print(“satr”*n).
Bu yerda n – “satr” ni necha marta chiqarish kerakligini koʻrsatuvchi son. Masalan,
print(”Salom “*3)
buyrugʻi bajarilganda ekranda quyidagi matn paydo boʻladi:
Salom Salom Salom
Odatda print() buyrugʻi talab qilingan ma’lumotlarni ekranga chiqarganidan keyin yangi satrga oʻtadi. SHunga koʻra navbatdagi print() da kursatilgan ma’lumotlar yangi satrga chiqariladi. Bu holat xar doim ham bizni qanoatlantirmasligi mumkin. Sodda qilib aytganda bir nechta print() da koʻrsatilgan ma’lumotlarni bitta satrga uzatishga toʻgʻri kelishi mumkin. Buning uchun print() argumentlari roʻyhatini end=’ ‘ bilan tugatish zarur. Aprostroflar oʻrtasida esa ajratuvchi belgi (odatda boʻsh joy belgisi) koʻrsatiladi. Bu holda avval talab qilingan ma’lumot, soʻngra ajratuvchi belgi chiqariladi va kursor satrning navbatdagi pozitsiyasiga oʻtadi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |