bilan ham, olis dengiz ortidagi xalqning turmushi, fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham
yaqindan tanish bo'la oladi.Tarbiyaviy (didaktik) funksiya
. Badiiy adabiyot shaxsni aqlan va
ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma'nan tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi. E'tibor
berilsa, deyarli barcha milliy adabiyotlar taraqqiyotining ilk bosqichlarida didaktik funksiya oldingi
planda turgani ko'riladi. Adabiyotning tarbiyaviy ahamiyatiga juda qadim davrlardan ayricha e'tibor
berib kelinishi bejiz emas. Xususan, qadimgi yunon faylasufi Aflotunning "Davlat" asarida
adabiyotning tarbiyaviy tomonidan qanday foydalanish kerak, kimga, nimani va qandayo'qitish
kerak, degan masala keng qo'yilgan. Sharq xalqlarida ham yosh avlodni tarbiyalashda badiiy
adabiyotdan keng foydalanilgan. Shu bois ham Sharq mumtoz adabiyotida "Guliston",
"Bo'ston", "Qutadg'u bilik", "Hibatul haqoyiq", "Qobusnoma" singari didaktik asarlar yaratilgan.
To'g'ri, adabiyot taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar
kamayib boradi, hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar badiiy mukammallikdan yiroq
tushadi, deb hisoblanadi. Shunga qaramay, adabiyotning mazkur funksiyasi hamon juda kuchli
va sezilarlidir. Zero, chinakam san'at asarida ijodkor ezgulik, go'zallik, adolat singari
umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr yuritadiki, ayni shu narsa badiiy adabiyotdagi
tarbiyaviy funksiyaning har vaqt mavjudligini ta'min etadi.
Kompensatorlik funksiyasi. Badiiy
adabiyotda inson o'z hayotida ko'rmaganini ko'radi, undan o'ziga yetishmayotgan narsalarni
topadi va shu asosda aihiy qoniqish hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, badiiy asar
mutolaasi davomida o'quvchi irreal olamda — badiiy reallikda yashaydi: shu irreal olamda real
hayotida ko'nglidan kechirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan vaziyatlarda
"yashaydi".
Badiiy bashorat. Badiiy adabiyotning bashoratchilik funksiyasi xalq og'zaki
ijodidagi ertaklardayoq namoyon bo'ladi. Xususan, ertaklardagi "uchar gilam"lar, "oynai
jahonnamo"lar aviatsiya va televideniye paydo bo'lishidan ancha ilgari bashorat qilingan edi.
Insonning bugungi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ertadan bashorat qilish yozma
adabiyotda, xususan, fantastik va ilmiy-fantastik asarlarda ham kuzatiladi. Masalan, J.Vernning
"Yerdan Oyga" (1865), "Oy atrofida" (1869) asarlarida insonning Oyga sayohati, "20000 le suv
ostida" (1870) romanida uning dengiz qa'rlarida sayohat qilishi tasvirlangan. Holbuki, mazkur
asarlar yozilgan paytda insoniyat hali bularga qodir emasdi.Badiiy adabiyot "kecha" yoki
"bugun"ning badiiy tahlili asosida kishilik jamiyatining «erta»si haqida fikr aytishga intiladi.
Zero,jamiyatdagi joriy holat, undagi rivojlanish tamoyillarining badiiy tadqiqi bunga yetarli
asos beradi. Masalan, nemis adibi L.Feyxtvangerni olaylik. Adib 1933 yilda, Germaniyada
fashistlar diktaturasi o'rnatilgach, xorijga chiqib ketgan. Ya'ni Feyxtvanger fashistlarni
hokimiyat tepasiga keltirgan shart-sharoitlarni, siyosiy jarayonni hamda buning natijasida
yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy holatni juda yaxshi bilgan. Yozuvchi o'zining "Soxta
Neron"(1936) romanida ayni shu jarayonlarni metaforik tarzda badiiy tadqiq etadi va mustabid
tuzumning muqarrar halokatini bashorat qiladi, buni badiiy asoslab beradi. Shunga o'xshash,
A.Qodiriy "O'tgan kunlar"da yurtimizning yaqin o'tmishini badiiy tahlil qilib, "qipchoq —
qorachopon" mojarolari Chor istibdodiga yo'l ochganidek, yurtning "qizil"lar va "oq"larga
bo'linishi "qizil istibdod"ga yo'l ochishini bashorat qilgan, yurtdoshlarini bundan ogoh qilishga
intilgan edi.
Estetik funksiya. Badiiy adabiyot insonda go'zallik tuyg'usini rivojlantiradi, badiiy didni tarbiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: