break
else :
total = total + int(a)
print("Kiritilgan sonlar yigindisi=", total)
0 soni kiritilganda tsikl ishini break buyrug’i yordamida yakunlanadi. Dastur namuna uchun kiritilgan sonlar uchun quyidagi natijani beradi:
Bitta tsikl ichida boshqa bir tsikl ham kelishi mumkin. Bunday tsikllarni ichma-ich joylashgan tsikllar deb ataladi. Bunda tsikl buyruqlarini o`z ichiga olgan tsikl tashqi, ichkaridagisi esa ichki tsikl deb yuritiladi.
Tashqi tsiklning boshqarayotgan o`zgaruvchining bir marta o`zgarishi uchun ichki tsikl to`la bir marta bajariladi. (Soatning soat va minut ko`rsatkichlarini esga oliig. Unda soatning soat milini bir marta o`zgarishiga minut mili 0 dan 59 gacha bir marta to`la aylanib chiqishi mos keladi. Bu yerda soat milini tashqi tsiklning boshqaruvchi o`zgaruvchi deb qaralsa, minut milini ichki tsiklning boshqaruvchi o`zgaruvchisi sifatida qarash mumkin.) TSikllarning buyruqlari boshqaruvchi o`zgaruvchilarniig muayyan vaqtdagi qiymatlari uchun bajariladi.
Keltirilayotgan dasturning kodi Dekart ko`paytmalar jadvalini ekranga chiqaradi:
for i in range (1,10):
for j in range(1,10):
s=i*j;
k=4*j
print(s, end='\t')
print('\n')
Ushbu kodni tekshirib ko`rish o`zingizga havola.
Ro’yxatlar
1. Bir o’lchovli ro’yxatlar
Ro`yxatlar - dastur ishlab chiqishda eng ko`p qo`llanadigan element tiplaridan biri hisoblanadi. Ular massivlardan farqli ravishda bir nechta tipdagi ma`lumotlarni o`z ichiga olishi mumkin. Ro`yxatlar elementlarining joylashuv tartibiga bir, ikki va undan ko`p o`lchovli deb ataladi.
Bir o`lchovli ro`yhat elementlari bitta satr yoki ustun shaklida joylashadi. Ro`yhatlarni e`lon qilish umumiy ko`rinishda quyidagicha amalga oshiriladi:
>>> a=['a', 1, 'b', 2, 'c', 3, 'd']
>>> b=[]
Birinchi namunada oltita elementli a hamda elementlari va ularning soni keyinchalik aniqlanadigan b ro’yhatlat tashkil qililngan. Ro’yhatning alohida elementlariga indeksi bo’yicha murojaat qilish mumkin. Bunda indekslar 0 dan boshlanishini yodda tutish zarur:
>>> e = [56.8060, 57.1578, 57.4093, 56.1843, 57.2207]
>>>e[0]
56.806
>>>e[1]
57.1578
>>> e[-1] # oxirgi element
57.2207
Mavjud bo’lmagan edementga murojaat qilish hatolikni yuzaga keltiradi:
>>>e[100]
Traceback (most recent call last):
File "
", line 1, in e[100]
IndexError: list index out of range
Odatiy massivlardan ro’yxatlar turli tipdagi ma`lumotlarni saqlashi bilan farq qiladi. Quyidagi namunaga e`tibor bering:
h = [ 'Hi' , 27, -8.1, [1, 2]]
h[1] = 'hello'
print(h)
print(h[3])
Ushbu dastur quyidagi natijani beradi:
Python tilida ro’yharlarni tez va oson qayta ishlashga mo`ljallangan bir qator funktsiyalar nazarda tutilgan.
len(L)
|
ro`yxat elementlari sonini qaytaradi
|
max(L)
|
ro`yxat elementlarining eng kattasini qaytaradi
|
min(L)
|
ro`yxat elementlarining eng kichigini qaytaradi
|
sum(L)
|
ro`yxat elementlari yig’indisini qaytaradi
|
sorted(L)
|
ro`yxat elementlarini o`sish tartibida tartiblaydi
|
extend()
|
ro`yxatni ko`rsatilgan ro`yxat bilan kengaytiradi
|
append()
|
ro`yxatga yangi element qo`shish
|
insert(n, y)
|
ro`yxatning ko`rsatigan pozitsiyasiga yangi element qo`shadi;
|
remove()
|
ro`yxatdan ko`rsatilgan elementni o`chiradi
|
count()
|
ko`rsatilgan elementning ro`yxatda uchrashlar soni
|
index()
|
ko`rsatilgan elementning ro`yxatda uchrash pozitsiyasi;
|
pop(L)
|
ro`yxatning ozirgi elementini o`chiradi
|
sort(L)
|
ro`yxat elementlarini o`sish tartibila tartiblaydi
|
reverse(L)
|
ro`yxat elementlarini teskari tartibda qayta yozadi
|
slear(L)
|
ro`yxatni tozalaydi (hamma elementlarini o`chiradi)
|
list(satr)
|
satr elementlaridan ro`yxat hosil qiladi
|
join(L)
|
ro`yxat elementlaridan satr hosil qiladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |