Din va ma’naviyat reja; mustaqillik sharoitida dinga munosabatning tubdan o‘zgarishi uyg‘unlashtirishga oid sohadir



Download 38 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi38 Kb.
#910658
1   2
Bog'liq
Din va ma’naviyat

Uyg‘unlashtirishga oid sohadir.
Yuqorida sanab o‘tilgan umumiy jihatlardan kelib chiqib, ba’zilar din va ma’naviyatni bir narsa deb qarashga moyil bo‘lishadi. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Har bir insonning o‘z dini bo‘lmaydi. Dinlar ko‘p dunyoda, lekin ular muayyan. Din - ilohiy kitoblar orqali nozil etilgan alohida qonun-qoidalarni bildiradi. Ma’naviyatni qat’iy qonun-qoidalar tarzida tasavvur qilinmaydi. Har bir shaxs ma’naviyati o‘ziga xos, har bir insonning o‘z ma’naviy olami mavjud. Din insonning dilida bo‘lishi kerak, albatta, ammo har bir inson bir dinni qabul qilib oladi va uning qonun-qoidalariga umr bo‘yi rioya qiladi. Ma’naviyat esa inson qalbidagi nur, u tanlab olinmaydi, u Allohning inoyati, odamni Haq yo‘lga yetaklovchi hodiy, uning qonun-qoidalari ochiq bayon qilingan hukmlar bilan chegaralab berilmaydi. Ma’naviyat inson umri davomida, millatning tarixiy taraqqiyotida takomil topib boradi, din esa ilohiy vahiy asosida, payg‘ambar hadislariga tayangan holda ulamolar tomonidan muayyan chegaralarda qat’iy qilib belgilab beriladi, bu chegaralarni har kim ham o‘zgartira oladigan narsa emas. Har holda bizning tasavvurlarimiz shunday. Navoiy “Talab vodiysining sifati”da yozadi:

Kufr ila imonga urgaysen ilik,


Bu ta’madinkim ochilgay bir eshik.
Chun eshik ochildi ne kufru ne din,
Ichkari kirgach qutulding barchadin.
Kufru imon rohravg‘a kesh emas,
Asli yo‘lda bandi rohe, besh emas.
Samimiy diniy e’tiqod ma’naviyat eshiklaridan biridir. Yana bir nozik masala. Ko‘proq oddiy e’tiqod egalari dinni sunna darajasida idrok etadilar. Yaqin o‘tmishda, ilm va imon ikki qutbga ajratib tashlangan, san’at marksizm g‘oyalarining targ‘ibotchisiga aylantirilgan bir sharoitda, darhaqiqat, Qur’on va payg‘ambarimiz hadislari din ahli uchun yagona ma’naviy panoh bo‘lgan edi. Ammo voqelikda milliy ma’naviyatimiz maydonlari behududdir. O‘z vaqtida buyuk allomalarimiz ijodida ilm va mantiq, irfon va badiiyat olamlari imondan tashqari bo‘lmagan, balki ilm va imon bir-biriga quvvat bag‘ishlagan, tavhid e’tiqodini idrok etish ilm va irfon orqali teranlik kasb etib borgan. Din va ma’naviyatni birlashtiruvchi fazilat e’tiqoddir. Dinning zohiriy va botiniy jihatlari bor. Botiniy jihati imon bo‘lib, qolgani - ibodatlar - zohiriy jihatlar, ular imonni muayyan tashqi harakatlar bilan tasdiqlaydi. Ammo imon faqat tilda bo‘lsa, islomiy hayot qonunlari bilan ichki ma’naviy uyg‘unlik hosil qilinmasa, unda ma’naviyat nuqtai nazaridan dahriyning o‘z aqidasiga e’tiqodi munofiqning tashqi dindorligidan afzal bo‘lib chiqadi. Chunki e’tiqodli dahriy do‘zax azoblari xavfi oldida ham o‘z bilganidan qaytmaydi. Munofiq esa o‘z hayot tarzi bilan halol insonlarning dinga ixlosini qaytaradi. Dinning zohiri saqlab qolinsa-yu, botiniga e’tibor yetarli bo‘lmasa, din xurofotga aylanadi. Dinni xurofot darajasida tushungan zohirbin aqidaparast nuqtai nazarida din va ma’naviyat butkul bir-biriga zid narsalar bo‘lib qoladi. Dinni aqidaparastlik darajasida tushunish insonlar orasida arzimagan narsadan nifoq chiqishiga, balki og‘ir xunrezliklargacha olib kelishi mumkin. Bunday yondoshuvda turli din vakillari orasidagina emas, xatto bir dinga e’tiqod qiluvchilar orasida ham qonli nizolar kelib chiqishi hech gap emas. Tarixda bunday fojeiy voqealar ko‘p bo‘lgan. Payg‘ambarimizning eng yaqin sahobalari, Haq yo‘ldagi xalifalardan(xulafoyi roshidin) hisoblangan hazrati Usmon va Alilarning shahid etilishi g‘ayridinlar tomonidan emas, ayni islom aqidaparast oqimlarining vakillari tomonidan amalga oshirilganligi tarixdan ma’lum. Sunniy-shia qirg‘inlari-chi? Ayni shu sabablar tufayli Prezident dinga ma’naviy qadriyat sifatida yondoshuvni izchil qo‘llab chiqmoqda. Mustaqil O‘zbekiston rahbariyati dinning zohiriy jihatlarini inkor qilmagan holda, uning botiniy, ma’naviy jihatiga birinchi darajali ahamiyat qaratishni maqbul ko‘rmoqda. Chunki jahon dinlarining botiniy jihati o‘zaro uyg‘unlikni taqozo etadi.
Ma’naviyat uchun turli dinlar aro farqlar muhim emas, inson qalbidagi imon nuri muhim. Bunday yondoshuv ko‘proq tasavvuf irfoni sohiblariga oiddir.
Har qanday bo‘lganda ham, e’tiqod dilda bo‘ladi, u insonning o‘zi uchundir, ibodatlar tashqi xatti-harakat bilan ifodalanadi, bunda inson ham shaxsiy e’tiqod tuyg‘usini qondiradi, ham qaysi dinda ekanligini o‘zgalarga zohir etadi. Ibodatni ado etmaslikning ham sababi ikki xil bo‘lishi mumkin. Biri - agar shaxs o‘zgalar uchun biror-bir savobli ishni bajarishni o‘zi uchun (ibodat doim insonning o‘zi uchundir) bajariladigan ibodatdan ortiq bilsa (albatta, bunda yanglishuvi ham mumkin). Ikkinchisi, o‘z shaxsiy g‘arazi yo‘lida ibodat o‘rniga boshqa bir yumushga chalg‘isa. Har ikki holatda ham inson o‘z kelajak taqdirini xavfga qo‘yadi. Alloh oldida buning javobi qanday - yolg‘iz Yaratganga ayon. Har holda ma’naviyat uyg‘unlikka intiladi, shu jihatdan moʻmin faqat ibodat bilan qoniqib, o‘zga amallarini ezgulik bilan uyg‘unlashtirishga e’tibor qilmasa, bunday insonni ma’naviy barkamol deyish qiyin.
Dinda e’tiqod, taqvo, halol va xarom masalalari asosiylardan bo‘lib, bular bevosita inson ma’naviyatiga aloqadordir. Ma’naviyat muayyan ma’noda dinning botiniy jihati bilan tutashadi. Taqvo ma’naviyat belgisi bo‘lib, halol rizq taqvoning eng o‘zak tushunchasi hisoblanadi. Bu masalalar xususida kelgusida yana batafsil suhbatlar bo‘ladi.
Bu davrlar o‘z ichiga olgan muddatlariga ko‘ra o‘zaro aslo teng emas. Birinchi davr necha ming yilni qamrasa, ikkinchi davr 8-9 asrni o‘z ichiga oladi, uchinchi davr esa bizning o‘lkamiz - Turkiston uchun 5 asr chamasi davom etib, oxirgi 200 yili ko‘proq fojialarga to‘liq bo‘ldi.
Umuman, bunday turli guruh manbalar o‘zaro jiddiy qiyosiy tahlilni talab qiladi va oxir-natijada ham ko‘pincha muayyan darajada taxminiy xulosalar chiqariladi. Islomgacha ma’naviyat haqidagi tasavvurlarimiz, shu sabablarga ko‘ra, baribir uzil-kesil bo‘lishi qiyin va qancha qadim zamonlarga kirib borsak, shu qadar tarixiy haqiqat va afsonalar qorishib, chatishib ketadi.
Islom davri manbalari qadim davrga nisbatan beqiyos darajada boy va ishonchliroqdir. Islom davridan boshlab, aytish mumkinki, masalaga ilmiy yondoshuv imkoni jiddiy tarzda oshadi va millatning ma’naviy kamolot bosqichlari mintaqa madaniyati doirasida aniq tarixiylik kasb etadi.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish