Ravoq
Ravoq (Arka) —
toqning
bir turi;
bino
devorlaridagi deraza va eshik oʻrinlarining yuqori qismiga
qoʻyiladigan
mehrobiy
yoysimon qurilma. Ravoq yoʻnilgan, tabiiy yoki sunʼiy toshlar, beton,
temirbeton, yogʻoch va poʻlat singari materiallardan ishlanadi. Ravoqning tayanch qismi
tovon
,
markaziy ponasimon gʻishti yoki toshi esa
qulf
deb ataladi. Ravoqlar shakliga koʻra: yakka
markazli, yarim aylana shaklli, baland markazli taqasimon, bir necha markazli nayzasimon,
tuxumsimon boʻladi. Hozirgi zamon inshootlarida ichki kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida
ravoqlar 2—3
sharnirli
qilib ishlanadi. Ustunlarga tiralgan bir xil hajm va shakldagi ravoqlar qatori
qatorak
(arkada) deb nomlangan.
Ravoqlar dastlab
Qadimgi Sharq
meʼmorligida vujudga kelgan.
Qadimgi Rim
meʼmorligida keng
tarqalgan.
Oʻrta Osiyo
meʼmorligida ravoqning turli xil mumtoz namunalari yaratilgan.
Gumbazli
binolarning xonalari koʻrkam, keng chiqishi ichkaridagi ravoqlarga bogʻliq boʻlgan. Ravoqlar bino
yoʻlaklari, deraza va eshik tepalari hamda devorning gumbaz osti qismida boʻlgan. Ichki sathi
turli shakldagi xona devorlarini ravoqlar yordami bilan doira shakliga keltirilgan. Gumbaz tomni
baland koʻtarib yopishda devorlar oʻrniga yengil ravoqlar oʻrnatilgan. Gumbaz ustunlar yoki
ustiga oʻrnatilgan ustunlar ham bir-biriga ravoqlar yordamida bogʻlangan. Agar ravoqning qanoti
keng boʻlsa, uning asosi yoʻgʻon, tepasi ingichka qilib zinali ravoq qurilgan. Gumbaz osti ravoqi
eshik yoki yoʻlak tepasiga oʻrnatiladigan ravoq bilan bir joyga toʻgʻri kelsa, uni qoʻsh ravoq
deyiladi. Katta gumbaz tomlar ustiga oʻrnatiladigan ravoqlarning kurkam chiqishi uchun koʻp
qatlamli qilib qurilgan. Boʻyi va eni bir xil boʻlgan chorsi xonalarning devorlari ustiga 8—12 ravoq
va katta gumbaz tomlarda 16 ravoq gacha oʻrnatilgan.
Kvadrat xona tomonlariga bittadan ravoq oʻrnatilsa,
chortoq
deb nomlangan. Devorlar ustiga 8
ravoq oʻrnatib, ular tepasidan oʻtgan halqa devorga yana 16 kichik ravoqlar joylashtirish mumkin.
11—17-asrlar meʼmorligidagi ravoqlarning murakkab tuzilishlari gʻishtlarning oʻziga xos terilishi
bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbekiston meʼmorligidagi nayzasimon ravoqlarning 100 dan ortiq turi
borligi aniqlangan.
Xalqustalari
amalda 1, 2, 3 va 4 markazli ravoqlar qurilish uslubidan
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
foydalangan. Zamonaviy qurilishlarda ravoqlarning oʻziga xos tuzilishlari yaratilmoqda (koʻprik,
jamoat binolari va boshqalar)
[1]
.
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Булатов М. С.
Геометрическая гармонизация в архитектуре Средней Азии IX-XV
веков, М., 1978.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ravoq
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Ravoq&oldid=2264662
"
dan olindi
Manbalar
Adabiyot
Do'stlaringiz bilan baham: |