) va ularga nisbatan qoʻllash mumkin boʻlgan metodlar majmuasidan iborat.
Obyekt sifatida semerinka olmasini olsak, u olmalar sinfiga mansub boʻlib, ogʻirlik, rang, qand miqdori, suv, sirt yuzasi, urugʻlari soni kabi hususiyatlari hamda poʻstini archish, iste’mol qilish, boʻlaklarga boʻlish, sharbatini siqib olish kabi metodlarni koʻrsatish mumkin.
Sinf xodisasi — bu sinf tomonidan javob reaksiyasining koʻrsatilishiga turtki beradigan tashqi ta’sirdir.
Sinflar dasturga kiritilayotgan amaliy tushunchalarning yahlitligini ta’minlaydi va mohiyatning statik va dinamik xarakteristikalari oʻrtasidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. Dasturni loyihalash bosqichida sinflar yordamida real obyektlarning aniq modelni qurishga erishiladi.
Har bir obyekt (yoki sinf nusxasi) qaysidir sinfning vakili boʻladi. Ularni sinflar uchun oʻrnatilgan tartibda tavsiflanadi va foydalaniladi. Obyekt haqidagi ma’lumotlar obyektli tipdagi oʻzgaruvchilarda saqlanadi.
OAD uch tamoyil ustida quriladi: vorislik, polimorfizm va inkapsulyatsiya.
Vorislik — bu biri bazaviy (ajdod) boʻlgan, qolganlari esa ular asosida yaratiladigan (avlod) sinflarni bogʻlovchi munosabatdir.
Sinflarning eng muhim tomoni ular asosida yangi sinflarni tashkil etish imkoniyati bilan belgilanadi. Bunda avlod sinf ajdod sinfga taaluuqli boʻlgan barcha metod va hususiyatlarni oʻziga olib, qoʻshimcha ravishda yangi metod va hususiyatlar evaziga boyitilishi mumkin. Masalan, mushuklar sinfi sut emizuvchilar sinfiga kiradi va shu bilan birga oʻziga hos boʻlgan alohida belgilarga ega boʻladi.
Polimorfizm. Yangi sinflar uchun qayta aniqlanayotgan metodlarning nomoari shajaraning yuqori bosqichlarida turgan sinflardagi nomlar bilan ustma-ust tushadi. Shunday boʻlsada kompilyator obyektning tipiga qarab qaysi sinf metodini qoʻllashni farqlay oladi.
Polimorfizm — bu ob`ekt tomonidan murojaat qilinayotgan metodlarni mazkur ob`ektning tipi va vorislik shajarasiga koʻra toʻg’ridan-toʻg’ri tanlash printsipidir.
Sodda qilib aytganda, obyektlarning hususiyat va metodlarini an’anaviy nomlar bilan atash tavsiya qilinadi. Polimorfizm deganda qaysidir hususiyat yoki metodga murojaat qilinganda, u aynan qaysi obyektga taalluqli ekanligini aniqlash jarayoni nazarda tutiladi. Faraz qilaylik, “Sut emizuvchilar” sinfi uchun “yugurish” metodi aniqlangan boʻlsin. Uni “mushuklar” sinfi uchun mushuklarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda qayta aniqlangan boʻlsin. Dasturda “mushuklar” sinfi nusxasi ekzemplyari yaratilgan boʻlib, “yugurish” metodiga murojaat qilingan boʻlsa, u holda aynan mushuklarga hos “yugurish” metodi ishga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |