Din falsafasi- tafakkur shakllaridan



Download 134,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2023
Hajmi134,66 Kb.
#948243
Bog'liq
Din falsafasi - Vikipediya



Din falsafasi
Din falsafasi- tafakkur shakllaridan
bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad
mohiyatidan kelib chiqib, turlicha
mazmun kasb etishi, keng va tor
ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din
falsafasi” tushunchasi haqida ham
shunday deyish mumkin. Xususan, keng
ma’noda u din haqidagi falsafiy
qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda
din falsafasi falsafa kabi qadimiy
ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din,


uning mohiyati, inson va jamiyat
hayotidagi o‘rni haqida shakllangan
xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar
va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor
ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar
va tushunchalar apparatini ishga solgan
holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy
hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil
fanni anglatadi.
Din din falsafasining bilish predmeti
hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan
savolga javob izlashi bir qarashdayoq
aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu
hodisaning talqini hamma vaqt ham bir
xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din,
bir tomondan, umuman, o‘zining mohiyati
nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum,


metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan,
o‘zining konkret namoyon bo‘lish
shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi
mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum
ma’noda bir-birini to‘ldiradi. Zero, birinchi
holatda dinning mohiyati haqida yaxlit
tasavvur hosil qilinsa, dinga xos bo‘lgan
xususiyatlar hamisha konkret shakl,
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini
inobatga olsak, ikkinchi holatda umuman
dinga xos xususiyatlarni chuqurroq
anglash mumkin bo‘ladi.
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda
tayanadigan metodologiya konkret
falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi
bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning
falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan


birga bilishning adekvatligini ta’minlash
ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini
ta’minlashda olingan natijalarning
mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli
bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim
qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo
umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida
konkret falsafiy tizim, ta’limot doirasida
yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning
asosiy talablaridan tashqariga
chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni
adekvat deb hisoblashga zamin
yaratadi.Zero, bunday holatda biz din
haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret
falsafiy tizim,ta’limot va uning dinga
bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq


bilimga ega bo‘lamiz. Chunki
tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan
qarashlari va yondashuvlari ta’sirida
dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan
munosabat yoritiladi. Demak,din
falsafasida mantiqiy ziddiyat yo‘q bo‘lgan
xulosa,qarashlarni haqiqat, deb qabul
qilish yetarli emas.Haqiqat deb qabul
qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks
etishi lozim. Shundagina din falsafasidan
din haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish
mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga
rioya qilish nihoyatda muhim.
Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z
predmetiga real mavjud hodisa sifatida
qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq
obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish


kerak emas. Xolislik tadqiqotchining
o‘rganayotgan predmetidan muayyan
darajada begonalashuviga va shu tufayli
uning yetarlicha anglanmay qolishiga
zamin yaratishini inobatga olsak, din
falsafasi nuqtai nazaridan obyektivlik va
xolislik bir xil mazmunga ega emasligi
oydinlashadi.
Bilish predmetini tushunishda
subyektivlik tamoyili ham muhim
ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish
predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni
talab etadi va unga nisbatan yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan noxolis
munosabatning oldini olishga xizmat
qiladi.
Umuman olganda, o‘rganilayotgan


predmetning realligi obyektivlikni, uni
tushunish zarurati subyektivlikni talab
etadi. Ammo ushbu ikki tamoyildan faqat
biri ustuvor ahamiyat kasb etmasligi
lozim. Xususan, tarix va zamonaviy
voqelik obyektivlik tamoyilining
mutlaqlashtirilishi dinga salbiy
munosabatni, uning ashaddiy tanqidini
keltirib chiqarishini ko‘rsatadi.
Subyektivlik tamoyilining ustuvorligi esa
dinning muayyan shakliga alohida e’tibor
tufayli umuman din fenomeniga xos
xususiyatlarning nazardan qochirilishiga
va bilish natijalarining bir yoqlama bo‘lib
qolishiga olib keladi. Demak, ikkala
tamoyilning ham o‘z holicha qo‘llanilishi
dinni adekvat anglash jarayoniga ziddir.


Bundan din falsafasi haqiqatan ham din
fenomenini bilishga harakat qilar ekan, u
tom ma’noda dindan tashqarida bo‘lishi
mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib
chiqadi. Chunki din falsafasining
maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv
ham talqin etish emas, balki uni adekvat
nazariy tadqiq etish, taxdil qilish va
tasvirlashdan iborat. Bu oxir-oqibatda
falsafiy-diniy tadqiqotlar natijalarining
umuman va barcha uchun tushunarli
hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin
yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi
ehtimoldan nihoyatda uzoq bo‘lsa-da,
bilish natijalarining boshqalar uchun ham
tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda
muhimligini ta’kidlash zarur.


Din falsafasining asosiy muammolari.
Din falsafasining dinshunoslik fanlari
tizimidagi o‘rni, dinni falsafiy tadqiq
etishning usullari masalasini hal etish u
o‘rganadigan muammolar ichida alohida
ahamiyatga ega. Zero, ushbu masalaning
muvaffaqiyatli yechimi uning maqomi va
o‘ziga xos xususiyatlarini aniq belgilab
olishga yordam beradi.
Bugungi kunda dinning mohiyatiga
turlicha yondashuvlar va ularga
asoslangan turfa ta’riflar mavjud. Bu
tadqiqot metodologiyasi xilma-xilligining
tabiiy hosilasidir. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, dinning ijtimoiy hodisa
sifatidagi o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi
falsafiy ta’rifni ishlab chiqish va uni


shakllantirishga yondashuv tamoyillari
mazmunini aniqlash ham din
falsafasining dolzarb muammolaridan
biri bo‘lib qolmoqda.
Shuningdek, dinning ontologik va
gnoseologik asoslari va manbalarini
tadqiq etish bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarda umume’tirof etilgan
metodologik bazani shakllantirish ham
din falsafasi oldida turgan muhim
muammolar sirasiga kiradi.
Dinning mohiyatini anglash unga xos
xususiyalarning tizimli taxdil qilinishi
bilan uzviy bog‘liq. Shu ma’noda diniy
dunyoqarash, ontologiya, gnoseologiya,
tafakkur va tilning o‘ziga xos xususiyatlari
tadqiq etish, bu borada mavjud bo‘lgan


qarashlar va yondashuvlarda yakdillika
erishish ham din falsafasining muhim
muammolaridan hisoblanadi.
Din falsafasi uchun ulkan ahamiyatga
ega muammolar qatorida xudo haqidagi
teistik ta’limotlarning mazmuni, ularning
yuzaga kelish sabablarini tadqiq etish,
diniy falsafaning mazmuni va o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqlash,mazkur
yo‘nalishdagi qarashlarni qiyosiy
o‘rganish bilan bog‘liq masalalar
mavjudligini ham qayd etish zarur.
Din falsafasining falsafiy va dinshunoslik
fanlari tizimida tutgan o‘rni. Ilm-fan
rivojlanishining ilk bosqichlarida
dinshunoslik alohida va mustaqil fan
sifatida rivoj topgan. Ammo uzoq


taraqqiyoti davomida dinshunoslik
sertarmoq sohaga - din fenomenining
xilma-xil qirralarini tadqiq etadigan
fanlarni o‘zida birlashtirgan tizimga
aylandi. Bugungi kunda mustaqil
maqomga ega bo‘lgan dinlar tarixi, din
sotsiologiyasi, din psixologiyasi kabi
fanlarning mavjudligi bunga dalil bo‘la
oladi. Bu dinshunoslikning yaxlit tizim
sifatidagi rivoji konkret fanlar taraqqiyoti
bilan uzviy bogliq holda kechayotganini,
ular o‘rtasida integratsiyalashuv
mavjudligini ko‘rsatadi.
Dinshunoslik doirasida fanlarga xos
differensiallashuv ham davom etmoqda.
Bu dinshunoslik tarkibida dinning konkret
namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot


predmetiga aylantirgan va ko‘plab
mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan
yo‘nalish (tarmoq)larning yuzaga
kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan,
bugungi kunda Qur’onshunoslik,
hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator
fanlarni o‘ziga qamrab olgan
islomshunoslik dinshunoslikning alohida
tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning
isboti bo‘la oladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, din
falsafasining mustaqil fan sifatida
shakllanishi bir tomondan, falsafiy
bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik
fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda
yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi
hisoblanadi.


Falsafa va dinshunoslik munosabatlari
doirasida dinni falsafiy anglashning
o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy
teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash
zarur.
Diniy falsafa diniy dunyoqarash
tamoyillaridan kelib chiqadigan
tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam
(ontologiya va metafizika), inson
(antropologiya), jamiyat (sotsiologiya,
istoriosofiya), bilish jarayoni
(gnoseologiya va epistemologiya),
qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi
qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda
qilib aytganada,u din kompetensiyasiga
kiradigan ontologik,
antropologik,gnoseologik muammolarni


falsafiy tushunchalar va usullardan
foydalangan holda tadqiq etadi. Shu
nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa,
bir tomondan, falsafiy bilimlarning,
ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning
mohiyatiga e’tibor qaratadi.U falsafiy
tafakkur natijalariga tayangani uchun
o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika
va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi,
dinning mohiyatida yashiringan
donishmandlikning ma’nosini anglash
uchun imkoniyat yaratadi.
Din falsafasi rivoji dinlar tarixi, din
sotsiologiyasi va din psixologiyasi kabi
fanlar taraqqiyoti bilan ham uzviy


bog‘liq.Xususan, dinlarning o‘tmishini
uning konkret shakllarida tiklashga, diniy
e’tiqodning turli ko‘rinishlari haqidagi
ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va
izoxdashga xizmat qilar ekan dinlar tarixi
fani konkret dinlar va umuman dinning
ijtimoiy hodisa sifatidagi rivojining u yoki
bu davriga xos xususiyatlarni chuqurroq
anglashga yordam beradi.
Din falsafasi din va ijtimoiy voqelik
o‘rtasidagi aloqadorlikni ham nazariy,
ham empirik darajadao‘rganuvchi din
sotsiologiyasi fani bilan ham uzviy
bogliq. Xususan, din sotsiologiyasi
tomonidan din va jamiyat hayotining turli
sohalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aks
ta’sirga xos xususiyatlar, dining paydo


bo‘lishi va mavjudligining ijtimoiy asoslari
bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish
jarayonida to‘planadigan empirik
materiallar va unga tayangan nazariy
umumlashmalar din va diniy hayot
rivojiga xos qonuniyatlarni tushunishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Din falsafasi o‘z rivojida diniy ongning
o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi va
funksiyalarini belgilab beruvchi
psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarni
o‘rganuvchi din psixologiyasi fani
yutuqlariga ham tayanadi.Jumladan,
dindorlar ongi va hissiyotlarining konkret
ijtimoiy muhit va sharoit bilan bog‘liqligi,
diniy marosimlarning inson ruhiyatiga
ta’siri hamda diniy jamoalarning ijtimoiy-


psixologik strukturasi, muloqot,
ishontirish va ta’sir o‘tkazish
mexanizmlarini o‘rganish bilan bogliq
holada to‘plangan materiallar shaxs va
jamiyat ma’naviy hayotida dinning o‘rni va
rolini tushunishga xizmat qiladi
[1]
.
1. 
Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017
,
s. 160.
Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva
D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom
Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti,
Manbalar
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 16-Fevral 2023, 12:28 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
2017 — 480 bet.
ISBN 978-9943-5105-3-1
.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Din_falsafasi&oldid=357964
1
" dan olindi 

Download 134,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish