timestamp()
|
davr bosihidan boshlab, oʻtgan sekundlar.
|
replace ([year] [, month] [, day] [, hour] [, minute] [, second] [, microsecond] [,' tzinfo])
|
Koʻrsatilgan hususiytalarni almashtirish orqali yangilangan sanani qaytaradi. Argumentlar hususiyatlar tartibiga mos ravishda kiritiladi.
|
timetuple()
|
Vaqt va sanasi boʻlgan struct_time ob’yektini qaytaradi.
|
utctimetuple()
|
UTC boʻyicha vaqt va sanasi boʻlgan struct_time ob’yektini qaytaradi.
|
toordinal()
|
Davr boshidan boshlab oʻtgan kunlarni qaytaradi.
|
weekday()
|
Hafta kunining nomeri. (0-dushangba, 6-yakshanba).
|
isoweekday()
|
Hafta kunining nomeri. (1-dushangba, 7-yakshanba).
|
isocalendar ()
|
yil, hafta nomeri va kunning haftadagi nomeridan iborat kortejni qaytaradi.
|
isoformat(])
|
ISO 8601 bichimi ostidagi vaqt va sana qaytariladi. Agar ajratuvchi koʻrsatilmagan boʻlsa, uni T tarzida qobul qilinadi. Nasalan, 2017-11-21T17:56:41.
|
ctime()
|
bichim satrini qaytaradi.
|
10.5. Taqvimlar bilan calendar moduli yordamida ishlash
Calendar moduli oddiy matn yoki HTML-kod shaklidagi taqvimlarni tayyorlashga imkon beradi. Bu modul oʻz ichigaquyidagi klasslarni oladi:
♦ Calendar — bazaviy klass, undan boshqa klasslar avlod sifatida hosil qilinadi. Uning mumiy koʻrinishi quyidagicha:
Calendar([]).
Masalan,
import calendar
c = calendar.Calendar (0)
print(c.monthdayscalendar(2021,11))
♦ Textcalendar — oddiy math shaklidagi taqvimni chop qilish imkonini beradi. Konstruktori:
Textcalendar([]).
2022 yil uchun kalendar tayyorlash kodi quyidagicha yoziladi:
import calendar
c = calendar.TextCalendar(0)
print (c.formatyear (2022) )
Kod ishga tushganda 2022 yil uchun kalendar ekranga uzatiladi.
♦ LocaleTextCalendar — taqvimlarni oddiy matn shaklida ishlab chiqish imkonini beradi. Oy va hafta kunlari koʻrsatilgan milliy alifbo asosida yoziladi. Uning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
LocaleTextcalendar([[, ]]).
2021 yil uchun oʻzbek alifbosidagi taqvim quyidagi kod asosida ichlab chiqiliadi:
import calendar
s = calendar.LocaleTextCalendar(0, "Uzbek_Uzbekistan.1251")
print (s.formatyear (2021))
TextCalendar va LocaleTextCalendar klasslari quyidagi metodlarni oʻz ichiga olgan:
♦ formatmonth(, [, [ satrlararo interval>] ]) — koʻrsatilgan yil va oy uchun taqvimni qaytaradi.
2021 yil dekabr’ oyi uchun taqvim:
import calendar
c = calendar.LocaleTextCalendar(0, "Uzbek_Uzbekistan.1251")
print(c.formatmonth(2021, 12))
♦ prmonth(, [, [, satrlararo interval>]]) — formatmonth() metodiga oʻxsjhaydi, ammo taqvimni birdaniga ekranga uzatadi. 2021 yil dekabr oyi uchun taqvimni chiqaramiz. Kunlar uchun maydon 4 ga teng:
Do'stlaringiz bilan baham: |