DEVIANT XULQLI YOSHLAR BILAN IJTIMOIY ISH AMALIYOTI.
Raxmonov E.A.
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Ijtimoiy ish (Yoshlar bilan ishlashni tashkil etish)
mutaxassisligi magistranti
“Agar hamma birdek jon kuydirib, oilalar muammolaridan to‘liq xabardor bo‘lib, ularni hal etishga ko‘maklashgan, jinoyatchilikning barvaqt oldini olganda edi, bugun natijalar umuman boshqacha bo‘lardi.”
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – O‘zbekiston
Respublikasi prezidenti
Deviant1 xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
Ota-ona ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga yo‘naltirilgan holda muvaffaqiyatli olib borishi uchun avvalo asosial xulq-atvor bilan anomal xulq-atvor o‘rtasidagi farqni va ularning nimaligini tushunib olishi kerak. Odatda axloq normalariga va jamiyat talablariga javob bermaydigan xulq-atvor va xatti-harakatlarni asosial xulq-atvor deb ataladi. Anomal xulq-atvor va xatti-harakatlar bola miyasining patologiyasi (kasalligi) tufayli ro‘y beradi.
Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orhali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi2.
Sosial xulq-atvor esa mikromuhitning salbiy ta’sir ko‘rsatishi, oiladagi mavjud nonormal o‘zaro munosabatlar, oila va maktabda beriladigan tarbiyada yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va hokazolar tufayli ro‘y beradi. Bunday xulq-atvorli bolalar jamiyatimizda ba’zan uchrab turadigan balog‘atga yetmagan tartibbuzar bolalar turini tashkil qiladi.
Tarbiyasi og‘ir bolalar – bular tarbiyada e’tibordan chetda qolgan, o‘z holicha tashlab qo‘yilgan bolalardir. Ular qayerdadir, qachonlardir, kimlarningdir tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar, tarbiyalashda ularga individual yondosha bilmaslik oqibatida paydo bo‘lgan. Boshqacha aytganda, normal ta’lim va tarbiya jarayonidan chetda qolgan, o‘qituvchilar, ota-onalar, o‘rtoqlari bilan normal munosabat o‘rnata olmagan, qalb tug‘yonlarini oshkor etishning to‘g‘ri yo‘llarini topa bilmagan bolalar – tarbiyasi og‘ir bolalar turiga kiradi. Bunday bolalarni o‘z vaqtida payqab, ular bilan yaxshi ish olib borilmasa, ularga jamoatchilik ta’siri o‘tkazilmasa, noxush ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lishi mumkin.
Tarbiyasi og‘ir bolalardagi ayrim kamchiliklar va nuqsonlar, chunonchi: qaysarlik, o‘jarlik, qo‘pollik singari salbiy ko‘rinishlar maktabga kelmasdanoq boshlanishi mumkin. Bu, albatta, oila tarbiyasi yoki bog‘cha-yasli, maktab, ish faoliyati bilan bog‘liqdir.
Butun jamiyatga, ijtimoiy mavjudlikka va har bir insonga o‘zining yashash va rivojlanish nuqtasiga og‘ish xosdir. Bu og‘ishning sababi asosini insonning tevarak atrof, ijtimoiy muhit va o‘z-o‘zi bilan o‘zaro muloqoti tashkil etadi. Insonlarning fe’li-atvori va hulqida kelib chiquvchi ruhiyma’naviy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-ahloqiy o‘zgarishlar jamiyatning gullab-yashnashiga, mukammallashishiga va rivojlanishiga u yoki bu darajada ta’sir o‘tkazadi. Fuqarolarning erkinliklari va huquqlari, qolaversa qonun ustuvorligiga rahna soladigan g‘ayriijtimoiy xattixarakatlar islohotlarimizning samaradorligini ta’minlashga to‘sqinlik qiladi. Gʻayriijtimoiy, noqonuniy xatti-xarakatlar ijtimoiy fanlarda, shu jumladan cosiologiya fani doirasida deviantlik yoki deviant hulq-atvor kabi tushunchalar orqali ifodalanadi.
Deviant xulq-atvorning harqanday ko‘rinishi qanday holatda bo‘lishidan qat’iy nazar ijtimoiy me’yorlarga zid zararli bo‘lib, bu ziddiyatli zararlar shakllanishi va tobora kengayib borishida, bog‘liqli sabablar mavjud bo‘lib, zararli holatlarga olib kelgan sabablarni aniqlab, uni hal etish yo‘llarini aniqlab, yechimini ko‘rsatib berish “sosiologiya” fanining vazifasi bo‘lib, deviantlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun belgilangan har-bir yechimni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Buning ma’nosi jamiyatdagi muammoli vaziyatdan chiqish, muammoli holatni hal qilish sub’yektning individual maqsadlari bilan jamiyat manfaatlari bir-biriga mos kelishidir.
1 Deviatio (lat.) - hayotiy me’yorlardan og‘ish, ularning buzilishi tushuniladi.
2 Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. - T.: «Sharі» nashriyot-matbaa konserni. 1999 y. 8-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |