amal yoki metod
|
mazmuni
|
A
|
natija - True, agar A toʻplam B ning qism toʻplami boʻlsa. Aks holda – False. Bu yerda A va B toʻplamlar teng emas.
|
A=
issubset()
|
A= |
A>V
|
natija - True, agar B toʻplam A ning qism toʻplami boʻlsa. Aks holda – False. Bu yerda A va B toʻplamlar teng emas.
|
>= yoki
issuperset()
|
A>=V (yoki A. issuperset(B)) amalining natijasi - True, agar B toʻplam A ning qism toʻplami boʻlsa. Aks holda – False. Bu yerda A va B toʻplamlar teng boʻlishi mumkin.
|
A==B
|
agar A ning hamma elementlari B da, B ning hamma elementlari A toʻplamda mavjud boʻlsa-True, aks holda False.
|
A.isdisjoint(B)
|
agar A va B toʻplamlarning kesishmasi boʻsh toʻplam boʻlsa - True, aks holda –False.
|
a in A
|
True – agar a element A toʻplamda mavjud boʻlsa, aks holda –False.
|
Python tiliga toʻplam ustida matematik xarakterdagi amallarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalar kiritilgan.
A.difference(B) funktsiyasi A toʻplamning B ga kirmagan elementlarini qaytaradi. Bu metod toʻplamlar ayirmasi (A-B) amaliga mos keladi
A={1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 1, 3}
B={2, 4, 6}
print(A.difference(B))
Agar toʻplamlar ayirmasi amali elementlari fiksirlangan toʻplamlarga nisbatan qoʻllansa, uning natijasi fronset tipiga mansub boʻladi. Amalda set va fronset tipli toʻplamlar ishtirok etgan boʻlsa, natijasi qayti tip oldin koʻrsatilgan boʻlsa, shu tipga mansub boʻladi.
A.difference_update(B) – toʻplamdan B da koʻrsatilgan barcha elementlarni oʻchiradi. Bu metod A toʻplamni oʻzgartiradi, ammo hech qanday qiymat qaytarmaydi hamda -= operatoriga ham mos keladi. Agar -= operatori elementlari fiksirlangan toʻplamlarga nisbatan qoʻllansa, uning natijasi fronset tipiga mansub boʻladi.
A=set('abcdefg')
B=set('abtykcf')
A.difference_update(B)
print(A)
A.intersection(B) – har ikki toʻplamda mavjud boʻlgan elementlar toʻplamini qaytaradi. Bu metod matematikadagi A∩B yozuviga ekvivalent va unga '&' operatori mos keladi.
A = set('abcdef')
B = set('defghi')
C=A.intersection(B)
print(C)
A.intersection_update(B) – A toʻplamda uning V bilan birlashmasiga kirgan elementlar qoldiriladi va qolganlari oʻchiriladi. Bu metod A toʻplamni oʻzgartiradi, ammo hech qanday qiymat qaytarmaydi hamda unga &= operatori mos keladi.
A = set('abcdef')
B = set('defghi')
C=A&=B # yoki C=A.intersection_update(B)
print(A)
A.isdisjoint(B) - agar A va B toʻplamlarning kesishmasi boʻsh toʻplam boʻlsa - True, aks holda –False.
A=set('1234')
B=set('567')
C=set('246')
print(A.isdisjoint(B))
print(A.isdisjoint(C))
A.issubset(B) (yoki A=A=set('24')
B=set('1234')
print(A.issubset(B))
A.pop() – toʻplamning tasodifiy elementini oʻchiradi va oʻchirilgan elementni qaytaradi. Agar toʻplam boʻsh boʻlsa KeyError istisnoli vaziyatini qaytaradi.
A=set('12345')
print(A.pop(), A)
A.symmetric_difference(B) (yoki A^B operatori) – har ikki toʻplamning umumiy boʻlmagan elementlari birlashmasidan tashkil topgan toʻplamni qaytaradi. Bu metod matematikadagi toʻplamlarning simmetrik ayirmasiga ekvivalent.
A=set('12345')
B=set('2468')
print(A.symmetric_difference(B))
A.symmetric_difference_update(B) (yoki ^= operatori) – A toʻplamga B dagi elementlarni qoʻshadi va umumiy elemetlarni oʻchiradi. Bu metod hech qanday qiymatni qaytarmaydi va boshlangʻich toʻplamni oʻzgartiradi.
A=set('12345')
B=set('2468')
A.symmetric_difference_update(B)
print(A)
A.union(B) (yoki '|' operatori) – A va B toʻplam elementlarining birlashmasi.
A=set('1234')
B=set('4568')
C=A.union(B)
print(C)
A.update(B) (yoki |= operatori) – A toʻplamga B toʻplam elementlarini birlashtiradi. Bu metod hech qanday qiymat qaytarmaydi va boshlangʻich toʻplamni oʻzgartiradi.
A=set('123456')
B=set('246789')
A.update(B)
print(A)
\
Yuqorida keltirilgan barcha metodlarni fiksirlangan toʻplamlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Bu holda natija fronzet tipiga mansub boʻladi. Shuningdek, amallarda set va fronset tipli toʻplamlar ishtirok etgan boʻlsa, natijasi qayti tip oldin koʻrsatilgan boʻlsa, shu tipga mansub boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |