Dinamik tiplashtirilgan


Ma’lumotlar bazasining strukturasi



Download 2,94 Mb.
bet71/77
Sana06.10.2022
Hajmi2,94 Mb.
#851613
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Bog'liq
Dinamik

.2. Ma’lumotlar bazasining strukturasi
MB da ma’lumotlar bir yoki bir nechta jadvallarda saqlanadi. Jadval — bu odatda satr va ustunlar shaklida ifodalangan bir jinsli, biron bir kriteriya boʻyicha tartiblangan ma’lumotlar toʻplamidir. Jadvallar qog’oz yoki elektron variantlardan birida boʻladi.
Qog’oz variantiga misol qilib kutubxona katalogini olish mumkin. Bu jadval bir jinsli, ya’ni faqat kitoblar haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. Undagi kartochkalar biror bir qoida asosida tartiblangan holda (masalan, sohalar boʻyicha yoki alfavit tartibidaga familiyalar boʻyicha) joylanadi.
Jadvallarning elektron variantida ma’lumotlar fayllarda (yoki fayllar toʻplamida) saqlanadi. Uning har bir satri yozuv deb ataladi va oʻzida bitta nusxa haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi. Masalan, "Oʻquv yurti talabalari" jadvalidagi har bir yozuv bitta talaba haqidagi ma’lumotni oʻz ichiga oladi.
Yozuvlar maydon lardan tashkil topadi va har bir maydon joriy nusxaning faqat bitta xarakteristikasini saqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, talabalar haqidagi jadval quyidagi maydonlardan iborat boʻlishi mumkin: familiyasi, ismi, fakul′teti, guruhi, tug’ilgan sanasi. Ayrim maydonlarga ma′lumotlar yozilmagan boʻlishi ham mumkin. Ammo, ularning hammasida ma’lumotlar mavjud deb qaraladi.

Jadvalga namuna.


familiyasi ismi fakul′teti guruhi tug’ilgan sanasi
Abdullaev Ilxom matematika 103 05.06.85
Botirova Klara fizika 201 13.11.86
Daminov Sodiqjon fizika 402 24.09.84
Komilova Gulchehra kimyo 302 16.03.85
Salimova Gavharoy geografiya 105 09.08.86
Tursunov Abdulboqi matematika 401 07.07.84

MB larni ishlab chiqish ikki bosqichdan iborat boʻladi:


1. jadvallar yaratish;
2. jadvallarni boshqarish uchun dasturlar majmuasini ishlab chiqish.
Bu jarayonda jadvallarni yaratish toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladi. MB bilan bogʻliq qolgan barcha amallar uchun dasturlar majmuasini ishlab chiqish talab qilinadi. Buning uchun bir qator vositalar, jumladan SQL (Structured Query Language) — strukturalashtirilgan soʻrovnomalar tilidan foydalanish mumkin.

Pythonda Sqlite3 bilan ishlash


Python tilida MB tashkil qilish va ular ustida turli murakkablikdagi biamallarni bajarishga moʻljallangan qator modullar (SQL, MySQL, Sqlite3 va h.k.) bilan ishlash mumkin. Ushbu bobda Python interpretatori tarkibiga sodda MB bilan ishlash (MB jadvallarini yaratish, ularga bogʻlanish va sodda amallar bajarish) imkoni buruvchi Sqlite3 moduli haqida fikr yuritiladi.


SQL tili MB bilan oʻzaro muloqotni ta’minlash uchun zarur boʻlgan buyruqlarni oʻz ichiga oladi. Quyida CRUD (Create, Read, Update hamda Delete) asoslari haqida boshlangʻich ma’lumotlar keltirilmoqda.
Sqlite3 – bu MB ustida yengil ishlarni bajarish imkonini beruvchi, alohida server talab qilmaydigan, MB bilan maxsus sql-soʻrovnomalar yordamida ishlashga ruhsat beradigan metod va funksiyalar moduli hisoblanadi.
Sqlite3 moduli DB-API 2.0 ga mos SQL interfeysini amalga oshiradi.
Python da Sqlite3 bilan ishlash uchun modulni import qilgandan so‘ng MB ga bogʻlanish lozim. Jadval bilan bogʻlanish connect() metodi yordamida amalga oshiriladi:
import sqlite3
con = sqlite3.connect('talaba.db').
SQL buyruqlarini bajarish uchun cursor() metodi yordamida hosil qilinadigan kursor obyekti zarur bo‘ladi.
Sqlite3 – bu bogʻlanish obyekt hisoblanadi. Sqlite3 operatorlari bilan ishlash uchun dastlab MB bilan bogʻlaniladi, so‘ngra kursor obyekti yaratiladi:
con = sqlite3.connect('talaba.db')
cursor1 = con.cursor()
Shundan soʻng, kursor obyektidan SQL-soʻrovnomalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan execute() metodini chaqirish uchun foydalanish mumkin.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish