Deviant xulq-atvor turlari Reja


Inson bilan bog’liq faktlar



Download 68 Kb.
bet3/3
Sana19.07.2022
Hajmi68 Kb.
#824867
1   2   3
Bog'liq
Deviant xulq-atvor turlari

Inson bilan bog’liq faktlar

Jismoniy rivojlanishning kam uchraydigan tug’ma nuqsonlarini tadqiqot qilish bizga jinsiy farqqa tegishli eng yorqin faktlarni beradi. Ushbu nuqsonlar orasida feminizasiyaning testikulyar sindromi va androgenital sindromni aj-ratishimiz mumkin. Birinchi holatda odam normal xromosomalar to’plami, urug’ bezlari va gormon almashuvi bilan dunyoga keladi. Agar uni qaysi jinsga taallukliligini aniqlash uchun tahlil qilinsa (masalan, Olimpiya o’yinlari ayol ishtirokchilari o’tadigan tekshiruv), shu narsa ayen bo’ladiki, tekshirilayotgan odam erkak bo’lib chiqadi. Ammo embrional rivojlanish davrida uning genital to’qimalari testosteron bilan reaksiyaga tushmagani tufayli, ular ayollar jinsiy a’zolarini vujudga keltiradi. Bunday bolalarni ko’pincha qiz bolalardek qabul qilishadi va shunga moslab ularni tarbiyalashadi, chunki ularning rivojlanishida birinchi hayz ko’rgunga qadar hyech qanday g’ayritabiiy hol sezilmaydi. Androgenital sindrom buning aksini ko’rsatadi. Bu bolalarning ba’zilari ham erkak, ham ayol jinsiy a’zolariga ega; jarrohlik aralashuvi natijasida ularga ayol a’zolari shakli berilishi mumkin. Biroq, ko’pgina' bunday bolalar o’g’il bola sifatida tarbiyalanadi, ulardagi nonormallik esa nisbatan keyingi bosqichda qo’zga tashlanadi.


Bu misollardan ma’lum bo’lishicha, jismoniy rivojlanishning nonfmalligi tadqiqotlar, biologik belgilarga qarama-qarshi ravishda o’g’il bolalar va qizlarning yurish-turishidagi farqlarni chuqurlashtirish uchun ijtimoiylapgishning muhimligini tan olish zaruratiga olib keladi. Erkak xromosomalariga ega, ammo tushlganidan "qiz bola" deb hisoblangan bolalarda, odatda, ayollarga xos shaxs xususiyatlari, odat va ko’nikmalar rivojlanadi. Boshka tomondan, tug’ilganidan o’g’il bola sifatida muomala qilinadigan qiz bolalarda erkaklarga xos shaxs xususiyatlari paydo bo’ladi. Bu holatni tavsiflash uchun o’xshash egizaklar bilan bog’liq taniqli misol to’g’ri ke-ladi. O’xshash egizaklar bitta tuxumdan rivojlanadi va butunlay bir xil genetik to’plamga ega. Egizak aka-ukalarning biri sunnat kilinganda jiddiy jarohatlandi va uning jinsini o’zgartirishga qaror qilindi. Keyinchalik bu bola qiz bola sifatida tarbiyalandi. Olti yoshgacha- bolalar ustidan olib borilgan quzatishlar g’arb madaniyatida erkak va ayol jinsiga xos jihatlarni ko’rsatdi. Qiz bola qizlar bilan o’ynashni yaxshi ko’rar, onasiga qarashar va katta bo’lganda "turmushga chiqish"ni istardi. O’g’il bola esa boshqa o’g’il bolalarga qo’shilar, avtomobillar o’ynashni yaxshi ko’rar, katta bo’lganda o’t o’chiruvchi yoki polisiyachi bo’lishni istar edi.
Bu misol ba’zida jinsiy farqlarga qaraganda ijtimoiy ta’limning ustunligini tasdiqlovchi asosiy dalil sifatida keltiriladi. Biroq, bo’yi yetib qolgan qizdan televizion qo’rsatuv paytida so’ralganda, u o’z jinsini aniqlashda katta qiyinchiliklar sezayotgani ma’lum bo’ldi. U o’zini balki "haqiqatdan ham" o’g’il boladek his qilardi. (Bu vaqtga kelib qiz o’z kelib chiqishi haqida ba’zi ma’lumotlarni bilardi. Albatta, bu uning o’zi haqidagi tasavvuri o’zgarishiga olib kelgandi.)
O’tkazilgan tadqiqot biologik sabablar erkak va ayollarning yurish-turishidagi farqlarga ta’sir ko’rsatmasligini anglatmaydi. Lekin ular mavjud bo’lsa-da, ularning psixologik tabiati yetarli darajada o’rganilmagan. Ko’pgina olimlar dunyoga mashhur genetik olim Richard Yevontinning xulosalariga qo’shilsa kerak:
Odam o’zini kimga o’xshatishi — erkak yoki ayolgami — uning xarakteridagi aksariyat xususiyatlar, g’oya va istaklar kabi, birinchi navbatda, u bolalikda qaysi jinsga mansub topilganiga bog’liq. Voqyealarning odatdagi rivojlanishida unga "belgilangan" jins xromosoma, gormon va morfologiyadagi odatdagi biologik farqlarga muvofiq keladi. Shunday qilib, biologik farqlar ijtimoiy farqlanishning sabablaridan ko’ra , ko’proq signaliga aylanadi.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish