O‘ninchidan
, bozor munosabatlari badiiy ijod sohasida ham namoyon bo‗la boshladi.
Natijada xaridorgir, ommaning o‗tkinchi talablariga mos keladigan asarlar yaratishga
harakat kuchaydi. Shuning oqibati o‗laroq o‗zbek adabiyotida erotik tasvirlar, sarguzasht
yo‗nalishidagi oldi-qochdi bitiklar ko‗paydi.
Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko‗nglini, ruhiyatini tasvirlashga
e‘tibor qaratmoqda. Natijada inson asosiy badiiy qadriyatga aylandi.
She’riyat
bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo‗lib qolmoqda.
A.Oripov, Rauf Parfi, H.Xudoyberdiyeva, Shavkat Rahmon, Azim Suyun, Usmon Azim,
Ikrom Otamurod, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Iqbol Mirzo, Bahrom Ro‗zimuhammad,
Muhammad Yusuf, Faxriyor, Zebo Mirzo, Xosiyat Rustamova, Halima Ahmad, Rustam
Musurmon singari shoirlarning she‘rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga
ko‗tarilgani namoyon bo‗ladi.
Bu davr she‘riyatida o‗tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat, aql o‗rgatish emas, balki
inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e‘tibor ortdi. Hissiyot
qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga
urinish kuchaydi. Istiqlol she‘riyati shakliy izlanishlarga boyligi, Sharq nazmidan ham, G‗arb
adabiyotidan ham samarali o‗rganishga intilish kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda
she‘rxonlik ko‗ngilochar mashg‗ulot bo‗lmay qoldi. She‘r bilan tillashadigan o‗quvchining
tafakkuri ham, qulog‗i ham, ko‗zi ham, hatto tuyg‗ulari ham bir qadar zo‗riqishi, she‘r
o‗qiyotganda faqat zavq va lazzat tuyibgina qolmay, mehnat qilishi ham lozim bo‗lib qoldi.
Rauf Parfining:
Yerga botgan osmonlarni kuzatdim,
Chopilgan oyog‗im bilan chopdim men.
Kesilgan qo‗limni sizga uzatdim,
405
Bu dunyo gullarga to‗ldi. Qotdim men, –
singari badiiy qanoatlarini qabul qilish uchun muayyan ruhiy-intellektual tayyorgarlik zarur
bo‗ladi. O‗ziga xos shoirlardan biri Faxriyorning bir she‘ri mavjud imlo qoidalariga mutlaqo
rioya etilmay bitilgan:
qobirg‗alar qabarar suyaklarim qadoqdir
qaboqlarim o‗q tugab bo‗shab qolgan sadoqdir
kuyib kuyib kul bo‗lgan nafratlarim adoqdir
chuchmomalar ko‗k kiygan
namozshomgul gul gulim
hey tulugim hey tulum
hey tulugim hey tulum
Gap bu yerda imlo qoidalarining inkor etilganidagina emas. Shoir ifodalayotgan dardning
ko‗lami naqadar yirikligini, uning biz bilgan insoniy o‗lchamlarga to‗g‗ri kelmasligini she‘r
mazmunidan anglatish bilan kifoyalanmay, uning shakli vositasida o‗quvchiga ko‗rsatib ham
qo‗yadi. «
hey tulugim, hey tulum
» so‗zlari hazrati Navoiy tomonidan ham ishlatilgan. Lekin
uning she‘ridagi ruh bo‗lakcha edi. Faxriyor esa qo‗li yoki oyog‗i emas, qobirg‗alari qabarib,
suyaklari qadoq bo‗lgan, o‗ksiz hayotiga yig‗layverib ko‗z yoshlari qurib ketgan, qismatidan
kuyaverib nafratlari ham adoq bo‗lgan baxtsiz shaxsning kayfiyatini ifodalashda bu
so‗zlardan foydalanadi va ko‗rganingizday yaxshi badiiy natijaga erishadi.
Milliy poeziyamiz tarixida birgina qatordan iborat butun boshli she‘r hech qachon
bo‗lmagan. Faxriyor shunday she‘r yozdi. Quvonarlisi shundaki, bu she‘r yordamida atama
yasalmagan yoki axborot berilmagan, balki o‗ziga xos musiqaga ega, muayyan kayfiyat
ifodalay oladigan, o‗qiganga o‗zgacha ruhiyat baxshida qiladigan tugal asar yaratilgan:
Go‘rlar qisir – tug‘ishdan qolgan.
Istiqlol davri she‘riyatining qisqalikka intilishi shunchaki modaning ketidan quvish
bo‗lmay, chuqur ichki mantiqqa ega. Bu she‘riyat o‗quvchiga ishonch, uni badiiy so‗zning
iste‘molchisigina emas, balki she‘riy holatni tuyish, badiiy manzaralarni jonlantirish
jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko‗tarishning natijasidir. She‘r qancha qisqa bo‗lsa,
406
unda aytilmasdan ishora qilingan narsa shuncha ko‗p bo‗ladi. Bunda she‘rxonga matndan
turli-tuman kashfiyotlar qilish imkoniyati ko‗proq beriladi. Chunonchi, «
Do'stlaringiz bilan baham: |