Sotsiogenezda shaxs
Amaliy psixologiya yonalishi 1 b guruh talabasi Kamolova Sevaraning Umumiy psixologiyadan qayta topshirish ishi
Reja: - Reja:
- 1. Sotsiogenetik nazariya.
- 2.Kognitivistik yónalish.
- 3.Psixologlarning fikrlari.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. Kognitivistik yo’nalish. Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi.
Intellektning asosiy funktsiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish)dan iborat bo’lib, intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 1) sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha); 2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 3) muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri. Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi. Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o’rganishga Rossiyalik atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar o’zlarining salmoqli hisslarini qo’shganlar. Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ekti. A. N. Leontevning tushunti- rishicha, shaxs faoliyat sub’ektidir. K. Platonov jamiyatda o’z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir. A.V.Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixologik ta’rifi sifatida qabul qilish mumkin: «O’z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o’zgartiruvchi sub’ektga aylanadi». Ko’rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif berishgan. Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish mumkin. «Shaxs o’z menligini anglagan, o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o’tkaza oladigan har qanday individ».Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- nish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 1) jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo’lgan har bir individ shaxsdir; 2) shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o’ziga xos bo’lgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi 3) odam shaxs bo’lib tug’ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. 4) shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo’lgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o’rganish mumkin. Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum guruhlarning a’zosi, konkrеt sharoitida o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkrеt odam dеb tushunishdir. Sotsializatsiya – bu individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistеmasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |