Satrlar bilan ishlash
Konkatenatsiya («+»operatori) amali yordamida bir nechta satrlarni bitta satrga birlashtirish mumkin.:
>>> 'Salom, ' + 'bu men!
'Salom, bu men'
Python tili satrlarni hech bir amalsiz ham birlashtirishga imkon berafi:
>>>'Salom, ' 'bu men!'
'Salom, bu men!'
Ko’pincha satrning ma’lum bir qismini kesib olish talab qilinadi. Bu amalni umumiy ko’rinishda quyidagicha yozish mumkin:
Satr[a: b:n]
Bu yerda a-kesish boshlanadigan positsiya, b-tugatish pozitsiyasi, n-qadam. Zarur hollarda bu parametrlarning ayrimlarini tushirib qoldish mumkin.
a='01233456789abcdefghijk'
b=a[5:12:2] # 5 -chi belgidan 12 gacha 2 qadam bilan
c=a[5:12] # 5 -chi belgidan 12 gacha 1 qadam bilan
d=a[:12:3] # 12-chi belgidan 3 qadam bilan
e=a[::-2] # teskari tartibda -3 qadam bilan
print(b)
print(c)
print(d)
print(e)
Takrorlanadigan satrlardan yangi satr hosil qilish uchun ko’paytirish (* operatori) amalidan foydalanish mumkin:
Satrni butun sonli tipdagi ma’lumotga aylantirish uchun int() metodidan foydalaniladi. Bunda metod argument faqat raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’lgandagina ishlaydi, aks holda hatolik haqida axborot ekranga uzatiladi. Raqamlar ketma-ketligidan avval “-“ belgisi kelishi mumkin.
Ayrim hollarda satr elementlari orasiga apostrof ( ' ) belgisini joylashtirishga to’g’ri keladi. Bu amalni ikki hil usulda bajarish mumkin. Biirinchi usulda satrni turli tipdagi qo’shtirnoqlar orasida yozish. Ikkinchi usul satrni maxsus (boshqaruvchi escape) belgilar ketma-ketligi yordamida ifodalash. Bunda quyidagi escape-belgilardan foydalanish mumkin:
\n - yangi satrga o’tish
\t - tabulyatsiya belgisi
\\ - chapga bittali slesh
\ ' - apostrof belgisi
\" - qo’shtirnoq belgisi
Namunalarga e’tibor bering:
a="Biz Python tilini o'rganyapmiz"
print(a)
b='"Python" dasturlash tili'
print(b)
c='Salom, \n bu men'
print(c)
d='Salom, \t bu men'
print(d)
Bitta satrga sig’maydigan satrlari yozishda uchtalik apostrof belgisidan foydalaniladi. Masalan,
>>> ''' Bu uzun
satr'''
ko’rsatmasini Python 'Bu uzun \nsatr’ tarzida qabul qiladi.
Satrlar bilan ishlashga mo’ljallangan metodlarni ikki hil usulda yozish mumkin. Masalan, str.capitalize() metodi satrning birinchi xarfini katta xarf bilan almashtiradi:
a=str.capitalize('hello Python')
print(a)
b='hello Python'.capitalize()
print(b)
Metodlardan foydalanish yo’riqnomasini ekranga chiqarish uchun help() metodi xizmat qiladi.
Satrda ko’rsatilgan belgilar ketma-ketligining necha marta uchrashini aniqlash uchun count() metodidan foydalanish mumkin:
Python tilida satrlarga bichim berish uchun format() metodi ham nazarda tutilgan.
Endi metod argumantlari o’rnini almashtirib ko’raylik:
Satrlarni yozish uchun format() metodidan ehtiyojga ko’ra turli ko’rinishlarda foydalanish mumkin:
n = 10
print('{:b}'.format(n)) # 2 lik sanoq sistemasida chiqarish
print('{:c}'.format(n)) # Unicode formatida chiqarish
print('{:d}'.format(n)) # 10 lik sanoq sistemasida chiqarish
print('{:x}'.format(n)) # 16 lik sanoq sistemasida chiqarish
Bichim uchun mo`ljallangan xar bir ko`rsatma o`ziga hos ma`noga ega bo`ladi. Argument indeksidan keyin qo`yilgan ma`lumot (butun son) chiqarish uchun ajratiladigan maydon kengligini xamda shu maydon bo`ylab tekislash usulini (maxsus belgi) anglatadi. Tekislash usullari quyidagicha aniqlanadi: < - chap tomondan, > - o`ng tomondan, ^ - markazga nisbatan tekislash. Masalan, {0 : ^20} ko`rsatmasi format() birinchi argumentini kenglig i 20 bo`lgan maydon satrining o`rtasidan chiqarishni bildiradi.
print("1. ' {0}': {0:<20}.".format( "Bir"))
print("2. ' {1}': {1:^20} .".format("Ikki", "uch"))
print("3. ' {2}': {2:>20}. ".format("Uch", "To'rt", "Besh"))
Python da satrlar bilan ishlash uchun bir qator mantiqiy (True yoki False qiymatlaridan birini qaytaruvchi) metodlar joriy qilingan. Jumladan, startswith() metodi satr argumentda ko’rsatilgan belgidan boshlanganligini aniqlaydi, endswith() metodi esa satrning argumentda ko’rsatilgan belgi bilan tugashini tekshiradi.
Satr tarkibidagi yangi satrga o’tish (\n) beilgilarini o’chirib tashlash uchun strip() metodidan foydalanish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |