6- LABORATORIYA ISHI.
DETALLARNI MUVOZANATLASH.
1.
Ishdan maqsad.
Detallar disbalansi (muvozanatlanmaganligi) mohiyati haqidagi bilimlarni
chuqurlashtirish va aylanuvchi detallar muvozanatlanmagan massalarining
avtomobilning ishonchliligi va ko’pga chidamligiga ta’sirini o’rganish.
2.
Ishning mazmuni.
Ilashmaning etaklanuvchi diskini statik muvozanatlash amallarini ishlab
chiqish va bajarish; avtomobil mexanizmlarida muvozanatlanmagan massa bilan
ishlagandagi ishini tahlil qilish; tirsakli valni maxovik va ilashma bilan dinamik
muvozanatlash hujjatlari bilan tanishtirish.
Disbalans (muvozanatlanmaganlik) detal va uzellarda o’lchamlarning
noaniqligidan, ayniqsa ishlov berilmagan yuzalar o’lchamidan, materialning notekis
zichligidan, yig‘ish noaniqligidan kelib chiqadi.
Muvozanatlanmaganlikni mexanik ishlov berish jarayonida yoki yig‘ishda
bartaraf qilinadi.
Disk tipidagi detallar statik muvozanatdan, val tipidagi detallar esa dinamik
muvozanatlashdan o’tadi. Muvozanatlanmaganlikni ortiqcha metalni olib tashlash
yoki massani qo’shish (kleylash, payvandlash) bilan amalga oshiriladi. Tirsakli val
maxsus muvozanatlash dastgohida muvozanatlanadi.
3.
Ish joyining jihozlanishi.
SKB – 2468 muvozanatlash dastgohi, ilashma etaklanuvchi disklarini
muvozanatlovchi moslamasi bilan, muvozanatlovchi yukchalar, stol – verstak 0,25
t yuk ko’taruvchi elektrotal, IE – 1019A elektrodrel, shtangensirkul – SHS-1-160-
0,1, bolga plaskogubsa, parmalar, tarozi, plastilin, ilashmaning etaklanuvchi diski,
tirsakli val, maxovik va ilashma bilan.
4.
Ishni bajarish tartibi.
Dastlabki berilganlarni tayyorlash. Bunda ilashmaning etakchi, etaklanuvchi
disklarining, maxovikning va tirsakli valning ish sharoitini o’rganish,
muvozanatlanmaganlik kelib chiqish sabablarini aniqlash va muvozanatlash texnik
shartlarini aniqlash (ruxsat beriladigan muvozanatlanmaganlikni bilish tirsakli val
moxovik bilan, mashina disklariga) statik disbalansni hisoblash formulalari,
markazdan qochma inersiya kuchlarini va juft kuchlarning qiymatini bilishi kerak.
Ish joyi bilan, jihozlarning asbob-uskunalar vazifalarining joylashishi bilan
tanishish, hujjatlarning mazmuni, axborot ma’lumotlarini tayyorlash. Amallarning
bajarilish tartibini belgilash. Har bir o’tish amali uchun texnik shartlar belgilash.
Ilashma diski qaysi avtomobilga tegishli ekanligini aniqlash, diskning massasini,
aylanishlar sonini aniqlash, muvozanatlovchi yukchaning turini aniqlash va qaerga
qotirilishini belgilash (ilashmaning etakchi diski uchun diskning qaeridan ortiqcha
massa olib tashlanadigan joyini belgilash).
1.
Sath o’lchagich Yordamida jihozning prizmatik yo’naltirgichlarining
(pichoklarining) gorizontalligini tekshirib, zaruriyat bo’lganda sozlash ishlarini
bajarish.
2.
Etaklanuvchi diskni shlitsali opravkaga (etaklanuvchi diskni maxsus
moslamaga o’rnatib) qotirish.
3.
Disk opravkasi bilan asbobning yo’naltirgichlariga perpendikulyar bo’lishi
kerak. Bunda muvozanatlanmagan massa G dan M
kr
burovchi moment ta’siridan R
radiusda opravka disk bilan buralib, og‘irlik markazi opravka o’qi ustiga tushganda
to’xtaydi.
4.
Diskning engil tomoni, ya’ni muvozanatlanmagan massaga joylashgan
diametrning qarama-qarshi (engil) tomonini bo’r bilan belgilash.
5.
Diskni opravkasi bilan yo’naltirgichlarga turli holatlarda qo’yib, har bir holat
uchun muvozanatlanmaganlikni aniqlash.
6.
Diskning engil tomoniga R radiusda plastilin G massali bo’lagini yopishtirib,
so’ngra yukchaning massasini oshirish yoki kamaytirish bilan opravkani moslamaga
qo’yganda aylanishga barham berish kerak. Bu holatga muvozanatlanmagan
massadan hosil bo’layotgan M
kr
va plastmassa hosil bo’layotgan M
kr
o’zaro teng
bo’lgandagina erishiladi. YA’ni,
M
kr
=
M
kru
; M
kru
=
G
n
*R
j
;
Bunda G
n
– diskka yopishtirilgan plastilin massasi (laboratoriya tarozisida
tortib ko’riladi). R
j
– korrektirovka qiluvchi yukni qotirish teshigi joylashgan
joyning radiusi, sm larda (yig‘ish chizmasi bo’yicha aniqlanadi).
7.
Komplektdan muvozanatlovchi massaga mos keladigan plastilin sozlash
yukini tanlab olish (yoki tayyorlash) va uni disk konstruksiyasida ko’zda tutilgandek
qotirish.
8.
Markazdan qochma kuch miqdorini hisoblash. Muvozanatlanmagan kuchlar
disbalansi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
D
l
G
М
n
кру
=
=
1
*
va quyidagi ifodadan muvozanatlanmagan kuchlar ta’siridan disk og‘irlik
markazining surilishi aniqlanadi.
r
G
R
G
D
n
1
1
=
=
bu erda r – disk og‘irlik markazining muvozanatlanmagan kuchlar ta’siridan
surilish masofasi, m; G
1
– detal massasi, kg. Muvozanatlashmagan massalardan
hosil bo’ladigan markazdan qochma kuch quyidagi ifodadan topiladi:
:
900
)
30
(
2
1
2
1
rn
G
n
g
r
G
P
=
=
bu erda g – erkin tushish tezlanishi, m
2
sek; n – detalning aylanish chastotasi,
min
-1
.
9.
Tirsakli valni dinamik muvozanatlash. Tirsakli valni muvozanatlash
texnologiyasini o’rganish, muvozanatlash dastgohining tuzilishini va uni
boshqarishni o’rganish.
10.
Xulosa.
Nazorat savollari.
1.
Detal va uzellarning muvozanatlanmaganligini sababi nima?
2.
Muvozanatlanmagan massali detallarning (uzellarning) aylanishi mexanizm
ishiga qanday ta’sir qiladi?
3.
Avtomobilning qaysi detallari statik muvozanatlanadi va u amal qanday
bajariladi?
4.
Avtomobilning qaysi detallari dinamik muvozanatlanadi va u amal qanday
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |