Didaktik o‘yin turlarini tayyorlash va amalda qo‘llash bo‘yicha mashqlar
bajarish
Maktabda har bir o‘quvchi ayrim turdagi didaktik o‘yin mashg‘uloti o‘quv
materiallarini amalda qo‘llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatining
ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda o‘qituvchilar o‘z mutahassislik fanlari bo‘yicha
o‘zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik o‘yin turlardan
foydalanib o‘tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlashlari va uning asosida metod
birlashma majlisida shu mashg‘ulotni bayon qilib berishlari va tegishli mulohazalar
o‘tkazib borilishi tavsiya qilinadi.