Eron epigrafik yodgorliklar. Eron epigrafik yodgorliklariga bo’lgan qiziqish Mesopatamiya yodgorliklaridan sira kame mas. Qadimdan Eron qudratli mamlakatlar vatani bo’lib kelgan . Uning tarixi mill.avv III- mingyilliklarga borib taqalishi ham bejiz emas. Ahamoniylar, Sosoniylar sulolasi davrida Eron sharqda muhim rol o’ynadi. Eronda qadimgi davrlarga oid obida juda ko’p bo’lib ular ichida Persopolis saroyi harobalari, Behustun bitiklari muhim ahamiyatga ega.
1765 yili Daniyalik olim Karsten Nibur Persepol vayronalariga sayohat qiladi. U bir necha hafta bu yerda bo’ladi. Noma’lum yozuvlardan belgima-belgi nusxa ko’chirgan. Issiqda ishlash qiyin bo’lishiga qaramay, sabr-matonat bilan ishlaydi. U erta tongdan qorong’u tushguncha, havfli sharoitda bo’lishiga qaramay tinmasdan ishlagan.Lekin u birorta ham belgini, birorta ham so’zni o’qiy olmagan. Lekin belgilarni bir-biridan farqlanishini osongina aniglab olgan. Nibur o’z ishi davomida belgilarning bir guruhi vaqti-vaqti bilan takrorlanishini va bu yozuvlarning uch xil yozuv va tilda yozilganini payqab qoladi.
Eron epigafik yodgorliklarini deshifrovka qilishga Daniyalik olim Myunter ancha yaqinlashgan. U yozuvni deshifrovka qilishda tarixga tayangan. U qaror qiladi: bunday yozuvni qaysi xalq qanday davrda qo’llagan.
Myunter shuni Persepolda bo’lgan olimlarning kitoblarini o’qishdan boshlagan. U Nibur va boshqa sayoxatchilarning turli figuralar, rasmlar, yozuvlar bilan berilgan kitoblarni sinchkovlik bilan o’qigan. Ularning kitobida baland taxtda o’tirgan sersoqol, hashamatli bir shaxs o’tirardi. Kiyimining hashamatidan uning shoh ekanligini bilish qiyin emasdi. Rasmdagi qolgan odamlar undan pastda tasvirlangan edilar. Rasmdagi tasvirlardan quyidagi odamlarning yuqoridagi shaxsga qandaydir sovg’alar olib kelayotganligini bilish qiyin emas edi. Myunter ”kiyimiga qarab bu shaxsning kim ekanligini aniqlash mumkin emasmikan ?” degan fikrga boradi. Qadimgi yunon tarixchilari o’z asarlarida forslar uzun va og’ir kiyim kiyib yurishlarini, hanjarini o’ng biqinlariga taqib yurishlarini o’rgangan edi. Rasmdagi kiyinish qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida ko’rsatilganga o’xshab ketar edi. “Demak bu yerda fors podshohi tasvirlangan” degan fikrni beradi Myunter.
Gettingen nomli nemis shaharchasidagi litseyda yunon va lotin tillaridan dars beruvchi yosh o’qituvchi Georg Gratofend yashardi. U yoshlik chog’idanoq jumboqli masalalarni yechishni yaxshi ko’rardi. U har qanday chigal masalani qo’liga olmasin albatta yechimini topardi. Bu sohada shaharchada unga teng keladigan yo’q edi.