8. Fayllarni arxivlash va arxivini ochish. Katta sondagi fayllar bilan ishlaganda, ularni arxivlashga ehtiyoj tugʻilishi mumkin. Dasturchilarga arixivlash imkoniyatini zipfile modulidagi ZipFile() funktsiyasi taqdim etadi va bunda faylli zip ob`ekti yaratiladi.
from zipfile import ZipFile
from glob import glob
# Joriy papkadagi barcha .py fayllarining zip-fayli yaratiladi
files = list(glob('f*.py'))
with ZipFile('py_files.zip', 'w') as file:
for py_fayl in files:
print("*Arxivga {py_fayl.name} fayli qoʻshildi")
file.write(py_fayl)
Aytaylik, tashqi manbadan zip-fayl berilgan va uni joriy papkada ochish talab qilingan boʻlsin. Agar undagi fayl nomi hamda joriy papkadagi fayl nomi bir boʻlib qolsa, uni qayta yozish haqida koʻrsatma zarur boʻladi. Shuning uchun, arxiv fayllarini alohida papkada ochish maqsadga muvofiq boʻladi.
from zipfile import ZipFile
with ZipFile('py_files.zip') as zip_file:
zip_file.printdir()
zip_file.extractall()
Do'stlaringiz bilan baham: |