rasm. 3.4. Teshik va vallarning asosiy chetlanishlari.
Parametrning hisobiy qiymati buyumlar sifatining mustahkamligi, ishonchliligi, uzoq ishlashi, aniqligi va boshqa ko`rsatkichlariga quyilgan talablarning bajarilishidan kelib chiqib aniqlanadi. Vallar uchun eng katta chegaraviy o`lcham, teshiklar uchun eng kichik chegaraviy o`lcham, ya`ni o`tuvchi (o`tadigan) chegara hisobiy o`lcham hisoblanadi. Bunday sharoitda yaroqli val mutloq qiymati bo`yicha cheklamadan oshmaydigan faqat manfiy xatoliklar, yaroqli teshiklar - faqat musbat cheklamadan oshmaydigan xatoliklarga ega bo`lishi mumkin. Nazariy - ehtimoliy usullar qo`llaniladigan hisoblarda hisobiy o`lcham sifatida chegaraviy o`lchamlardan o`rtachasini, ya`ni cheklama maydoning o`rtachasiga to`g’ri keladigan o`lchamni qabul qilish maqsadga muvofiq. Bu holda chegaraviy ruhsat etilgan xatoliklar mutloq qiymat bo`yicha cheklamaning yarmiga teng. Detallar va buyumlarning geometrik va boshqa parametrlari haqiqiy qiymatlarining ularning chizmalarda yoki tekis talablar (shartlarda) ko`rsatilgan berilgan qiymatlariga yaqinlashishi darajasini tayyorlash aniqligi deyiladi. Detallar, uzellar va buyumlarning me`yorlangan aniqligi, ya`ni geometrik va boshqa parametrlarning hisobiy qiymatlaridan ruhsat etilgan chetlanishlarning jamlanmasi va haqiqiy aniqlik, ya`ni o`lchash natijasida (ruxsat etilgan xatoliklar) aniqlangan haqiqiy chetlanishlarning yig’indisi farq qiladi.
Haqiqiy aniklikning me`yorlangan aniklikka mos kelish darajasi material va tayyorlanmaning sifatiga, buyumlar konstruktsiyasining texnologikligiga, ularni tayyorlash (yasash) va yig’ishning aniqligiga va boshqalarga bog’liq. Berilgan aniklikka erishish-geometrik, elektrik va boshka parametrlar ma`lum (aniqlangan) chegaralarda bo`ladigan qilib detallarni tayyorlash va mexanizmni yig’ish demakdir.
Haqiqiy tig’izmasliklarni aniqlashda teshikning haqiqiy o`lchami, sifatida tsilindrning haqiqiy sirti ichiga chizilgan diametri, ya`ni eng kichik o`lchami, val uchun esa tsilindr tashqarisiga cho`zilgan diametr, ya`ni detalning turli kesimlaridagi o`lchamlarining eng kattasini qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Ammo pretsizion mashina va priborlar uchun detallar shakli chetlanishlari xarkterini hisobga olishiga to`g’ri keladi. Tig’izlikli o`rnatmani hosil qiluvchi detallar uchun birikmaning xarakteri detalni bir nechta kesimda va turli yo`nalishlarda o`lchamlarda hosil qilingan o`lchamlarning o`rtachasi bilan aniqlanadi va u haqiqiy o`lcham sifatida qabul qilinadi.
Cheklama T (lotincha Telerance - cheklama) u yoki bu parametrning eng katta va eng kichik ruxsat etilgan qiymatlari orasidagi farq cheklama deb ataladi. O`lchamdan T cheklamai - eng katta va eng kichik chegaraviy o`lchamlar orasidagi ayirma yoki yuqorigi va quyi chetlanishlar orasidagi algebraik ayirmaning mutloq miqdori (qiymati). Cheklama doimo musbatdir. U partiyadagi (to`dadagi) yaroqli detallar haqiqiy o`lchamlarining ruhsat etilgan sochilish (tarqalish) maydonini belgilaydi. YA`ni berilgan tayyorlash aniqligini cheklama (kattalashishi) oshishi bilan buyumlar sifati odatda (qoida bo`yicha) yomonlashadi (pasayadi), ammmo tayyorlash bahosi (narxi) kamayadi.
Soddalashtiirish uchun cheklamalarni grafik tarzda cheklama maydonlari ko`rinishida tasvirlash mumkin (3.1.–shakl). Bunda buyum o`qi (3.1.–shaklda ko`rsatilgan) doimo sxema ostida joylashtiriladi. Cheklama maydoni - yuqorigi va quyi chetlanishlar bilan chegaralangan maydon. Cheklama miqdorlari cheklama miqdori va uning nominal o`lchamga nisbatan holati (vaziyati) bilan aniqlanadi. Grafik tasvirlashda cheklama maydoni nul’ chizig’iga nisbatan yuqorigi va quyi chetlanishlarga to`g’ri keladigan ikki chiziq orasida joylashadi. Nul’ chizig’i - nominal o`lchamga to`g’ri keladigan chiziq, undan cheklama va o`rnatmalarni grafik tasvirlashda o`lchamlarining chetlanishlari qo`yiladi. Agar nul’ chizig’i gorizontal joylashgan, musbat chetlanishlar undan yuqoriga, manfiylari - pastga qo`yiladi. Ikkita yoki bir nechta qo`zgaluvchan yoki qo`zgalmas birikadigan detallar tutashuvi (o`rnatma) deyiladi.
Detallar birikadigan sirtlar tutashuvchi sirtlar deyiladi. Qolgan sirtlar tutashmaydigan erkin sirtlar deyiladi. Shunga muvofiq tutashuvchi va tutashmaydigan (erkin) sirtlarning o`lchamlari farqlanadi. Biri boshqasining (ikkinchisining) ichiga kiradigan detallar birikmasidagi qamrovchi va qamraluvchi sirtlar mavjud.
Val – detallarning tashqi (qamraluvchi) elementlari (sirtlari) ni belgilash uchun qo`llaniladigan atama. Teshik va val atamalari nafaqat doiraviy kesimli (dagi) tsilindrik detallarga, balki boshqa shakldagi, Masalan ikkita parallel tekisliklar bilan chegaralangan (paz, shponka) detallarning elementlariga ham tegishlidir.
Asosiy val- yuqori chetlanishi nulga teng bo`lgan val (es=0).
Asosiy teshik- quyi chetlanishi nulga teng bo`lgan teshik (EJ=0).
NAZORAT SAVOLLARI
Qanday sirtlarga qamrovchi va qamraluvchi sirtlar deyiladi?
Tig’izlikli o`tkazmaga misollar keltiring?
Tig’izliksiz o`tkazma qaerlarda ishlatiladi?
O`tuvchi o`tkazmaning qanday o`ziga xosligi mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |