ta’lim prinsiplari kim uchun va nima uchun kerak? U o’quvchi faoliyatiga ham dahldormi?
Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.
Ta’lim prinsiplari o’quv tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.
Ko’pchilik adabiyotlarda «o’qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonining ikkala sub’ektiga- o’qituvi va o’quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta’lim prinsiplari deb atagan ma’qul, deb ta’kidlaydi prof.O.Roziqov.
Do'stlaringiz bilan baham: |