Masala-3. Diagonal elementlari 1, diagonali yuqorisidagi elementlari 0, quyisidagi elementlari esa 2 ga teng boʻlgan n×n kvadrat massivni yarating.
Yechish gʻoyasi. Namuna tariqasida n=4 desak, quyidagi massivni qurish talab qilinmoqda:
Masalaning mumkin boʻlgan yechish usullaridan biri 4×4 massivni 0 lar bilan toʻldirish, soʻngra diagonaldan quyida joylashgan elementlarni 2, diagonal elementlarini 1 ga tenglashtiriladi. Natijada quyidagi dastur hosil boʻladi:
n=int(input(' Massiv satrlari sonini kiriting '))
A = []
for i in range(n):
A.append([0] * n)
for i in range(n):
for j in range(n):
if i > j:
A[i][j] = 2
elif i==j :
A[i][j] = 1
print(A[i], end=' ')
print('\n')
Roʻyxatlar ustida amallar bajarish Roʻyxatning alohida elementiga uning indeksi boʻyicha murojaat qilish mumkin. Bunda indekslar 0 dan boshlanishini yodda tutish zarur:
>>> e = [56.8060, 57.1578, 57.4093, 56.1843, 57.2207]
>>>e[0] 56.806
>>>e[1] 57.1578
>>> e[-1] # oxirgi element
57.2207
Mavjud boʻlmagan elementga murojaat qilish hatolikni yuzaga keltiradi:
>>>e[100] Traceback (most recent call last): File "
", line 1, in e[100] IndexError: list index out of range Odatiy massivlardan roʻyxatlar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlashi bilan farq qiladi. Quyidagi namunaga e`tibor bering:
h = [ 'Hi' , 27, -8.1, [1, 2]] h[1] = 'helloʻ print(h) print(h[3])
Roʻyxatlar - dastur ishlab chiqishda eng koʻp qoʻllanadigan element tiplaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun Python tilida ularni tez va oson qayta ishlashga moʻljallangan bir qator funktsiyalar nazarda tutilgan.