6. Fayl va papkalarni tekshirish. Aslida bu amal hozirgacha koʻp uchradi. Koʻrsatilgan manzilning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashda exists() metodidan foydalanildi. Agar mavjud boʻlsa—True, aks holda — False. Bu funktsiya os va pathlib modullaridan turli parametrlar bilan birgalikda qoʻllaniladi. Quyidagi namunalarga e`tibor bering:
# exists() funktsiyasi os modulida
os.path.exists('path_to_check')
# exists() funktsiyasi pathlib modulida
Path('directory_path').exists()
Shuningdek, pathlib modulida manzilning papka yoki fayl ekanligini ham aniqlash mumkin:
# manzilning papka ekanligi tekshirilmoqda
os.path.isdir('path_to_check')
Path('path_to_check').is_dir()
# manzilning fayl ekanligi tekshirilmoqda
os.path.isfile('path_to_check')
Path('path_to_check').is_file()
Do'stlaringiz bilan baham: |