Deyiladi. Tabiatda uchraydigan aminokislotalarning umumiy soni 300 ga yaqin bo„lib, ulardan ba‟zilari ma‟lum organizmlardagina mavjud bo„ladi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana06.02.2022
Hajmi0,96 Mb.
#433293
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
2.Аминокислота-лотин

Optik faollik
. Xiral birikmalar ulardan qutblangan nur o„tkazilganda optik 
faollikni namoyon qiladi. Oddiy nurni polyarizatordan o„tkazilganda qutblangan nur 


11 
hosil bo„ladi. Qutblangan nur deb elektromagnit tebranishlari faqat bitta yo„nalishda 
tarqalayotgan nurga aytiladi. Oddiyroq aytadigan bo„lsak, tabiiy yorug„likda 
aylananing barcha tekisliklari bo„yicha tebranadigan nurlar bo„ladi. Agar biror yo„l 
bilan bu tekisliklardan faqat biri bo„yicha tebranadigan nur ajratib olinsa, ushbu nur 
qutblangan deyiladi. Bu tekislik nurning qutblanish tekisligi deyiladi. Asimmetrik 
molekula muhitidan qutblangan nur o„tkazilganda u o„zining dastlabki holatidan 
α
burchakka og„gan holatda o„tadi.
Bu yerda, 1-tabiiy yorug„lik bo„lib, turli tekislikda tebranadigan nurlar 
yig„indisidan iborat; 2-polyarizator, odatda Nikol prizmasi – yorug„lik ushbu 
prizmadan o„tganda, qutblanadi; 3-qutblangan nur; 4-xiral modda bilan to„ldirilgan 
kyuveta; 5-modda qatlamidan o„tib, qutblanish tekisligi o„zgargan nur; 6-analizator 
(nurning tebranish tekisligini aniqlash uchun qo„llaniladi) va 7-kuzatuvchi. 
Muhitdan o„tgandan so„ng qutblangan nur tekisligi soat o„qi bo„ylab o„zgarsa 
modda 
o‘ngga buruvchi
, soat o„qiga nisbatan teskari og„ganda esa modda 
chapga 
buruvchi
deyiladi. O„ngga buruvchi moddalarga – musbat (+), chapga buruvchi 
moddalarga esa – manfiy (-) ishorasi qo„yiladi.
Burish burchagi
 α 
ning qiymati modda tabiati, erituvchi, nurning to„lqin uzunligi 
hamda temperaturaga bog„liq. Shu sababli solishtirma burish burchagi [α] qiymatidan 
foydalaniladi. Solishtirma burish burchagi 1 ml eritmadagi 1 g moddaning 10 sm 
uzunlikdagi polyarimetrik trubkada optik faolligi hisoblanadi. Odatda o„lchashlar 
natriyning monoxromatik D-liniya (λ=589 nm) to„lqin uzunligida, 20 
°
C da olib 
boriladi. Muhim jihati shundaki, D-enantiomer qutblangan nurni qaysi tomonga
necha gradusga bursa, L-enantiomer xuddi shuncha burchakka teskari tomonga 
buradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, moddaning qutblangan nur tekisligini o„ng 
yoki chap tomonga burishi uning D,L- yoki R,S-konfiguratsiyasiga taalluqli 
ekanligiga bog„liq emas. Ya‟ni, D-qatorga mansub bo„lib, qutblangan nur tekisligini 
α 









12 
o„ngga ham, chapga ham burishi mumkin. Xuddi shuningdek, L-qatorga mansub 
bo„lgan aminokislotalar ham qutblangan nur tekisligini o„ngga ham chapga ham 
burishi mumkin. Bu haqiqatni quyidagi jadvalda keltirilgan natijalar ham tasdiqlaydi. 
Quyida L-α-aminokislotalarning solishtirma burish burchaklari keltirilgan. Bundan 
ko„rish mumkinki, 20 ta L-α-aminokislotaning yarmidan ko„pi qutblangan nur 
tekisligini o„ngga buradi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish