3.1. Umumiy ma’lumotlar
Koʻplab dasturlash masalalarida ma’lum bir hil amallar ketma-ketligini bir nechta marta takrorlab bajarishga toʻgʻri keladi. Bunday xollarda dastur kodini ixcham qilib yozish uchun tsikl operatorlaridan foydalaniladi.
Tsikl operatorlari – bu ma’lum bir buyruqlar blogini koʻp marta bajarish jarayonini dastrulashga xizmat qiladi. Bunday blokni tsiklning jismi deb ataladi.
Operatorda tsikl jismining takroran bajarishlar sonini turli usullar bilan koʻrsatish mumkin:
bu son oldindan koʻrsatiladi;
takrorlash qandaydir shartning oʻrinli boʻlish yoki boʻlmasligiga bogʻlanadi.
Dasturchi bu usullardan birini zaruratga koʻra tanlab olishi mumkin. Odatda, takrorlanishlar soni oldindan ma’lum boʻlgan hollarda a-usul, boshqa hollarda esa b-usul tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |