Didaktika xaqida tushuncha.
Didaktikaning predmeti va vazifalari.
Didaktika (ta`lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “urgatuvchi”, «didasko» esa – “urganuvchi” ma`nosini bildiradi) ta`limning nazariy jixatlari (ta`lim jarayonining moxiyati, tamoyillari, konuniyatlari, ukituvchi va ukuvchi faoliyati mazmuni, ta`lim maksadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta`lim jarayonini takomillashtirish yullari va xokazo muammolar)ni urganuvchi fan.
-Bu so’z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi.Bu tushunchani shunga uxshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashxur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu fakat ta`limgina emas, balki tarbiyalash xam”, deb ta`kidlaydi. Mazkur asarda olim ta`lim nazariyasining muxim masalalari: ta`lim mazmuni, ta`limning kurgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida suz yuritadi.
Xozirgi davrda didaktika ukitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika soxasi sifatida tushuniladi.
Umumiy didaktikadan tashkari xususiy didaktikalar yoki aloxida fanlar buyicha ta`lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar xam mavjud.
Ularning mazmuni ta`limning ma`lum boskichlarida u yoki bu fanlarni urganish va ta`lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Xar bir ukituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan xolda faoliyatni tashkil etishi zarur.
Didaktika predmetini aniklash buyicha turli karashlar ilgari surilgan. karashlarning turlicha bulishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini anik ajratilmaganligi bilan boglik.
Kupchilik olimlar ta`lim obyekt deb o’qtish jarayoning maqsadi, mazmuni, konuniyatlari, metodlari va tamoyillarini kursatadilar.
Didaktika ta`limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e`tirof etadi. Ta`lim yordamida yoshlarni xayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta`limiy faoliyatini tashkil etishda ukituvchi - ukuvchi, ukuvchi – ukuvmateriali, ukuvchi - boshka ukuvchilar urtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.
Didaktika predmetini moxiyatini ochishga xizmat kiluvchi yana bir karash ta`lim-tarbiya jarayonini yaxlit urganish zarurligini ilgari suradi. Ta`limning tarbiyaviy vazifalari ukuvchining bilimni uzlashtirishlarini ta`minlabgina kolmay, shaxs xususiyati, uningrivojlanishi, ma`lum ma`naviy-axlokiy sifatlarni uzlashtirishi, fe`l-atvori, xulkini tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitni yaratishdan iborat.
Didaktikaga ta`limning mazmunli va jarayonli jixatlarini birgalikda urganish xosdir. Amaliyotni kayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan xolda didaktika ta`limni fakatgina urganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyixalashtirish obyekti sifatida karaydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars utish (ukituvchi faoliyati) va bilim olish (ukuvchining urganish faoliyati)ning uzaro boglikligi va alokadorligi xisoblanadi.
D. taʼlim usullari muammosini ham qamrab oladi. Oʻqituvchi biror predmet boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim olishini taʼminlash maqsadi sari intilar ekan, maʼlum ishlarning bajarilish namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u taʼlimning barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlaydi. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qoʻllashlari uchun maxsus topshiriklar beriladi.
O'qitish metodlarining serqirraligi, murakkab tuzilishga ega ekanligi unga turli jihatdan yondashuvlarda o'z ifodasin1 topadi. P. Podlasiyning fikricha, metod-jarayonning o'zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog‘lovchi bo‘g‘in. Uning «Maqsad — mazmun — metodlar — shakllar - o‘qitish vositalari» tizimidagi roli hal qiluvchidir1. Pedagogik amaliyotda, an'anaga muvofiq, o‘quv - tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo'llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bilan o'quvchining o'qish faoliyatining usullari bir-biriga bog'liqligi ta’kidlanadi.
0‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o'qitishning maqsadi, o‘zlashtirish usuli^ o‘quv jarayoni qatnashchilari (o'qituvchi-; o‘quvchi, talaba)ning o‘zaro munosabati. Ta'lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo'lib, qaysi pedagog qollashidan qat’i nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo'lib, u pedagog shaxsi, o'quvchi-talabalarning o'ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi, Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to'liq subyektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo'lgan, tola obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o‘rtasida tug ‘Uadi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo'lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko'p holatlarda esa eng yaxshi bo'lgan amaliyot yo'llari tavsiya etiladi. Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining shakllariga xos bo'lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o'ziga xosligi va aniq sharoitga bog'liq. Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo'lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo'yilgan maqsadga ко' ra eri- shilgan natijada o'z aksini topadi.
Ta’lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyiliari quyidagilar:
1.Faollik tamoyili Inson ta’lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati o‘zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.
Talaba, o'quvchi o'z harakati bilan fanlarni yaxshiroq o'rganadi va o'zlashtiradi. O'quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning o'zlari fanga qiziqsin, uni bilishga harakat qilib, intilsin. Buning uchun o'quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim.
2.Nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan bog‘liqligi
Nazariy bilim doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog'lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o'z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo'lishi kerak.
Ko‘rgazmalilik Bilimlarni iloji boricha ko'rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta'lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni, bevosita ish holatida va real obyektlarda o'qitishni talab qiladi. Darslar ko'rgazmali qurollar yordamida berilsa, o'quvchilarning o'zlashtirishlari osonlashadi.
3.Tushunarlilik O'quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo'lishi kerakki, o'quvchilar uni o'zlaridagi bilimlar bilan bog'lay olishsin va uni tushunishda qiynalmasin. Ya’ni o'quv materialining mazmuni, shuningdek, o'qituvchining tili va fikrlarini ifodalash usuli o'quvchi-talabaning bilim saviyasiga mos kelishi lozim. Lekin bu ilmiy terminlardan foydalanilmaydi, degani emas.
Namunalardan foydalanish O'quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim namunalarni tanlashga harakat qilish kerak. Yaxshi model, amali- yotdan olingan tipik misollar, turlicha mahsulotlar ham olingan natijaning sifati qanday bo‘lishini aniq ko'rsatadi.
4.Ilmiylik O'quv materialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo'lishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o‘zida aks ettirishi lozim.
0‘qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo'Ilanilmashgi kerak.
5.Bilimlarni qo‘llash O'quvchi-talabalar olgan bilimlarini amalda qo'llay olishi kerak. Shuning uchun bu bilimlar qo'llanilgan va amaliy vaziyatda sinalgan bo'lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o'qituvchi tomonidan yaratilishi lozim.
Natijalarni mustahkamlash tamoyili O'qishdagi muvaffaqiyatlar tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida doimiy aloqa bo'lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash varaqalari» da qayd qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |