Dinamik tiplashtirilgan



Download 2,94 Mb.
bet41/77
Sana06.10.2022
Hajmi2,94 Mb.
#851613
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Dinamik

8.17. Itertools moduli haqida
Itertools moduli boshqa ketma⁃ketliklar asosida yangi ketma⁃ketliklarni shakllantirish, elementlarni saralash va boshqa amallarni bajarishga imkon beruvchi bir qator funksiya va metodlarni qamrab olgan. Bu modulning barcha funksiyalari ketma⁃ket bajarish amallarini qoʻllab quvvatlaydi. Modulni boshqa modullar kabi ochish mumkin:
import itertools
Quyida bayon qilinadigan barcha funksiyalar miqdori noaniq boʻlgan qiymatlarni shakllantirish uchun hizmat qiladi.
count ([ start=0] [, step=i]) — qiymatlarning cheksiz oʻsuvchi ketma⁃ketligini hosil qiladi. Boshlangʻich qadam start, oʻzgarish qadami esa step soʻzlarni orqali belgilanadi:
import itertools
for i in itertools.count () :
if i > 10: break
print(i, end=" ")

import itertools
print(list (zip(itertools.count (), "abcdef")))
print(list (zip(itertools.count (start=2, step=2), "abcdef")))

cycle () — tsiklning xar bir qadamida ketma⁃ketlikning navbatdagi elementi qaytariladi. Ketma⁃ketlikning oxiriga oʻtilganidan soʻng, koʻrib chiqish birinchi elementdan boshlab qayta boshlanadi va bu jarayon cheksiz davom etadi. Masalan:
import itertools
n=1
for n in itertools.cycle("абв") :
if n > 10: break
print(n, end=" ")

repeat ([, takrorlashlar soni >]) — ob`ektni koʻrsatilgan miqdorda qaytaradi. Agar bu miqdor koʻrsatilmagan boʻlsa, ob`ekt cheksiz marta qaytariladi.
import itertools
print(list (itertools.repeat (2, 10)))
print(list (zip(itertools.repeat (4), "abcde")))

Quyidagi funksiyalar qiymatlarning turli kombinatsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:
combinations() — har bir takrorlashda koʻrsatilgan miqdordagi elementlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan kortejni qaytaradi. Bunda kortej elementlarining har xil boʻlishi kafolatlanadi. Bu funksiya umumiy koʻrinishda quyidagicha yoziladi:
combinations (ketma⁃ketlik, elementlar soni).
Masalan:
import itertools
print(list (itertools.combinations("abcd", 3)))

combinations_with_replacement() — har bir takrorlashda koʻrsatilgan miqdordagi elementlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan kortejni qaytaradi. Bunda kortej elementlari bir xil boʻlishi mumkin. Funksiya umumiy koʻrinishda quyidagicha yoziladi:
combinations_with_replacement (ketma⁃ketlik, elementlar soni)
Masalan:
import itertools
print(list (itertools.combinations_with_replacement("abcd", 3)))

permutations() — har bir takrorlashda koʻrsatilgan miqdordagi elementlar kombinatsiyasidan iborat boʻlgan kortejni qaytaradi. Agar elementlar soni koʻrsatilmagan boʻlsa, bu miqdor sifatida ketma⁃ketlikning uzunligi olinadi. Bu funksiya umumiy koʻrinishda quyidagicha yoziladi:
permutations (ketma⁃ketlik, elementlar soni).
Masalan:
import itertools
print(list (itertools.permutations("abcd", 3)))

print(list (itertools.permutations("abc")))

product() — har bir takrorlashda bir yoki bir nechta ketma⁃ketlik elementlaridan iborat boʻlgan kortejni qaytaradi. Uning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
product(ketma⁃ketlik [,..., ketma⁃ketlik ] [, repeat=l]).
Masalan:
from itertools import product
print(list(product('abcd', repeat=2)))

from itertools import product
print(list (product ('abc','def', repeat=1)))


Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish