Soz haqida
Inson jon va tanadan yaratilganidek, soz ham mano va shaklning birligidan iborat boladi. Manosiz soz jonsiz tanadek.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy ,,Hayrat ul-abror dostonida sozning umrboqiyligi haqida yozadi. Ammo besh yuz yildan beri zavol yetmasdan, tokilmasdan, buzilmasdan xolis xizmat qilib kelayotgan biror ashyo, boylik bormi? Yoq, bu muddat ichida oqib turgan daryolarning nechtasi quridi, qurimoqda. Binolar vayronaga aylanib, bir avlod koz ongida yoqolib ketmoqda. Ammo sozdan odamlar qancha zamonlardan buyon foydalanib keladi. Uzluksiz ishlatilsa suv ham kamayadi, lekin soz, aksincha, sayqallanib, boyib boradi. Sozda beqiyos joziba yashiringan. Chunki hech narsa insonni kongilga yaqin kishisi bilan suhbatlashgani kabi tasirlantirolmaydi. Odamlar shuning uchun doimo dilkash, beozor kishilar bilan suhbatlashishga mushtoqlik sezadi.
Sozdek mojizakor boyligimizdan togri, oqilona foydalanaylik.
(114 soz. D. Abdusattorova, Ezgulik)
Tabiat qoynida
Riza tepalikka chiqib borganda bir tekis ochilgan binafsha, har xil ot-olanlar, purviqor archalar quyosh nuriga bearmon chomilmoqda edi. Ertalabki ovga chiqqan bir tulki bu yerda bexosdan paydo bolib qolgan odamdan chochib, ozini daraxtzor ichiga urdi. Mana, ochiq joy tugab, archazor boshlandi. Riza archazorga shongib, narigi betidan chiqdi. Ikki hatlab, qiyalikda turgan kattakon xarsangga yetdi. Xarsang silliq edi. Riza xarsang ustiga otirib, atrofni tomosha qila boshladi. Uning oldiginasidan boshlanuvchi jilga kengaya-kengaya Oqsoqota soyiga borib tutashadi. Hu ana, tubanda shamolda hilpirab turgan oq lentaday Oqsoqota soyi oqmoqda.
Xarsangning tagidan tip-tiniq buloq viqir-viqir qaynab chiqmoqda. Buloq tubidagi oq, qizil, kok, turli-tuman mayda toshlarning rangi suvga urib, jimir-jimir tovlanadi.
(111 ta soz)
Maktabki jon, ilm-u havo-yu odob erur . . .
Maktab, bolalik, oquvchilik onlari . . . Bular qanday totli, manoli, yoqimli va unutilmas kunlar . . . Har qanday buyuk yoki mashhur kishilarga: Oquvchilik davringiz haqida gapirib bering, - desak, albatta, ularning lablarida tabassum koramiz. Chunki har bir inson oquvchilik davrini ana shunday bir zavq bilan esga oladi. Bizning quvonchimiz, shodligimiz, bilimimiz poydevori shu maktab!
Chingiz Aytmatov aytganlaridek, unga beparvolik bilan qarab bolmaydi. Bizni oqishga, yozishga, hisoblashga, . . . kelajakda qanday yolni tanlashga orgatadigan shu maktab.
Biz fidoyi ustozlarimiz Latifa opa, Saodat opalarni bir umr tabarruk va ardoqli insonlar deb bilamiz. Ustoz borki, ularning har biridan qarzdormiz. Chunki ustoz bilim chashmalari kozini ochadi, navqiron tadbirlar yonalishlarini belgilaydi. Ilm soqmoqlari behadligi sababli ularga yol boshlaydi. Ularning barchasi cheksiz ehtirom va hurmatga sazovordirlar.
(114 soz)
Do'stlaringiz bilan baham: |