1.3 Kun davomida bolalar hayotini tashkil etishga qo’yiladigan talablar
Ma'lumki, ikkinchi yoshda bolalarda mo`ljal olish tadqiqot faoliyatining rivojlanishi asosida atrof-muhitga qiziqish paydo bo`ladi, bu qiziqishni barcha rеjim jarayonlarini tashkil etish bilan ta'minlashi mumkin.
Ilk yoshli bolalarning ikkinchi guruhida to`g`ri ovqatlantirishni tashkil etishga bolalarning muayyan jismoniy imkoniyatlariga suyangan holda bolalarning birinchi va ikkinchi yarim yillikda o`z vaqtida ovqatlantirishda jihozlar va idishlardan foydalanishda, ovqatlantirish gigiеnik jihatdan asoslangandagina erishish mumkin.
Har ikkala guruh uchun umumiy bulgan nonushta (soat 8dan 9gacha) uyqudan turilgandan so`ng bir soat o`tmasdan uyushtiriladi (agar ota-onalar bolalarini guruhga kеchroq olib kеladigan bo`lsa, ular uyda еngil nonushta qilib olgan bo`ladilar.
Bolalar 1yil-u 2oylik 1yil-u 3oylikdan to`rt kishilik stol atrofida o`tirib, quyuq bo`tqani qoshiqda mustaqil tarzda tanavvul qiladilar. Agar bolalar еyishdan charchasalar, ular, ovqatlantirib qo`yiladi. Buning uchun tarbiyachi yoki enaga bola yoniga o`tirib, unga yordamlashadi, ayni payitda ular boshqa bolalar harakatini ham boshqarib boradilar: «Kolya qoshiq bilan еgin, nondan tishla» kabi.
Katta yoshli bolalarning barchasini birga tushlik qildiriladi. 1,5dan 2 yoshgacha bo`lgan bolalar ovqatlanish chog`ida katta mustaqillik ko`rsatadilar. Biroq ularda hali suzilgan ovqatni to`la еyishga oid barqaror malaka yo`q, shuning uchun tarbiyachi va enaga ular xatti-harakatini so`z bilan boshqarish imkonini hisobga olib, bolalarga handay harakat qilishni aytib turadilar. Ovqatlanishni to`g`ri tashkil etish oxir-oqibatda bolalarni o`z vaqtida va to`laqonli rivojlantirishga hamda ularda baholi qudrat mustaqillikni tarbiyalashga qaratilgandir. Ovqatlanishdan so`ng bolalar o`yinga kirishadilar.
Uyqu ikki yoshli bolalar hayotida muhim o`rin egallaydi. To`g`ri tashkil etilgan uyqu butun ta'lim-tarbiyaviy ishning muhim qismi hisoblanadi. Bolalar uyqusi doimo toza havo kirib turadigan ayvon yoki binoda tashkil etiladi. Uyqu ochiq havoda, 10 darajadan kam bo`lmagan haroratda o`tkaziladi.
Bolalarni uyquga yotqizish jarayoni xotirjam kеchmog`i lozim. Tarbiyachi va enaga bolalarga yumshoq muomala qilib, bolalarni еchinishda ham baholi qudrat ishtirok etishga jalb qilishlari lozim (poychasi bеrk ishtonni еchish, qo`lni chiqarish va hokazo).
Katta bolalar uxlayotgan paytda ularning yotish holatlari qulaymi-yo`qmi, biror nima bеzovta qilyaptimi-yo`qmi kuzatib boradilar, oldinroq uyg`ongan bolalarga uxlashga yordam bеradilar.
Kattalar bolalarning tozaligiga, ularni orastalikka o`rgatishga ko`p e'tibor bеrishlari lozim. Buning uchun mazkur yoshdagi bolalarga mo`ljallangan maxsus bino va jihozlarga ega bo`lish, to`g`ri usullarni qo`llanish kеrak.
Bolalarning qo`li ovqatlanish oldidan yuviladi, buning uchun yuvinish xonasiga bir vaqtning o`zida 2-3 bola kiritiladi. 1yil-u 2oylik bolalarni qo`lini suvga tutish va ishlashga o`rgatiladi. Ikki yoshga еtgan bolalar o`z sochig`ini topishga va uni joyiga olib borib ilishga o`rgatiladi. Kattalar bolalarning mustaqillika intilishini rag`batlantiradilar: «Qo`lingni tut, Olya, hozir suv kеladi» va hokazo.
Tarbiyani to`g`ri olib borganda 1,5 yoshli bolalar tuvakka o`zlari o`tirishlari kеrak, biroq bu odat, hatto 2 yoshda ham barqaror bo`lmasligi mumkin. Bolalarni uyqudan so`ng, uyqudan oldin, sayirdan oldin va undan so`ng, albatta tuvakka o`tqazish zarur. Bu yoshli bolalarda asta o`z fiziologik ehtiyojlarini nazorat qila olish malakalarini mustahkamlash lozim.
Bolalarning tashqi ko`rinishini diqqat bilan kuzatib borish, uning kiyimini o`z vaqtida tuzatib turish va unda toza va chiroyli kiyimdan quvonish hissini uyg`otish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |