2) Animizm (lotincha - anima - ruh, Jon). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvon va o’simliklarda, jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi dastlabki din shakllaridan biridir. Ilk animistik tasavvurlar o’tmishda oilaviy jamoalarning shakllanishigacha vujudga kelgan. Diniy tizim sifatida keyinroq shakllangan.
2) Animizm (lotincha - anima - ruh, Jon). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvon va o’simliklarda, jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi dastlabki din shakllaridan biridir. Ilk animistik tasavvurlar o’tmishda oilaviy jamoalarning shakllanishigacha vujudga kelgan. Diniy tizim sifatida keyinroq shakllangan.
Animistik tasavvurlar totemizmga nisbatan kengligi va umumiy xarakterga egaligi bilan farqlanadi. Animistik qarashlar barchaga barobar va tushunarli bo’lgan. Animistik tasavvurlar hozirgi dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Barcha dinlarda ruh mavjudligi xususida ta’limot mavjud.
3) Fetishizm. Franstuzcha fetish so’zi sehrli narsa, tumor, but, sanam ma’nolarini anglatadi. Feteshizm narsalami g’ayritabiiy deb ishonish va ularga sig’inishni anglatadi. Fetish bo’lib, tosh, tayoq, moddiy buyumlar bo’lishi mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir. Fetishizmning rivojlanishi yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni hunarmandchilikni vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamlar butlar va tumorlarda g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning asoratlari mavjud bo’lib, ularga sedana, tasbeh, munchoq, qalampirmunchoq, isiriq, ko’ztikan, piyoz, sarimsoq, qora murch, daraxtlardan: yong’oq, anjir, jiyda, archa va boshqalar tabarmklashtirilgan, muqaddas sanaladi. Fetishizm unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab keladi.
4) Ajdodlarga sig’inish. Eng qadimgi oila-urug’laming dastlabki diniy e’tiqodlaridan biri bo’lib totemizm, fetishizm, shaxsiy homiy ruhlarga sig’inish, oila-urug’ oqsoqol-homiylariga, qabila boshliqlariga sig’inish asosida tarkib topgan. Bu e’tiqoddagilar ajdodlaming ruhlari odamlardan kuchli, shuning uchun urug’ning farovonligi shu ruhlarga bog’liq bo’ladi deb tasavvur qilganlar. Buning natijasida qadimgi Yunoniston va Rim may da dinlarida qahramonlarga sig’inish, keyinchalik xristianlik va Islomda ham avliyolarga sig’ini odati paydo bo’ldi. Islomga xos ur-odatlar sifatida arvohlami, avliyolarni esalab ularga sig’inish, madad so’rash, ular uchun xudoyi, jonliq so’yib qurbonliklar qilish, is chiqarish, avliyolar maqbara va mozorlari oldidagi daraxtlarga lattalar bog’lab ketish, sham yoqib qo’yish odatlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |