Denov tumanidagi Davlat 10-ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining metematika fani o`qituvchisi



Download 2,33 Mb.
Sana27.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#710701
Bog'liq
KIMYO ELEKTROLIT





Denov tumanidagi Davlat
10-ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining metematika fani o`qituvchisi
nurmurodova mavludaning
8-sinflar uchun algebra fanidan “Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish” mavzusida tayyorlagan bir soatlik




Denov tumanidagi Davlat
10-ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabining metematika fani o`qituvchisi
mallayev o’ralning
5-sinflar uchun matematika fanidan “O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish” mavzusida tayyorlagan bir soatlik

Mavluda


"BUYUK KELAJAGIMIZNI
MARD VA OLIYJANOB
XALQIMIZ BILAN BIRGA QURAMIZ"

Shavkat Mirziyoyev


Mavzu:Elektrolitlar va noelektrolitlar

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI



Maqsad

O’quvchilarga murakkab moddalarning elektr tokini o’tkazish xususiyatlarini aniqlash usullarini o’rgatish,elektrolit va noelektrolitlarni ajrata olish haqida tushuncha berish,fanga qiziqishlarini oshirish

Vazifa

O’quvchilarda elektrolit va noelektrolitlar haqidagi nazariy bilimlarni bilgan holda ,uni hayotda qo’llqy olish ko’nikmasini shakllantirish

O’quv jarayononing mazmun mohiyati

Elektrolitlar va noelektrolitlar haqida o’quvchilarga tushuncha berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod:guruhlarda ishlash ,”Havo shari”,”Kim chaqqon”,”Tajribani izohla”,”Moddani ta’rifla”,test
Shakli:og’zaki va yozma
Baholash:5 ballik tizim asosida

Kutilayotgan natija

O’qituvchi:Mavzuni ko’rgazmalar asosida to’liq yoritadi.
Interfaol usullardan foydalanib ,o’quvchilar faolligini oshiradi.
Fanga qiziqishlarini oshiradi.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchani yetkazadi.O’quvchilarni ko’proq baholaydi.
O’quvchi:Mavzu bo’yicha yetarli bilim va ko’nikmalarni oladi.
Mustaqil ishlash va fikrini bayon qilish ko’nikmalarini hosil qiladi.
Tajriba asosida tahlil qilishni o’rganadi.
Mavzuni o’zlashtiradi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:O’quvchilarning kimyo faniga qiziqishlarini oshirish ,kasbga yo’naltirish.
O’quvchi:
Elektrolitlar va noelektrolitlarni ajrata oladi .
Mustaqil fikrlaydi va fikrini bayon eta oladi.

Darsning maqsadi:


a)ta’limiy :o’quvchilarga elektrolitlar va noelektrolitlar haqida tushuncha berish.
b)tarbiyaviy :o’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ,ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
c)rivojlantiruvchi:o’quvchilarga savollar berish ,tajribalar ko’rsatish orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Dars turi:aralash
Dars uslubi:guruhlarda ishlash,”Havo shari”,”Kim chaqqon”,”Tajribani izohla”, “Moddani ta’rifla “,test.
Darsga kerakli jihoz va reaktivlar ro’yxati:moddalarning elektr tokini o’tkazishini aniqlaydigan asbob,osh tuzi,shakar,spirt,suv,stakanlar, kompyuter,proyektor,ekran.
Foydalanilgan adabiyotlar: I.R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’opirov Kimyo ,umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.-T.:2014
Dars bosqichlari

N

Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

15 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Baholash

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:


I.Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashiladi.Navbatchi o’quvchi sinfning davomati haqida axborot beradi.O’quvchilar guruhlarga bo’linadi.Guruh sardorlari tanlanadi,guruhlar nomlanadi.Masalan,
1.”Elektron “guruhi
2.”Proton” guruhi
3.”Neytron” guruhi
Guruhlar o’z nomlariga ta’rif berishadi.Guruh sardorlarining vazifalari tushuntirib o’tiladi.Shundan so’ng o’quvchilardan kimyo faniga oid yangiliklar so’raladi.Tashkiliy qismdan so’ng darsning keying bosqichiga o’tiladi.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash
1-Topshiriq.”Havo shari”ga savollar ilingan .Har bir guruhdan bittadan o’quvchi navbatma navbat chiqib ,shu savollarga javob berishadi.To’gri javoblar uchun rag’bat kartochkalari beriladi.

Savollar:


“Elektron “guruhiga
1.Oksidlanish darajasi deb nimaga aytiladi?
2.Elementning quyi oksidlanish darajasi nimaga teng?
3.Oddiy moddalarda elementlarning oksidlanish darajasi nechaga teng?
4.Qanday reaksiyalar oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari deyiladi?
“Proton” guruhiga
1.Asosiy guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi nimaga teng?
2.Qaytaruvchi deb nimaga aytiladi?
3.Ionning zaryadi qanday ifodalanadi?
4.Metall atomlari birikmalarda qanday oksidlanish darajasini namoyon qiladi?
“Neytron”guruhiga
1.Vodorodning birikmalaridagi oksidlanish darajalarini ayting.
2.Qaytarilish deb nimaga aytiladi?
3.Kislorod birikmalarida qanday oksidlanish darajasini namoyon qiladi?
4 .Oksidlanish deb nimaga aytiladi?
2-Topshiriq .
“Kim chaqqon”.Guruh sardorlari chiqib ,kartochkalardan birini tanlaydi.Kartochkada moddalarning formulalari yozilgan.Har bitta o’quvchi bittadan modda formulasini yozib,undagi elementlarning oksidlanish darajalarini aniqlaydi.Qaysi guruh birinchi bo’lib topshiriqni bajarsa,o’sha guruh g’olib hisoblanadi.
3-Topshiriq.”Tajribani izohla”.Har bitta guruhdan bitta o’quvchi chiqib,o’zi tayyorlab kelgan tajribani ko’rsatadi.Boshqa guruh o’quvchilari tajribani izohlab berishlari kerak.
“Elektron “guruhi
“Stol ustida vulqon”
“Proton”guruhi
“Yonuvchi metall”
“Neytron”guruhi
“Neytrallanish reaksiyasi”
III.Yangi mavzu bayoni .O’quvchilar bilan elektr toki mavzusida suhbatlashiladi.Elektr
toki haqida nimalarni bilasiz?Elektr toki qanday hosil bo’ladi?Siz elektr tokini
o’tkazuvchi qaysi moddalarni bilasiz? kabi savollarga o’quvchilardan javob so’raladi.
M etallarning elektr tokini o’tkazish xususiyati borligini bilamiz.Boshqa moddalar ham
elektr tokini o’tkazadimi?Buni qanday bilish mumkin?Quyidagi tajribani o’tkazish bilan turli moddalarning elektr tokini o’tkazish xususiyati haqida bilib olamiz.Kompyuter orqali elektron dars namoyish etiladi.Endi shu jarayonlarni biz ham tajribada ko’rib chiqamiz.

Rasmda tasvirlangandek asbob yig’ib olamiz va asbob elektrodlarini quruq osh


tuziga qo’yamiz. Lampochka yonmaydi.Asbobning elektrodlarini distillangan suvga
tushiramiz,bunda ham lampochka yonmaydi.Demak,quruq osh tuzi va distillangan suv
elektr tokini o’tkazmaydi.
Osh tuzini suvda eritib,eritmaga asbobning elektrodlarini tushiramiz.Bunda
lampochka yonadi.Demak,osh tuzining suvdagi eritmasi elektr tokini o’tkazadi.
Istalgan moddani shu yo’l bilan elektr tokini o’tkazish yoki o’tkazmaslik
xususiyatini tekshirib ko’rish mumkin.
Moddalar elektr tokini o’tkazish yoki o’tkazmasligiga qarab ikki guruh-
elektrolitlar va noelektrolitlarga bo’linadi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadigan moddalar elektrolitlar
deyiladi.Elektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar ,ishqorlar va tuzlar kiradi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar
noelektrolitlar deyiladi.Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalaent bog’lanishli
moddalar,metan, karbonat angidrid,shakar ,spirtlar va distillangan suv kiradi.
Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki suyuqlantirilganda elektr tokini
o’tkazadi.Kristall holda ular elektr tokini yomon o’tkazadi yoki butunlay o’tkazmaydi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida


o’quvchilar bir nechta topshiriqlarni guruhlarda va yakka holda bajarishadi.

1-topshiriq.Guruhlarga elektrolitlar va noelektrolitlardan bittadan modda


beriladi.Guruhlar shu moddalarga ta’rif berishadi.Masalan,osh tuzi ,sulfat kislota ,shakar
2-topshiriq.Test O’quvchilar testlarni bajarishadi ,guruh sardorlari o’quvchilarning test
varaqlaridagi javoblarini tekshiradi va har bir o’quvchining ballarini qayd etib qo’yadi.
Test
1.Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadigan moddalar nima deb ataladi?
A.elektrolitlar B.noelektrolitlar C.oksidlovchilar D.qaytaruvchilar
2.Noelektrolitlarga ta’rif bering.
A.Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadigan moddalar
B.Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar
C.Eritmada faqat elektron beradigan atomlar
D.Kimyoviy reaksiyani tezlshtiruvchi moddalar
3.Elektrolitlar to’g’ri berilgan qatorni toping.
1.NaOH 2.shakar 3.HCl 4.spirt 5.distillangan suv 6.KCl
A.1,2,4 B.2,3,4 C.3,4,5 D.1,3,6
4.Noelektrolitlar to’g’ri berilgan qatorni toping.
1.shakar 2.HBr 3.HCl 4.spirt 5.metan 6.NaI
A.1,2,3 B.2,4,5 C.1,4,5 D.4,5,6
5.Elektrolitlar qachon elektr tokini o’tkazmaydi?
A.suvda eritilganda B.suyuqlantirilganda C.kristall holda D.qizdirilganda
Test kaliti

Savol

1

2

3

4

5

Javob

A

B

D

C

C

V.Baholash.O’quvchilarning olgan ballari asosida baholanadi.


VI.Uyga vazifa :25paragrafni o’qib,konspektlashtirish, darslikning 100-betidagi savol
va topshiriqlarni o’qib kelish.
Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish