Anglamlar
Bu hayot – anglaganing qadar
Bilmaganlaringni bilib borganing sari bilganlaring bilmaganlaring oldida hech narsa bo'lmay qolayotganligini his qilgan oningdan bilim sari ongli ravishda qadam qo'ygansan...
Shunday xatolar qilamizki, uning noto'g'riligini to'g'ri deb bilsakda, bunday xato qilish to'g'ri ish ekanligiga o'zimizcha amin bo'lamiz. Bunday sharoitda aql emas faqatgina ko'ngil to'g'ri yo'l ko'rsatadi.
O'z fikriga ega bo'lmagan insonlarning hayvondan farqi yo'q. Ularni boshqarish oson.
Haqiqat quyosh kabidir, taftidan, nuridan bahra olamizu, unga tik qaray olmaymiz...
Vaqti yetib vaqt o'tib ketganligini anglaganimizda vaqtlar o'tib o'sha vaqt yetgan bo'ladi.
Barcha fikrlar avvaldan mavjud. Shunchaki har bir inson uni o'zida kashf etadi. Xuddiki yo'qdan bor bordan yo'q bolmaganidek.
Haqiqiy ijodkor qalbi quyoshdir. Lekin uning ijodi oyga qiyos. U quyosh yog'dusini aks ettiradi.
O'zimizni aldayotganligimizdan xursandmiz, ba’zan…
Yolg'izlik-eng huzurli va eng azobli narsa...
Baxtni his qila olgan inson baxtlidir...
Baxtni qidirmang, uni his qilishni o'rganing.
Zulmatdan iborat borliqni Quyosh yoritib turadi... Demak, mangu borliq - zulmat. Hayotimizni yoritib turgan "quyosh"larning qadriga yetaylik.
Orzu qilingan marra - maqsad sari ilk qadamdir...
Insoniyat binosiga bir g'isht ham qo'ymas ekansan, uni buzmasang bas...
FIKR - cheksiz sho'r ummondir, to'g'ridan - to'g'ri iste'molga yaroqsiz...
Qanoting yo'qligi - ucha olmaysan, degani emas...
Ertaga bugunning xatosini tuzatishga urinmasliging uchun kechangning xulosasini bugun chiqar...
Nodonning nodonligi - nodonligini anglamayotganligidadir...
Nafsing bilan hayot rang-barang...
Inson - unutuvchidir. Qachonki, nimani unutganligingizni bilmasangiz, haqiqatdan unutgan bo'lasiz...
Yuksak maqsadlarga kichik marralar orqali boring...
Har bir kuning - imkoniyat...
...Yoshingni emas, yaxshi amallaringni sarhisob qil.
Yashash uchun kurashib yashash – yashamoqlik qonunidir…
Bir martalik umrni behudaga sarflamang…
Ba'zi insonlardan yaxshi taassurot qolishi uchun, ularni yaxshi bilmagan ma'qul...
To'g'ri deb qilgan noto'g'ri ishingning noto'g'riligi - to'g'ri deb bilganligingda...
Imkon borida qilinmagan savob - gunohdir...
Ollohni sevish – yaratiqlarini sevishdir…
Nafs - jilovsiz tulpor. Uni jilovlay olgan uzoqqa boradi...
"Qo'limdan kelmaydi" degan xulosadan ko'ra, "Qo'limdan kelmadi" xulosasi foydaliroqdir.
Egri amaldagi to'g'ri fikrli kishi - to'g'ri amaldagi egri fikrli kishidan yaxshiroq...
Quyoshlikni da'vo qilayotgan oyning siri tongda fosh bo'ladi...
Chala bilgandan bilmagan yaxshi, bilmaganni qilmagan yaxshi...
Shu botqoqda tug'ilgan baqa
Botqog'ini madh etar faqat...
Har qanday qilgan amaling o'shanga nisbatan moyillikni oshirib boradi...
Afsuski, afsuslangan chog'da afsusga o'rin qolmagan bo'ladi...
UMR - oqar daryoligi rost. Lekin u borib-borib ummonga quyilishi yoki yetib bormasligi noma'lum...
Harakat - maqsadga qarab, maqsad - imkoniyatga qarab, imkoniyat - to'siqqa qarab yuksalib boraveradi...
Yaxshining yaxshiligi - nimaga nisbatanligida...
Eng chirkin hirslarni o'ldirishni eng mayda nuqslardan boshlang...
Haqiqiy so'qirlar - xasadgo'ylardir. Ular hatto o'zini ham ko'ra olmaydilar...
Borliqni ko'rmoq uchun qalbda ko'z bo'lmoq kerak. Qalb ko'zi esa - muhabbat...
G'aflatda ekanligimizni afsuski uyg'ongach bilamiz, agar uyg'onsak...
O'zingni ko'ra olmaysanmi, boshqalarni eshitishni o'rgan...
O'zini qiynaganni Olloh siylaydi,
O'zini siylaganni Olloh qiynaydi.
Bu hayot - imkoniyatdir, oqlanmoqqa, poklanmoqqa, gunoh yuvmoqqa.
Bu hayot - jazo o'tamoqdir, Odam ato qilgan birgina xato uchun.
Biz esa uni mukofot bilib, jazoni rohat bilib, bir gunohni ming qilib, muvaqqat sinovni abadiy jazo tomon yo'naltirmayapmizmi?
Ba'zan sinmaslik uchun egilish kerak...
Tarixni g'oliblar yozadi. Muhabbat tarixi bundan mustasno...
Ko'pchilikdagi kamchilik - kamchiliklarning ko'piga ko'pincha ko'z yumishida...
Noto'g'ri ish qilib qo'yishdan qo'rqib, to'g'ri ishlardan ham vos kechish noto'g'ridir...
Qush maqomin o'zlashtirib
Uchmay o'tmish tuyaqush...
Inson yo'lidagi g'ovlarni oshib o'tishi uchun avvalo, osha g'ovlarni to'sib turgan g'ovni ko'ra olishi kerak...
Ko'p narsani bilsang yashash qiyinlashmaydi, yashash qiyinligini anglaysan xolos...
Bu dunyoga keldingmi, nimadir olib ket. Toki u dunyoda asqotsin...
Insonlar hayotda foydalansam, deb emas foydam tegsin, deb yashasa ikki dunyosi jannatdir...
Agar doimo o'zingizni haq deb o'ylasangiz, bu hayotda hech nima o'rgana olmaysiz.
Inson ulg'ayishi va yuksalishi uchun muhit kerak, beshafqat muhit...
Takror xato qiladiganlar - ahmoq,
Xulosa chiqaradiganlar - aqlli,
Xato qilmaydiganlar - donodirlar...
Donolar - xato qilib emas, ularni kuzatib xulosa chiqaradilar...
Savollar tug'ilyaptimi, demak fikrlayapsan. Fikrlayapsanmi, demak mavjudsan...
Kuch va imkoniyatlaringni to'g'ri yo'lda sarfla. To'g'ri yo'lni uni bosib o'tganlardan so'ra...
Har qanday to'g'ri yo'l - mashaqqatlidir.
Har qanday mashaqqatli yo'l - to'g'ri yo'l emas...
Ollohdan hamma vaqt so'rang, lekin hamma narsani ham emas...
Bugun faqat qilaylik tavba,
Chunki faqat keladi - bugun...
Oxiratga har kuni shay turaylik...
Barcha muammolarning yechimi bor. O'sha yechimni topish - muammo...
Kimgadir ishonish uchun o'zingga ishon, kimnidir ishontirish uchun o'zingni ishontir...
Manzilni ko'rmasdan yo'lingga chorlama...
Maqsad - marra cho'qqisiga qo'yilgan zinapoyadir...
Kechagi xulosang bugun yangilandimi, demak o'sish bor...
Daryo faqat pastga oqadi...
Hayot ham bir daryo. Harakatsiz faqat pastlaysan. Bir joyda turish uchun ham harakat kerak. Kimdir oqim kuchli joyda qarshi harakat qiladi, kimdir sokinlikda. Muhimi - oqim bo'ylab suzmaslik...
O'ziga egalik qila olgan ko'p narsaga egadir...
O'zgalar fikriga tayanib yasha, suyanib emas...
Haqiqiy sevgi o'lmaydi, balki tug'ilmagan bo'ladi...
Nimadir deyishing emas, nima deyishing muhim...
Nafs, hirs, kibr kabi illatlar qondirilgani sari imon, vijdon, oqibat singari tuyg'ular kuchsizlanib boraveradi...
Farzandingga munosabating - kelajakka nisbatan e'tiboring...
Har doim o'zingdan o'zligingni qidir...
Men bosib o'tgan yo'llarni ko'rgandirsan, ammo bosib o'tmagansan...
Mening menligim - mendagi menning mavjudligida...
Hayot qanday yashash kerakligini o'rgatadi, adabiyot esa nega yashash kerakligini...
Hayot yaxshi - yomonni ko'rsatadi, adabiyot esa o'rgatadi...
Hayot kecha va bugunni ko'rsatadi, adabiyot - ertani ham...
Hayot nimalar qilish kerakligini o'rgatadi, adabiyot esa nimalarni qilmaslik kerakligini...
Hayot - men, sen, biz.
Adabiyot - biz kimmiz...
Yashashni o'rgan-u, o'rganib qolma...
Nima qilishni bilmayotgan payting nimadir qilishdan ehtiyot bo'l...
So'qmoqlar ko'p, yo'l bitta...
Ong ato etgandir Olloh, o'zin anglatmoq uchun...
Hamma yurayotgan yo'l har doim ham to'g'ri yo'l bo'lmaydi...
Ma'naviy ehtiyoj qondirilsagina moddiy ehtiyojga o'rin qolmaydi...
Yashash uchun u dunyoyingni unutma, u dunyoni deb - yashashni ham...
Ba'zan kuching yetmaydigan muammolaringni "qo'l siltash" bilangina hal qilsang bo'ladi...
Mingta rejadan bitta amal foydali...
O'zingni ulug'vor his qilsanggina ulug' maqsadlarga yeta olasan...
Aqling tanangga emas, tanang aqlingga xizmat qilsin...
Ahmoqona ishlar bilan ahmoqlar orasida obro' topasan, aqllilarning esa senga nisbatan fikri o'zgaradi xolos...
Seni tubanlashtiruvchi emas, yuksaltiruvchi ishqqa intil...
Vaqtingiz - shaxsiy boyligingiz. Uni boshqalar o'g'irlashiga yo'l qo'ymang...
Yaratgan kechagi va bugungi harakatingga qarab ertangni yozgay...
Hayotga hamma o'zining ko'zi bilan qaraydi. Yomonliklarni ko'rib hayotni ayblama...
Hayolan vujudga kelgan vaziyatlar hayotda ham sodir bo'ladi. Uni hayolan o'zgartirishga harakat qiliing...
Vaziyatni qamrab olmay, unga tasir etolmaysan...
Muhitni yangilab turish insonning dunyoqarashini kengaytiruvchi eng samarali yo'l...
Yurak va aql murosasida mutanosiblik mavjud bo'lgan munosabatning umri boqiydir...
Ba'zan taqdirimizdek hayotimizga kirib kelgan insonlarning hayotimizdan ketishi ham taqdirdek tuyuladi. Ammo taqdir uning ketishi emas kelishidir. Ketishi esa o'zimizga bog'liq...
Bekorchilik bu - qilishing kerak bo'lgan ishlaringning qilinmaganlari yig'indisi va qilmaydiganlaring ko'paytmasini qo'shish orqali kelib chiqadigan davriy yig'indi...
Masalaning mohiyatini tushunmaguningcha yechimi topilmaydi...
Shaxsiyatingizdagi xususiyatlar farzandlaringizda rivojlanadi. Uni o'zingizda shakllantiring...
Hayot daryosiga sho'ng'imasang cho'kib ketasan...
His tuyg'ularini namoyon etish har qanday hayvonga xos, ularni boshqara olish esa insongagina xos xususiyatdir...
Hayot senga yo'llarni ko'rsatadi. Tanlash va yurish o'zingga bog'liq...
Hayotda nima qilishing emas, nima uchun qilishing muhim...
O'zini haq deb bilgan haqiqatni ko'rolmaydi...
Yomon ishlardan tiyilishni istasangiz, avval yomon xayollardan tiyiling. Xayollar - fikrlarga, fikrlar - amallarga ta'sir etadi...
Kamchiliklaring bilan vaqtida kurashmasang ular kopchilik bo'lib seni yenggadi...
Keraksiz gaplarning kerakliligi - kerakli gaplar kelguncha...
Atrofimizdagilarga xosdirmiz...
Manfaat - insonlarni umumiylashgan sari bog'lovchi, xususiylashgan sari ayiruvchi vositadir...
Inson borliqni o'rgangani sayin o'zini anglab boraveradi...
Odimini sarhisob qilganga marra olisdir...
Bilganim sari nodonman, anglaganim sari jimman...
Oldingizga shunday maqsad qo'yingki, marralari davomiy bo'lsin...
Sukutlarim ovozimdan o'tkirmi, bilki, qachonlardir nolalarim tinglamagansan...
Uzoq kutilgan ishlar kutilmagan paytda sodir bo'lsa kutilgan natija bermaydi...
Shuning uchun, ba'zan kutilmagan vaziyatlarni ham kutish lozim...
Baxtni tanimasang, uning kelganini ham, ketganini ham bilmaysan...
Savollar tug'ilishi - bilmasligimdan, bilishim esa savollar tug'ilganidan...
Yaxshilik qilishing kerak bo'lgan payt qilmasliging - yomonlikdir...
Manman kishilardan yordam kutmang, ular yordamniyam o'z manfaati yuzasidan qiladilar...
Yaqin kelajagi buyuk davlatlarning oldiga qo'yilgan eng muhim vazifasi - bugungi farzandlariga e'tiboridir...
Muhtojlik - kuchlilarni mehnatga, kuchsizlarni esa gunohga undovchi sinovdir...
Ishonchsizlik - bu ishonib bo'lmaslikka ishonib qolishdir...
Istedod ilmsiz - cho'ldagi buloq kabidir, qaynaydi-yu, suvi uzoqqa oqmaydi...
O'zining hech narsani bilmasligini bilish - bu kerakli narsalarni bilmasligini anglashdir
Seni o'zgarishingga undovchilar, aslida, o'zgarishingni istamaganlardir.
O'zligingcha qabul qilganlargina seniki va seni sevguvchilardir.
Hammasi yodimizda, faqat nimani va qanday o'ylashni bilsak bas...
Hech qachon, hech kimga o'zingizdan kelib chiqib baho bermang...
Hayot bugundan iborat.
Ertangi kun hali kelmagan, kechagi kun esa o'tib ketgan kundir. Ertaga bugunimiz kechagi kun bo'ladi. Demak, kelgan ertangi kunimiz BUGUN.
Dunyoga kelib, dunyoni ko'rmay, bilmay, anglamay ketish - gumrohlikdir...
Imkonsizlik - imkonni izlash imkonidir...
Insoniyat ibtidosi bir Inson. Intihosi ham "bir inson" bilan yakunlangay. Toki, hamma yakka marra sari yakdillikka erishganda...
Aslida, barcha narsalar ma'lum. Noma'lumlari esa biz bilmaganlarimiz xolos...
Doim haqiqatni talab qilish yolg'onni tilab olish bilan barobar.
O'zligingni anglashning eng oson yo'li - insonlarni tahlil qilishdir...
Aniqlikka erishish qoidasi:
Ishonching komilmi - gumon izla, gumon bormi - ishonch hosil qil!
Insonni o'zgartirib bo'lmaydi, ammo yo'naltirish mumkin...
O'zini qattiq qadrlaydiganlar o'ziniki deb bilganlarnigina qadrlaydilar...
Sening boshqalar haqidagi fikrlaring - kimligingni bildirib turadi...
Eng kuchli inson - o'zini yenga oladigan insondir. Chunki, inson mudom o'zi bilan kurashishga to'g'ri keladi...
Intilganingga loyiq bo'l,
yoki loyig'iga intil...
Nodon bilan bahsga kirishishning o'zi mag'lubiyat...
Albatta, badiiy asarlar - hayotning aynan o'zi emas, ammo u hayotga ta'sir etadi va o'sha hayotdan qayta yaraladi...
Qiziqarlilikning siri - sirlilikda, sirlilikning siri - oddiylikda, oddiylikning siri esa mukammallikdadir. Oddiylik - mukammal darajada bo'lsagina, sirlar qiziqarli bo'ladi...
Har qanday qat'iy fikrlarda istisno mavjud. Bu - tafakkur qonuni. Qarshi fikr yo'qmi, demak, tafakkur turg'unlikda. Fikrlar doim harakatda bo'lishi lozim. Turg'unlikda esa fikrlar o'la boshlaydi.
Tafakkur bu - koinotning cheksizligiga ishongan holda chegarasini izlamoqlik...
G'oyalar tafakkur qonunidan tashqarida. Chunki u chegaralangan fikrlardan iborat. Ma'lum maqsad amalga oshsa bas, bu g'oya o'z kuchini yo'qotadi. G'oyalar faqatgina tafakkur yo'lida pillapoya vazifasini o'tashi kerak xolos. Aslida, qonun, qoida degan narsalarning barchasi tafakkurga daxlsiz. Tafakkurda qat'iy yo'nalish yo'q, tafakkurda chegara yo'q. Chegara yo'q, degan tugal fikrga kelishimizning o'zi ham bunga ziddir.
Insoniyat ibtidosi bir Insondir. Intihosi ham "bir inson" bilan yakunlangay. Toki, hamma yakka marra sari yakdillikka erishganda...
Har bir insonning, bu hayotga kelib shakllantirilgan o'z "men"i mavjuddir. Insonning "men"ini yo'q qilib bo'lmaydi. Inson harakatlanayapti-ki, "men"i undamoqda. Kimningdir istagini bajarish uchun qilingan harakatlar ham, avvalo, o'z "men"idagi fikr asosida amalga oshiriladi. Bu fikrlar g'oyalar orqali inson onggiga singdiriladi. Insonlar o'z "men"larini, ya'ni, istaklar qamrovini umuminsoniy g'oyalar asosida tafakkur etishga yo'naltirsa, bu qamrovga butun bashariyat manfaatlarini jamlasa va shu asosda tafakkur qilsa, o'sha bir inson bilan boshlangan ibtidoning intihosi tomon tashlangan birinchi qadam shu bo'ladi.
Mendagi "men"ni menga men degan men emas. Men "men"imni menga men deyolmaganim uchun mendagi men "men"imni menga men deya ko'rsatib turadi...
Sen boshqalarga o'zing to'g'ri deb bilgan haqiqatlarni ko'rsataverganing singari, ular ham o'zlariga to'g'ri deb bilgan haqiqatlarnigina qabul qilishadi...
Fikrlashni o'rgan, fikrlarni emas!...
Oilaviy munosabatlarda aqldan ko'ra hissiyot ko'proq vazifa bajaradi. Hissiyotlarni boshqarish esa aqlning vazifasi. Ammo aqlning haddan tashqari aralashuvi ham bu munosabatlarga putur yetkazishi mumkin...
Bilmagan bilimlarni bilganingda bularni bilmaganingdan afsuslanma, chunki endi bilmaganingni bilding va bilganingni bilmasligingni ham bilding...
Faqat talab qilaverish borliqdagi me'zonni buzadi. Nimadir oldingmi - nimadir berishni ham bil...
Cho'g'ni har kim ushlay olishi mumkin, lekin hamma ham uni qo'lida tutib tura olmaydi.
Taqdir bu - harakatsizligingdan imkoniyatlaringga qadar harakatlaringdir.
Inson o'z imkoniyatlaridan ortiq ish qila olmaydi, shuningdek, imkoniyatlaridan qay darajada foydalanishi uning hayotdagi o'rnini belgilaydi...
To'laqonli baxt bu - kechagi kundan mamnunlik, bugundan zavqlanish va ertangi kunni umid bilan kutish...
Insonning kuchi - o'z ehtiyojini qondira olishida emas, uni bo'ysundira olishida...
Shaldiragan va tez oqqan daryodan qo'rqma, u nari borsa to'pig'ingdan keladi...
Hirsni his qilganingni vaqtida anglamasang hislaring ham hirsga aylanadi...
Xato qilishdan qo'rqmang, xatoyingizni anglamaslikdan qo'rqing...
SHIFOXONA
Qish kunlari... Havo issiq. O'rtoqlarim bilan muzqaymoqxo'rlik qildik... Ertasi kuni tomog'im bo'g'ilib qolgan. U-bu dorilarni ichib yuraverib uch kunni o'tqazib yuboribman. Onamning qistovi bilan shifoxonaga borib LOR ga uchradim. U tomog'-u quloq, burnimgacha obdon tekshirdida:
- Tez-tez og'rib turadimi?- dedi.
-Ha tez-tez...
-Nafas olish qiyinlashadimi?
-Ha
-Quloq bitib, miya shang'illaydimi?
-Ha
-Bo'g'inlarda o'g'riq bo'ladimi?
-Ba'zan.
-Tushunarlii. Surunkali tanzillit... Bodom bezi yallig'langan, beshinchi darajasi... Zudlik bilan operatsiya qilib olib tashlash kerak! Yo'qsa undagi yallig'lanish, infeksiya qonga o'tib, jigarni birinchi navbatda, qirqqa bormay yurakni ishdan chiqaradi... Revmotizm so'ngra poliartrit ya'ni suyak bo'g'imlari chirishiga olib kelishi mumkin... Mana bu tibbiy ko'riklarning hammasidan o'tasiz, urolog ko'rigidan o'tib UZI ga kirasiz... undan so'ng yuragingizni tekshirtirib, analiz uchun qon topshirasiz... Bosh chanoqni old va yonboshdan tomagrafiya qildirib keling. Burun ichki suyagi sinib noto'g'ri bitgan. Avval uni to'g'irlaymiz, albatta operatsiya qilib. Shuning uchun burundan nafas olish qiyinlashib og'iz orqali sovuq havoda nafas olaverib shu dardni yo'latgansiz. Keyin mana bu ro'yxatdagi hamma dorilarni olib, o'n kun davomida yaxshilab davolaning. Dorilarni to'g'ridagi "555" raqamli dorixonadan oling, unda hammasi bor. Operatsiyadan oldin o'n kun davomida xohlang uyda, xohlang shifoxonada yaxshilab davolaning. Mana dorilar ro'yxati...
Uyga qaytar ekanman, o'zimni umri tugab borayotgan bemorday his qilardim... Tushkunlikdan chalg'ish uchun yaqinroqdagi bozorga kirib biroz aylandim. Bir rastaga qarasam "Xalq tabobati" deb yozib qo'yibdi.
-Amaki angena shamollashiga qarshi biror dori bormi?
-Mana buni damlab ich... Uch kunda otday bo'lib ketasan o'g'lim.
-Raxmat...
Shu-shu tomog'im qayta og'rimadi...
So‘nggi o‘tinch (drabl-labirint)
Uyqusiz tunlarning ko’payishidan boshlangan munosabatlarimizning tez orada hech qanday to'siq yo'qday ko'ringan taqdir yo'llarimizda shodon va bardavom odimlayotgan o'sha damlarimizning behosdan jarga qulashining sababini izlayverganimdan tunlari ko'zlarim uyqu neligini bilmay qo'yganini bir nigohda anglamayotganingdan tushgan ahvolimni tasavvur qilishingga nima to'sqinlik qilayotganini o'ylayverib bu hayotda umrim besamar o'tayotganini anglab yetgan kunimdan boshlab seni unutish tomon qadam qo'yishga qilgan harakatlarimning hammasi besamar ketayotganidan anglab yetgan xulosamning senga qiziq emasligi menga sening asl qiyofangni ochib bergani ham sendan nafratlanishimga yordam bermayotganidan muhabbat dardi qanchalar og'ir ekanligini anglaganimda ortga yo'l yo'qligiga ishonchim komil bo'lgan edi...
…
Umr - bir yo'l... Yo'l-ki, chiqqan manziling - marrangdir. Kimdir marraga uzoq va mazmunli safarlar orqali borar, kimningdir yo'li qisqa... kimdir xatar va qiyinchiliklarga to'la yo'llarni bosib o'tar, yana kimdir birxillikda umr kechirar... Va lekin, marra aniq, manzil bir. Safar davomida erishgan narsalaring va muvaffaqiyatlaring muhim emas, hammasi - sendan qolgani va yo'lda qoladi. Senda qolgani esa ko'rgan-bilganlaring va hayotiy xulosang...
Do'stlaringiz bilan baham: |