R A H B A R X U L O S A S I
Bitiruv ishi mavzusi. Communicative approach in teaching English grammar (Ingliz tili grammatikasini o`rgatishda kommunikstiv yondashuv)
1. Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi. Chet tillarni oqitishda pedagog-oqituvchilarning zamonaviy yondashuvlar, pedagogik texnologiyalarning mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni talim jarayonida samarali qollay olishlari, shuningdek, didaktik va metodik masalalarning oz yechimlarini topishi kadrlar tayyorlash milliy modelini royobga chiqarishning muhim bosqichidir. Ushbu mavzuda talim va tarbiya jarayonida, xususan ingliz tili darslarida til organuvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash konikma va malakalarini rivojlantirishning samarali usul va uslublari, til orgatish jarayonida oquvchilarning ijodkorligini rivojlantirishdagi muammolar bilan bogliq masalalar togrisida soha mutaxassislarining fikrlari tahlili bayon etilganligi mavzuning dolzarbligini tasdiqlovchi dalildir.
2. Bitiruv ishning qisqacha tafsiloti. Mazkur bitiruv ish kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxati va glossariydan iborat. Bitiruv ishining kirish qismida bitiruv ishning maqsad va vazifalari, dolzarbligi, ilmiy yangiligi, bitiruv ish predmeti, metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati togrisida umumiy malumot berilgan. Bitiruv ishning nazariy qismi hisoblangan I bobi General notes on teaching grammar in TEFL context, bolib u 2 paragrafdan iborat, unda Ingliz tili grammatikasini o`rgatishda kommunikstiv yondashuvning o`rni va ahamiyati haqida nazariy malumot berilgan. Shuningdek, chet tillarini oqitishda qollaniladigan ilgor interaktiv metod va texnologiyalarning chet tillar boyicha muloqot malakalarini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Bitiruv ishning II bobi Application of teaching grammar approaches in EFL classes bolib u 3 paragrafdan iborat. Unda Ingliz tili grammatikasini o`rgatishda kommunikstiv yondashuvni qo`llashdagi muammolar va ularning echimlari samarali mashqlar asosida bayon qilingan. Bitiruv ishning nazariy va amaliy natijalari bitiruv ishi xulosasida umumlashtirilgan. Bitiruv ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar royxati alifbo tartibida bibliografiyada keltirilgan. Bitiruv ishning nazariy va amaliy natijalari bitiruv ishi xulosasida umumlashtirilgan. Bitiruv ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar royxati alfavit tartibida bibliografiyada keltirilgan. Glossariy qismida mavzuga oid 500 ta atamalar royxati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |