Din ishlari bo’yicha qo’mitaning 2016 yil 2-yarmi davomida amalga oshirilgan ishlari haqida



Download 22 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi22 Kb.
#16116
Din ishlari bo’yicha qo’mitaning 2016 yil 2-yarmi davomida amalga oshirilgan ishlari haqida
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida jami 2239 ta diniy tashkilotlar mavjud. Ulardan 2065 ta islomiy, 157 ta xristian tashkilotlari, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoasi, 1 ta Krishna jamiyati va 1 ta Budda ibodatxonasi faoliyat yuritmoqda.
Mazkur diniy tashkilotlar orasida diniy ta’lim muassasalari ham o’rin olgan.

Respublika bo’yicha O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurtlari (madrasa) va Toshkent islom instituti, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’zbekiston yeparxiyasining Toshkent pravoslav seminaryasi hamda Toshkent protestant seminariyalari shular jumlasidandir.Bulardan tashqari 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan ta’sis etilgan Toshkent islom universiteti davlat tasarrufidagi oliy ta’lim muassasasi bo’lib, undagi ta’lim olayotgan talabalar ham diniy ham dunyoviy bilimlarni uyg’unlikda olmoqdalar.


Shuningdek, masjid imom-xatiblarning maxsus o’quvlarini tashkil etish hamda buyuk ajdodlarimizning merosini puxta va chuqur o’rganish maqsadida, 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro markazi ta’sis etildi. Ushbu o’quv dargohida 2016 yilning 1-yarmi davomida respublikada faoliyat ko’rsatayotgan imom-xatiblari uchun o’quv mashg’ulotlarning 2-davrasi faoliyatini boshladi.
Ta’kidlash joizki, mazkur o’quvlar doimiy ravishda amalga oshiriladigan, imom-xatiblarning mutaxassis mahoratlarini, dunyoda ro’y berayotgan voqe’lik hamda turli jarayonlardan boxabar bo’lib borishlari uchun qulay zamini yaratadi.
Ushbu nufuzli dargohda imom-xatiblarimizga dars berayotgan ustoz-domlalar respublikada turli sohalarda yetakchilik qilayotgan olimlar, din va davlat arboblari hisoblanadi.
Din ishlari bo’yicha qo’mita, respublikamizdan muqaddas qadamjolarga ziyorat qilayotgan fuqarolarimizga ham xizmat ko’rsatadi.
Har yili umra va muqaddas Haj safariga borayotgan ziyoratchilarimizga safar bilan bog’liq viza hujjatlari, aviachiptalarni rasmiylashtirish, Saudiya Arabistonida joylardagi sharoitlar, mehmonxona va boshqa masalalarda mutasaddi tashkilotlar bilan uyushqoqlikda ishlarni amalga oshiradi.

O’tgan 2016 yilning 2-yarmi davomida 5 000 dan ziyod fuqarolarimiz bahorgi mavsumda Umra ziyoratini amalga oshirib kelishga muvaffaq bo’ldilar. Ramazon (iyun-iyul) oyida esa yana 672 nafar fuqarolarimiz Umra safariga borishi rejalashtirilgan.


Bulardan tashqari yurtimizdan noislomiy tashkilotlar tomonidan ham xristian va yahudiylar uchun muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etiladi. Har yili Toshkent va O’zbekistn yeparxiyasi tomonidan Isroilning Iyerusalim shahriga, shuningdek, Rossiya va Gretsiya davlatlariga ziyoratlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi. Joriy yil 29-30 aprel kunlari 130 dan ziyod pravoslav xristianlar Isroilning Iyerusalim shahriga ziyoratga borib kelishdi.
Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish