5
UQTIRISh XATI
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to’g’risida"gi Qonunlari barkamol avlod tarbiyasida muhim rol o’ynamoqda. Raqobatbardosh,
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil insonlarni tarbiyalash va tayyorlash
vazifalari qonunlarda belgilangandir. Uning har bir bosqichi aniq vazifalarni bajarishga
yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma namunaviy dastur sifatida oliy o’quv yurtlari ilmiy-
uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumining 2004 yil 15
fevraldagi 33-sonli majlis qarori bilan tavsiya etilgan hamda (“Xorijiy tillar” fanlaridan
namunaviy dastur (nofilologik bakalavr yo’nalishi uchun) Toshkent, 2004) namunaviy o’quv
dasturi va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi. O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning ma’ruzalarida bildirilgan fikrlar, OO’MTVning “Ta’lim
muassasalari bitiruvchilarining ingliz tilini bilishlari ... bo’yicha kompleks chora-tadbirlar
dasturi” ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi 19.01.2011 №21-sonli buyrug’ida qabul qilingan
qarorlar asos qilib olindi.
Mutaxassislarning xorijiy hamkasblar bilan muloqotga kirishishlari mumkinligini e’tiborga olib,
ularga tanlangan mutaxassisliklari doirasida xorijiy tillar bo’yicha etarli bilim va ko’nikmalar
hosil qilish, ingliz tilini o’rganish jarayonida mamlakatimiz va tili o’rganilayotgan mamlakatning
geografiyasi, tarixi, adabiyoti va boshqalari haqidagi ma’lumotlarni taqqoslab o’rganishlari
nazarda tutiladi.
Shuningdek, bo’lajak mutaxassislarni chet tillarini o’zlarining kelajak kasbiy faoliyatida
og’zaki va yozma muloqot sifatida foydalana olishi, ularni maxsus mavzular bo’yicha xorijiy
tilda muloqotga kirishishga o’rgatish e’tiborga olinadi.
Grammatik va leksik materialni tushuntirish hamda mustahkamlash uchun har xil turdagi
topshiriqlardan foydalaniladi. Shuningdek, har bir dars guruh bo’lib, yakka tartibda yoki
ikkitadan bo’lib ishlash, mustaqil ishlarni tekshirish, texnik vositalardan keng foydalanishni
nazarda tutadi.
O’quv-uslubiy qo’llanma 7 ta modulni o’z ichiga oladi. Har bir modul tematik davrdan
iborat, ularga leksik-grammatik savollar turkumi, og’zaki nutqni o’stirish uchun esa alohida
mavzular berilgan bo’lib, topshiriqlar grammatik va leksik materiallarni mustahkamlash hamda
og’zaki nutqni o’stirish uchun muhim omil hisoblanadi.
Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, IV mavze, Universitet, “Chet tili” (fakultetlararo)
kafedrasi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |