Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

2.5. 
«
Ravshan
»
 dostoni 
 
«Ravshan» ishqiy-sarguzasht doston bo‗lib, «Go‗ro‗g‗li» turkumiga kiradi. Xalq 
orasida u o‗tgan asrda ham mashhur edi. Doston folklorchi olim 
Hodi Zarif 
(
1905 – 1972
)
 
tomonidan birinchi marta 1928-yili Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 
(
1868 – 1937
)
 og‘zidan 
yozib olingan va 1941-yili nashr ettirilgan. 
Ergash shoir «Ravshan»ni otasi 
Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo‗rondan o‗rgangan. Dostonning sayqal topib, 
badiiy go‗zal asar shaklini olishida Jumanbulbul va Ergash baxshilarning alohida 
xizmatlari bor.
«Ravshan» otashin va samimiy muhabbatni kuylovchi, pok va haq islomiy e‘tiqod 
yo‗lida sobit tura oladigan iymonli kishilarni madh qiluvchi, ezgulikni, mardlik va 
botirlikni ulug‗lovchi, zulm va zo‗ravonlikni, adolatsizlikni qoralovchi asardir.
«Ravshan» dostoni qofiyali nasr (saj)ning go‗zal namunasidir. Deyarli har bir nasriy 
parcha qofiyali. Dostonning she‘riy qismi, asosan, yetti, sakkiz va o‗n bir bo‗g‗inli 
barmoq vaznida. Sakkiz bo‗g‗inli vazn urush va jangovarlik holatiga juda mos keladi: 
Keling, kallar, keching jondan,
Umiding bo‘lsa maydondan.
Siz bir yondan, men bir yondan,
Ot qo‘y g‘animning ustiga.


26 
Asarda tasvir etilayotgan voqea yoki harakat sur‘ati tezlashgan holatlarda yetti 
bo‗g‗inli she‘rlardan foydalaniladi: 
Qush uchmagan cho‘llardan,
So‘na yuzgan ko‘llardan,
Odami yo‘q yo‘llardan,
Dim uchi yo‘q cho‘llardan,
Tomosha qing, mard Hasan
Qistab o‘tib boradi.
Dostonning qisqacha syujeti quyidagicha: 
Buxorodan tumanda, Taka-Yovmit deganda, Yovmit elida, Chambilning belida 
Go‗ro‗g‗libek davrini surib, dushmanning dodini berib o‗tdi. Yunus bilan Misqol parini 
Ko‗hi Qofdan, Eram bog‗idan keltirib, umr o‗tkazar edi. Go‗ro‗g‗libekning farzandi 
bo‗lmaydi. Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelib ulg‗aytirgan edi. 
Avazxonni Og‗a Yunus pari, Hasanxonni Misqol pari o‗z tarbiyasiga olgan edi.
Ulg‗aygach Hasanxon Arzirumdan xon Dalliga, Avazxon Gulqizga uylanadi. 
Hasanxon va xon Dalli o‗g‗il ko‗radilar, Go‗ro‗g‗libek Ravshanbek deb ism qo‗yadi.
Avazxon bir-ikki yildan so‗ng qizli bo‗lib, Go‗ro‗g‗libek unga Gulanor deb ot 
qo‗yadi. Kunlardan bir kun Go‗ro‗g‗libek parilar bilan o‗tirganda o‗n besh-o‗n olti yoshli 
Ravshanbek kirib keladi, Go‗ro‗g‗li Avazxonning qizi Gulanorni Ravshanga olib 
bersammikin deb parilar bilan maslahatlashadi va sovchilik qilib Avaznikiga yo‗l oladi. 
Gulanorni ko‗z ostiga olib yurgan Ravshan bundan xursand bo‗ladi. Shuning uchun 
bobosining ortidan poylab borsa, Avaz qizini Ravshanga bermasligini aytib shunday 
deydi: 
Yigitlar ichida menman o‘dag‘a,
Bedovga yarashar oltindan to‘g‘a,
Ravshanga bermayman Gulanorjonni,


27 
Qizim tugul kuchugimdan sadag‘a.
Buni eshitib turgan Ravshan yig‗lab uyga qaytadi, uni ko‗rgan Yunus pari o‗zim 
borib Avazni ko‗ndiraman deb ovunib o‗tirishi uchun Ravshanga xosiyatli uzugini berib 
chiqib ketadi. Ravshan uzukda Qoraxon podshoning qizi Zulxumorning ismi va suratini 
ko‗rib sevib qoladi. Chunki uning Gulanorga bo‗lgan tuyg‗usi havas bo‗lib, haqiqiy sevgi 
emasdi. Jiyronqush degan otiga minib ketayotganda darvozabon do‗sti bilan suhbatlashib 
o‗tirgan otasi Hasanxonga duch keladi. Hasanxon yolg‗iz o‗g‗lini yuborgisi kelmasa ham 
o‗rtada or-u nomus masalasi borligi uchun 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish