DHSP, DNS, faylli serverlarni qo`yish
va sozlash
REJA:
1.DHSP serverini o`rnatish
2.DNS, fayl serverlarini o`rnatish
3.Serverlarni sozlash.
Server haqida ma'lumot Tarmoqqa ulangan, doimiy ishlaydigan va tarmoqning turli xizmatlarini bajaradigan kompyuterga SERVER deyiladi.
Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirihs darvozalari hisoblanadi.
Server protsessorlari.
Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi.
Ajratilgan server. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi.
Virtual server. Kecha-yu kunduz internetga ulangan kompyuterni ishlatish oddiy foydalanuvchiga qimmatga tushadi. Shuning uchun ular boshqa serverning xotirasidan bo`sh joyni ijaraga olishadi va virtual serverga ega bo`lishadi. Bu xuddi o`zingizning internetda vakolat xonangizga o`xshaganday. Albatta, foydalanuvchi jismoniy server bilan foydalanish huquqiga ega bo`lmaydi, lekin tarmoq orqali virtual serverga kirib, kerakli ma`lumotlarni yozib qo`yishi mumkin. Keyin tarmoqqa kiritilgan ma`lumotlarni boshqa foydalanuvchilar kecha-yu kunduz o’qishi mumkin.
Odatda, bunday xizmatni provayderlar ko’rsatadi va uni “xosting” (inglizcha - hosting) deb atashadi.
Serverdagi xosting xizmatlari ikki xil bo’ladi: pulli va bepul. Pulli xosting xizmatlarga boy va tez ishlaydi, bepulida esa xizmat turlari kam, ishlash tezligi past va saytingizda o`zgalarning reklamalari paydo bo`lib turadi. O`rganishga bepul xosting bo’laveradi, lekin jiddiy loyihalar uchun pulli serverlar zarur.
Proksi-server. Proksi-server – foydalnuvchi va internet orasidagi maxsus vositachi dastur. Uni ishlatish shart emas, lekin bu dastur yordamida web sahifalarining yuklash jarayonini tezlashtirish mumkin. Proksi-server Internetdan ko`p ko`radigan sahifalarni qattiq diskdagi omborga saqlaydi va yana shu sahifalar so`ralganda Internetdan emas, balki xotirasidan ko’rsatadi.
Odatda, proksi-server ajratilgan serverga o`rnatiladi va tarmoq xizmatlarini ham bajaradi: mahalliy tarmoq kompyuterlarini Internetga ulaydi. Tarmoqdagi kompyuterlar internet so’rovlarini ajratilgan serverga uzatishadi, serverda esa proksi dasturi so’rovlarni internetga chiqaradi va tashqaridan kelgan ma’lumotlarni tarmoq kompyuterlariga yetkazib beradi. Yana proksi dasturi yordamida kompyuterlarning tarmoqdagi ish jarayonini boshqarib, kuzatib turish ham mumkin.
E’tiboringiz uchun shuni ta’kidlamokchimizki, TSR/IP protokoli uning nomi gzilishidagi simvollarga karaganda bittagina protokol emas, balki ikkita protokollarning majmuasidir. Ularning birinchisi TSR (Transmission Control Protocol) ma’lumotlarning kanday kilib paketlarga bо‘linishini va keyinchalik kanday kilib tо‘la xujjat xolatiga keltirilishini aniklab bersa, ikkinchisi IP (Internet Protocol) ushbu paketlarning tarmokda kanday kilib uzatilishini va kanday kilib adresatga yetkazilishini aniklab beradi. Dungviy kompyuter tarmoGiga ulangan barcha kompyuterlar о‘zaro aloka paytida avtomatik rejimda ishlaydilar va bunda insonlar ishtirok kilmaydilar. Paketlarni uzatadigan oralik serverlar ma’lumotlarni uzatuvchi va kabul kiluvchining kayerdaligini xamda kimligini bilmaydilar va bu ularga kerak xam emas. Ularning bajaradigan vazifasi juda xam oddiy – ya’ni, tegishli paketni oluvchiga yakinrok turgan kо‘shnilariga uzatish xolos.
Server kim unga yakin va kim uzokligini adresning tо‘rt bayti orkali aniklaydi, masalan, 121.203.16.32. Adresning bunday usulda ifodalanishi IP – adres deb ataladi. Bunday ifodalanish usuli kompyuterlar uchun juda xam kulay, lekin insonlar uchun unchalik tushunarli va kulay bо‘lmaydi, negaki bunday adreslarni esda saklab kolish ancha murakkab. Shu sababli adreslarni ifodalashning boshka, kulayrok usuli ishlab chikilgan va uni ismlarning domenli sistemasi – DNS (Domain Name System) deb ataladi. Misol sifatida kuyidagini keltirishimiz mumkin:
Internet ishining negizini domen (soha) nomlari tizimi (Domain Name System yoki qisqacha DNS) tashkil etadi. DNS orqali kompyuterlar bir-birlariga murojaat qila oladilar.
Internetdagi biror saytga kirish uchun manzili, masalan, www.zn.uz kiritiladi. Resurslarning internetda joylashuvini aniqlash uchun yana URL (Uniform Resource Locator – resurslarning yagona lokatori) dan foydalaniladi.
DNS yordamida yozilgan va insonlarga tushunarli bo`lgan manzillar kompyuterlarga tushunarli bo`lishi uchun IP manzillarga o`tkaziladi. IP manzillar internetda kerakli kompyuterni topish uchun xizmat qiladi (buni odamlarning pochta manziliga qiyoslash mumkin). IP manzillar 8 bitli to`rtta sondan iborat, masalan, 221.25.169.7.
Yuqoridagi misolda www.zn.uz domen (soha) nomi deb ataladi. Eng katta va umumiy domenlar nomning oxirida, o`ng tomonda ko`rsatiladi. Bizning misolda u .uz dir. Bu nom bilan Internetning O`zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi (segmenti) belgilangan. Shunga o`xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz, Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga tegishli internet domeni o`z nomiga ega.
Ulardan tashqari yana bir necha umumiy domenlar bo`lib, ular o`zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi. Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education – ta'lim muassasalari), .gov (government – davlat organlari), .mil (military – harbiy tashkilotlar), .net (networks companies – tarmoq va Internetga tegishli tashkilotlar), and .org (organization – boshqa tashkilotlar).
Domenlar, ya'ni internet sohalari ichma-ich joylashgan. Bunday joylashuvda katta domenlar kichiklarini o`z ichiga oladi va ularning nomlari bir-biridan “.” orqali ajratib ko`rsatiladi.
Yuqoridagi misol www.zn.uz da Ziyonet tashkilotiga tegishli zn domeni uz domeni ichida joylashgan. zn domeni ham o`z navbatida bir necha domenlarga bo`lingan, masalan uning informatia va axborot texnologiyalariga bag`ishlangan domeni ivat deb nomlanishi mumkin. U holda bu domenga www.ivat.zn.uz deb murojaat qilinadi. Bu domen ham o`z navbatida turli domenlardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Misol uchun, bu domenda joylashgan informatika o`qituvchisiAli Valiyevning veb saytiga kirish uchun bu sayt nomi www.ali_valiyev.ivat.zn.uz dan foydalaniladi. Bu jarayon yana davom etishi mumkin.
DNS serverlari deb ataluvchi kompyuterlar domenlar va ular nomlarida bo`layotgan o`zgarishlar uchun javob beradilar, paydo bo`lgan yangi domenlarning nomlarini o`z ro`yxatlariga kiritib qo`yadilar. Bundan tashqari, bu serverlar domen nomlarini IP manzillarga o`tkazish uchun ham xizmat qiladilar.
Sizning kompyuteringiz internetga ulanganda boshqa kompyuterlarga ulana olish uchun unga ham IP manzil beriladi. Bu manzil statik yoki dinamik manzil bo`lishi mumkin. Statik manzil hech qachon o`zgarmaydi va statik manzilga ega foydalanuvchilar har gal internetga ulanganlarida shu nomga ega bo`ladilar. Lekin internetda IP manzillar soni cheklangan va statik manzillar hammaga yetmaydi. Shu sababli provayderlar foydalanuvchini internetga ulash uchun dinamik manzillardan foydalanadilar. Bu manzil internetda ishlashning bir seansi uchun beriladi va keyingi safar bu manzil boshqa bo`lishi mumkin.
DNS serverlari
1. Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning kompyuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu resurs sizning kompyuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning kompyuteringizga jo`natiladi.
2. Sizning kompyuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma'lumotlarni oladi.
3. Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server internetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi (o`zandagisi) InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo`natadi.
Nazorat savollari
1. Qanday tarmoq xizmatlarini bilasiz?
2. DHSP serverini o`rnatish qanday amalga oshiriladi?
3. DNS, fayl serverlarini o`rnatish qanday amalga oshiriladi?
4. Serverlarni sozlash. qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |