Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

III. She’rlari 

«Sayha» (Na‘ra, 1911 – 1912-yillarda forsiy tilda yozilgan she‘rlari 
to‗plami)

«Kim deyay seni» 

«Achchiqlanma degan eding» 

«Nega bo‗yla» 

«Yana yondim»

«Shoir» (she‘rda ishq «
eng nozli, erka, injiq yog‘dusidir
» deb 
tasvirlanadi, shoir «
yoz gulining yaprog‘idan to‘qilgan 
«
so‘zlar
»
bilan o‘rab, 
bizga topshirish uchun izlaydi
») 

«Sharq» (1920, she‘rdagi «
O‘tlar aro yonib turgan qishloqlar
»

«
Tinch 
turg‘onlar talandilar omonsiz
» misralari Qo‗qonga, yuholarcha talangan vodiy 
xalqiga ishoradir) 

«Mening kecham»

«Yana yondim» she‘rlari

«Yurt qayg‗usi» ruknidagi mansuralar erkin sarbast vaznida bitilgan 


323 
IV. Ilmiy tadqiqotlari 

«Bedil» (Moskva hamda Sankt-Peterburgdalik chog‗larida yaratilgan 
ilmiy-ommabop ocherk) 

«O‗zbek tili qoidalari to‗g‗risida bir tajriba: Sarf (1-kitob), Nahv (2-
kitob)»

«Sarfi zaboni tojik» 

«Adabiyot qoidalari» (darslik-qo‗llanma)

«Eng eski turkiy adabiyot namunalari»

«O‗zbek adabiyoti namunalari»

«Sharq shaxmati» 

«O‗zbek klassik musiqasi va uning tarixi»

«Fors shoiri Umar Xayyom»

«Aruz haqida» (1936) 
15.5. Hamza Hakimzoda Niyoziy
(
1889 – 1929
)
 
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar 
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilning 6-mart kuni Qo‗qon shahrida tug‗ilgan. 
Otasi Ibn Yamin mashhur tabib bo‗lganligi sabab, shoir o‗z taxallusiga Hakimzoda nomini 
qo‗shgan. Onasining ismi Jahonbibi edi.
Hamza dastlabki ta‘limni shahardagi eski maktab va madrasalarda oldi, o‗sha paytda 
urf bo‗la boshlagan rus-tuzem maktabida rus tilini o‗rganishga harakat qildi. 1899 – 1906-
yillarda Qo‗qondagi madrasalarning birida ta‘lim oldi. 1908-yili esa Namanganga borib 7 
– 8 oy davomida tahsil ko‗rdi. Shu davrda Orenburg va Ufada nashr etilgan gazeta-
jurnallarni o‗qib jadidchilik g‗oyalari bilan tanishdi.
Badiiy ijod sohasida uning dastlabki ustozlaridan biri tatar maorifchisi Abdulla 
To‗qmullin bo‗lgandi. Bu haqda keyinchalik adib shunday xotirlagan: «Ul menim 
qo‗limda o‗z qalamim bilan yuz sahifadan ortig‗roq eski usuldagi yozishmalarimi ko‗rib 
tarbiyag‗a kirishdi».


324 
1909-yili Hamza arab tilini o‗rganish uchun Buxoroga boradi. Biroq shahardagi diniy 
guruhlar o‗rtasidagi mojarolar tufayli Kogon shahriga chetlanib, u yerdagi matbaa 
korxonasida ishlaydi.
1910-yili Toshkentga kelgan Hamza ma‘rifatchilik faoliyatini boshlaydi. Bu yerda 
Munavvarqori Abdurashidxon o‗g‗li boshchiligidagi jadidlar – yangilik tarafdorlari safiga 
qo‗shiladi. Shaharning Qashqar mahallasida usuli jadid (yangi usulda o‗qitadigan) 
maktabini tashkil qiladi. 1911-yili Qo‗qonda ochganida, hukmron chor ma‘murlari 
tomonidan yopiladi. O‗sha yili Hamza haj safari davomida Afg‗oniston, Hindiston, 
Turkiya, Arabiston o‗lkalarida bo‗ladi. Yurtiga qaytib ma‘rifatparvarlik ishini davom 
ettiradi, ammo uning Marg‗ilon va Qo‗qon shaharlarida ochgan maktablari yana tazyiqqa 
uchraydi: «
1914-yilning oxirlarida Marg‘ilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oygacha 
bormay Andreyev ismindag‘i Skobel 
(
Farg‘ona shahri nomini chor hukumati shunday deb 
o‘zgartirgan edi – tahr.
)
maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi... Undan yana 
Xo‘qand kelib, yo‘qsil bolalar uchun pulsiz o‘qish maktabi ochdim... o‘zim 4 oyga davom 
ettirgandan keyin uyezd nachayligi Medinskiy tomonidan tintuv bo‘lib yopildi. Lekin hech 
qanday qog‘ozlarim qo‘liga tushmagani uchun qamalmay qutuldim
»
.
1917-yil o‗rtalarida Hamza ba‘zi bir sabablarga ko‗ra Qo‗qondan qochib, taniqli 
ma‘rifatparvar Saidnosir Mirjalilovning Turkiston shahridagi uyida yashashga majbur 
bo‗ldi.
So‗ng «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir (1917), Farg‗ona viloyati 
madaniy-maorif bo‗limida xodim (1918), teatr truppasida rejissyor (1919), muhtojlar 
uchun ochilgan maktabda mudir (1920), Buxorodagi teatr truppasida rahbar (1921), 
Xorazm viloyatidagi madaniy-ma‘rifiy muassasalarda mudir (1921 – 1924) vazifalarida 
ishlaydi, xalqning turmush sharoiti, o‗y-fikrlari bilan yaqindan tanishadi. U 1926-yili 
birinchilardan bo‗lib O‗zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga sazovor bo‗ladi va o‗sha 
yildan e‘tiboran erkin ijod bilan shug‗ullanishga o‗tadi.
Hamza 1929-yilning 18-avgustida Shohimardondagi bir to‗da diniy aqidaparastlar 
tomonidan toshbo‗ron qilib o‗ldirildi. Bu voqea sho‗ro hukumati tomonidan uyustirilgan.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish