j) mudira ishini rejalashtirish.
Mudira ishida qiyosiy tekshiruvham muhim o'rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayo- nini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin.
Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo'limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo'lishi mumkin.
Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o'tkazilish mumkin.
Mudira - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o'qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi.
Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo'lishi mumkin.
Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilma- xil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtiri- lishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko'nikmalar darajasini tekshiradi.
Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam’' dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiailari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini ishlab chiqadi.
Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida mudira pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'Isa, oldindan ogohlantiriladi, Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlantiriladi. Bunday ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi.
Agar mudira bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan bo'Isa, u holda faoliyatnirg bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va tak- liflarning ijrosini tekshirishgina emas, balki guruhda ma’lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir. Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, mudira yarimyildanso'ngboshlang'ichma’lumotlarni yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko’rsatib o'tilgan tur va shakllarning amalga oshirilishi mudiraga guruhlarda ta’lim-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira yuqoridagi tekshirish usullaridan foydalanib, maktabgacha ta’lim muassasasi ishiga to'liq rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |