Dillengerning psixogeometrik testi



Download 9,47 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi9,47 Kb.
#427262
Bog'liq
DILLENGERNING PSIXOGEOMETRIK TESTI


DILLENGERNING PSIXOGEOMETRIK TESTI
Psixogeometrik test: «Kimsiz: kvadrat, aylana, to’rtburchak, uchburchak, zig-zag?»
Ushbu test shaxsga aloqador bir qancha muhim o’ziga xos xulq-atvor sifatlarni qisqa muddatda aniqlashga imkon beradi.
Tavsiya etilgan geometrik figuralardan qaysi biri Sizga yaqinligini belgilang va unga «1» raqami qo’ying. Qolganlarni ham yoqishiga qarab, 5 gacha baholab chiqing.
Endi sizga xos bo’lgan psixologik xususiyatlar va fazilatlarni bilib oling. Kvadrat. Hayotiy qadriyatlari: tartib, ish, an’analar, reputatsiya. Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari - tartiblilik, intizom, o’z vaqtida
ishlarni bajaradigan, ozoda-pokiza, qonunga bo’ysunuvchi, mehnatsevar, chidamli, tirishqoq, qat’iyatli, qarorlari qat’iy, so’zining ustida turadigan, halol, oqil, aql bilan ish ko’radigan, bosiq, tejamkor, pishiq.
Salbiylari - ko’ngliga har xil fikrlar keladigan, biryoqlama, pedant, o’ta talabchan, mayda-chuydaga ham e’tibor beradigan, jiddiy, chidamli, qaysar, konservativ, yangilikdan cho’chiydigan, fantaziyasi kambaђal, pismiqroq, pishiq.
Uchburchak. Asosiy qadriyatlari: hokimiyat, liderlik, amal, mavqe, ђalaba, manfaat.
Asosiy psixologik sifatlari: Ijobiylari — yaxshi lider, o’ziga mas’uliyatlarni oladigan, har narsada asosiy, mohiyatni ko’ruvchi, kuchini safarbar qila oladigan, ђalabaga erisha oladigan, o’ziga ishonchli, qat’iyatli, tavakkalchi, ђayratli, to’ђriso’z, hissiyotlari boy, aqlli.
Salbiylari - egotsentrik, egoist, nazorat qilishni yaxshi ko’radigan, o’zgacha fikrlarga toqatsiz, ishga o’ta beriluvchanlik, har narsadan manfaat qidiradigan, qaysar, impulg’siv, beshafqat, toqatsiz, qo’pol, rahmsiz, achchiђi tez, zaharxanda.
Aylana. Asosiy qadriyatlar: insonlarga xizmat qilish, oila baxti va manfaati, bolalar, muloqot.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari — muloqotga ehtiyoj, kirishuvchanlik, hammabop, mehribon, ђamxo’r, sadoqatli, kuchli ijtimoiy intuitsiyaga ega, empatiya hissi kuchli, baђri keng, qo’li ochiq, hissiyotlarga beriluvchan, bosiq, yuvosh, kechirimli, janjaldan yiroq yuruvchi.
Salbiylari: o’zgalar fikriga tobelik, betartib, o’ta yumshoq, talabchan emas, qati’yatsiz, narsalarni ayamaydigan, laqma, sentimental, ko’ngli bo’sh.
To’rtburchak. Asosiy qadriyatlari: o’zgarish, dinamika, azart. Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari — intiluvchan, yangilikni qidiradigan, qiziquvchan, yaxshi ta’lim oladigan, ziyrak, sezgir, ishonuvchan, empatiya xos, samimiy, dadil, yaxshi o’yinchi.
Salbiylari: qat’iyatsiz, qarorlari mavhum, ish va so’z birligi yo’q, yengiltak, ishonuvchan, emotsional beqaror, sodda, o’ziga bahosi past, lanj, unutuvchan, kechirimli.
Zigzag. Asosiy qadriyatlari: erkinlik, ijod, o’zgarish.
Asosiy psixologik xususiyatlari: Ijobiylari — yangilik, ijodga intilish, bilishga chanqoqlik, ђalayonchi, hayolparast, optimist, kelajakka intilgan, ruhi tetik, ekspressiv, tashabbuskor, aqlli.
Salbiylari: tartibsizlik, qo’nimsizlik, o’zgaruvchanlik, individualizm, ishonchsiz, qonunlarni buzuvchi, realistik qarashning yo’qligi, subutsiz, impulg’siv, o’zini namoyishkorona ko’rsatadigan, zahar, kesatib gapiradigan.
Yuqoridagi test o’z-o’zini tahlil qilish malakalarini mustahkamlaydi va o’zini tarbiyalashga yordam beradi.
4. SHaxsning ustanovkalari va muhim orientatsiyalari. Kishining o’z-o’ziga baho berishi. SHaxs shakllanishi va taraqqiyoti (Kichik guruhlarda ishlash metodi orqali). Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.
Download 9,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish