break
else :
total = total + int(a)
print("Kiritilgan sonlar yigindisi=", total)
0 soni kiritilganda tsikl ishini break buyrugʻi yordamida yakunlanadi. Dastur namuna uchun kiritilgan sonlar uchun quyidagi natijani beradi:
Bitta tsikl ichida boshqa bir tsikl ham kelishi mumkin. Bunday tsikllarni ichma-ich joylashgan tsikllar deb ataladi. Bunda tsikl buyruqlarini oʻz ichiga olgan tsikl tashqi, ichkaridagisi esa ichki tsikl deb yuritiladi.
Tashqi tsiklning boshqarayotgan oʻzgaruvchining bir marta oʻzgarishi uchun ichki tsikl toʻla bir marta bajariladi. (Soatning soat va minut koʻrsatkichlarini esga oliig. Unda soatning soat milini bir marta oʻzgarishiga minut mili 0 dan 59 gacha bir marta toʻla aylanib chiqishi mos keladi. Bu yerda soat milini tashqi tsiklning boshqaruvchi oʻzgaruvchi deb qaralsa, minut milini ichki tsiklning boshqaruvchi oʻzgaruvchisi sifatida qarash mumkin.) TSikllarning buyruqlari boshqaruvchi oʻzgaruvchilarniig muayyan vaqtdagi qiymatlari uchun bajariladi.
Keltirilayotgan dasturning kodi Dekart koʻpaytmalar jadvalini ekranga chiqaradi:
for i in range (1,10):
for j in range(1,10):
s=i*j;
k=4*j
print(s, end='\t')
print('\n')
Ushbu kodni tekshirib koʻrish oʻzingizga havola.
Roʻyxatlar
1. Bir oʻlchovli roʻyxatlar
Roʻyxatlar - dastur ishlab chiqishda eng koʻp qoʻllanadigan element tiplaridan biri hisoblanadi. Ular massivlardan farqli ravishda bir nechta tipdagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Roʻyxatlar elementlarining joylashuv tartibiga bir, ikki va undan koʻp oʻlchovli deb ataladi.
Bir oʻlchovli roʻyhat elementlari bitta satr yoki ustun shaklida joylashadi. Roʻyhatlarni e`lon qilish umumiy koʻrinishda quyidagicha amalga oshiriladi:
>>> a=['a', 1, 'b', 2, 'c', 3, 'd']
>>> b=[]
Birinchi namunada oltita elementli a hamda elementlari va ularning soni keyinchalik aniqlanadigan b roʻyhatlat tashkil qililngan. Roʻyhatning alohida elementlariga indeksi boʻyicha murojaat qilish mumkin. Bunda indekslar 0 dan boshlanishini yodda tutish zarur:
>>> e = [56.8060, 57.1578, 57.4093, 56.1843, 57.2207]
>>>e[0]
56.806
>>>e[1]
57.1578
>>> e[-1] # oxirgi element
57.2207
Mavjud boʻlmagan edementga murojaat qilish hatolikni yuzaga keltiradi:
>>>e[100]
Traceback (most recent call last):
File "
", line 1, in e[100]
IndexError: list index out of range
Odatiy massivlardan roʻyxatlar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlashi bilan farq qiladi. Quyidagi namunaga e`tibor bering:
h = [ 'Hi' , 27, -8.1, [1, 2]]
h[1] = 'helloʻ
print(h)
print(h[3])
Ushbu dastur quyidagi natijani beradi:
Python tilida roʻyharlarni tez va oson qayta ishlashga moʻljallangan bir qator funktsiyalar nazarda tutilgan.
len(L)
|
roʻyxat elementlari sonini qaytaradi
|
max(L)
|
roʻyxat elementlarining eng kattasini qaytaradi
|
min(L)
|
roʻyxat elementlarining eng kichigini qaytaradi
|
sum(L)
|
roʻyxat elementlari yigʻindisini qaytaradi
|
sorted(L)
|
roʻyxat elementlarini oʻsish tartibida tartiblaydi
|
extend()
|
roʻyxatni koʻrsatilgan roʻyxat bilan kengaytiradi
|
append()
|
roʻyxatga yangi element qoʻshish
|
insert(n, y)
|
roʻyxatning koʻrsatigan pozitsiyasiga yangi element qoʻshadi;
|
remove()
|
roʻyxatdan koʻrsatilgan elementni oʻchiradi
|
count()
|
koʻrsatilgan elementning roʻyxatda uchrashlar soni
|
index()
|
koʻrsatilgan elementning roʻyxatda uchrash pozitsiyasi;
|
pop(L)
|
roʻyxatning ozirgi elementini oʻchiradi
|
sort(L)
|
roʻyxat elementlarini oʻsish tartibila tartiblaydi
|
reverse(L)
|
roʻyxat elementlarini teskari tartibda qayta yozadi
|
slear(L)
|
roʻyxatni tozalaydi (hamma elementlarini oʻchiradi)
|
list(satr)
|
satr elementlaridan roʻyxat hosil qiladi
|
join(L)
|
roʻyxat elementlaridan satr hosil qiladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |