Diffuziya va passiv transport



Download 0,54 Mb.
bet2/4
Sana10.12.2022
Hajmi0,54 Mb.
#882986
1   2   3   4
Bog'liq
Diffuziya va passiv transport

Diffuziya


Diffuziya jarayonida moddaning konsentratsiyasi butun maydon boʻylab tenglashgunga qadar modda molekulalari konsentratsiya yuqori qismdan konsentratsiya past boʻlgan qismga oʻtadi. Masalan, kimdir xonaning oʻrtasida tozalovchi ammiak idishini ochayotgani haqida bir oʻylab koʻring. Ammiak molekulalari dastlab shishani ochgan odam turgan joyda toʻplangan boʻladi, xonaning chekkasida ammiak molekulalari kam yoki umuman boʻlmaydi. Asta-sekinlik bilan ammiak molekulalari tarqala boshlaydi, natijada siz xonaning chetida ham ammiak hidini his qila olasiz. Agar idishning ogʻzi yopilsa va xona yopiq holatda boʻlsa, ammiak molekulalari butun xona hajmi boʻyicha teng taqsimlanadi.
Har qanday turdagi molekulalar bilan ham xuddi shunday boʻladi: ular konsentratsiya koʻp joydan konsentratsiya kam joyga koʻchib oʻtadi. Buni tushunish uchun molekulalar yuqori konsentratsiyaga ega boʻlgan joyni (masalan, endigina ammiakli idish ochilgan joy) va kamroq konsentratsiyalangan joyni (xonaning chekka qismlari) tasavvur qiling. Ammiakning konsentratsiyasi yuqori boʻlgan hududdan ammiak molekulalari ammiak molekulalarining konsetratsiya kamroq boʻlgan xonaning chekka qismlariga oʻtadi.
Vaqt oʻtishi bilan molekulalarning konsentratsiyasi tenglashmaguncha (molekulaning ikkala yoʻnalishga ham harakatlanishi teng boʻladigan darajada) molekulalarning natijaviy harakati konsentratsiya koʻp qismdan konsentratsiya kamroq qismga oʻtadi. Ushbu jarayonda hech qanday energiya talab qilinmaydi; aslida konsentratsiya gradiyentining oʻzi potensial (toʻplangan) energiyaning bir shaklidir va bu energiyadan konsentratsiyalarni tenglashtirishda foydalaniladi.

Rasmda plazmatik membranadagi diffuziya hodisasi koʻrsatilgan. Dastlab molekulalarning konsentratsiyasi plazmatik membrananing tashqi tomonida yuqori boʻladi. Plazmatik membrananing ikkala tarafida molekulalar konsentratsiyasi tenglashmagunga qadar molekulalarning tashqaridan ichkariga natijaviy harakati sodir boʻladi.
Manba: OpenStax Biology, asl nusxa Mariana Ruiz Villareal tomonidan oʻzgartirildi.
Molekulalar hujayra sitozoli orqali diffuziya natijasida harakatlanishi mumkin va baʼzi molekulalar plazmatik membrana boʻylab (yuqoridagi rasmda koʻrsatilganidek) tarqalishi ham mumkin. Eritmadagi yoki fazodagi har bir molekula oʻzining konsentratsiya gradiyentiga ega va boshqa molekulalarning konsentratsiya gradiyenti qanday boʻlishidan qatʼi nazar, faqat oʻz gradiyenti boʻyicha tarqaladi. Konsentratsiya gradiyenti qanchalik kuchli boʻlsa (turli xil qismlardagi konsenratsiyadagi farqlarning katta boʻlishi), diffuziyaning shunchalik tez boʻlishini belgilaydi. Shu sababli ham birgina hujayrada turli xil molekulalar uchun diffuziya darajasi va yoʻnalishi bir-biridan farqlanishi mumkin. Misol uchun, hujayraga diffuziya orqali kislorod kirsa, bir vaqtning oʻzida karbonat angidrid oʻz konsentratsiya gradiyentiga koʻra hujayradan chiqib ketadi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish