Taʼlim jarayonida oʻquv predmetlari miqdorini koʻpaytirish emas, balki olamni bilish vositasi boʻlmish oʻquv fanlarini imkon qadar umumlashtirish yoʻlidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil Oʻzbekistonning yangilangan oʻquv rejalarida taʼlimning asosiy yetti tarmogʻi belgilangan boʻlib, oʻquv fanlari mikdorini zaruratga qarab oʻzgarib turishi koʻzda tutilgan. Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham D.ning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham D.ning zarur talablaridan biridir. OʻzRning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da mazkur tamoyilga alohida eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi oʻzbek D.sining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Maʼnaviyatni shakllantirish maksad darajasiga koʻtarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy D. oʻquvchilarni taʼlim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda tutadi. Taʼlim oʻquvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi.