2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari va son so’z turkumini o’rganishga fanlararo bog’lanishni amalga oshirish usullari
3-sinfda ,,Otlar, ya'ni otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlarning ma'nosi va qo'shimcha orqali farqiash, 2) birlikdagi otdan ko'plik shaklidagi va, aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so'zlarning bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to'g'ri foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar — dafiarlar, qalam — qalamlar, nok ~ noklar kabi. Suhbat asosida daftar so'zi nechta (bitta) predmetni va dafiarlar so'zi nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so'zlar bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo'llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko'plikda qo'llanadi. Ko'plikdagi otni yasash uchun birlikdagi otga
-lar qo'shimchasi qo'shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima? so'rog'iga, ko'plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so'rog'iga javob bo'ladi.
Bu sinf o'quvchilariga faqat birlikda qo'llanadigan otlar, birlik shaklida qo'llangan armiya, qo'shin, xalq kabi otlar ko'plik ma'nosini bildirishi, bunday otlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda anglatadigan ma'nosi maxsus tushintirilmaydi. Agar o'quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko'piikda qo'llanishini kuzatish aslida so'z shakli ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o'quvchilar otlarni ko'plik qo'shimchasi bilan o'zgartirish, ya'ni otga shakl yasovchi qo'shimcha qo'shish bilan so'zning leksik ma'nosi o'zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Otlarning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishhini o'rgatish. Bu rnavzu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu o'rganilgunga qadar, o'quvchilar ,,shaxs" tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o'rganmagan bo'ladilar. O'quvchilarga egalik qo'shimchasi shaxs, narsa birlik va ko'plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o'quvchilarni otlarning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatishda o'qituvchi ishni sarlavhadagi ,,egalik" so'zining leksik ma'nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo'lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma'nolarini bildiradi, demak, egalik qo'shimchasi deganda biror narsaga ega bo'lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan qo'shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo'shimchalari bilan qo'llanadi. Otga qo'shilgan egalik qo'shimchasi shu ot ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o'qigan kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra'noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so'zlari so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi va o'quvchilar kitob — o'zak, -im, -ing, -i qo'shimcha ekanini aniqlaydilar. O'qituvchi kitob va kitobim so'zlarini taqqoslashni, -im qo'shimchasining ma'nosi haqida o'ylab ko'rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o'quvchilar qo'shimchaning ma'nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so'zining ma'nosiga (mening kitobim - kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar.
O'qituvchi qisqa tushuntiradi:
— Tilda uchta shaxs mavjud:
shaxs — so'zlovchi
shaxs — tinglovchi
shaxs — o'zga
Hozir men sizga so'zlayapman, tushuntiryapman, demak, men - so'zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) - o'zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko'plik sonda qo'llanishini bilasiz. Ma'lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo'lishi mumkin. Mana shu ma'nolarni, ya'ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko'plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo'shilgan egalik qo'shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so'ziga qo'shilgan -im qo'shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya'ni kitobing egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo'shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so'zidagi -imiz qo'shimchasi kitob so'zlovcl shaxsga, shu bilan birga, ko'p shaxsga (ko'p so'zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo'shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo'shilgan mana shunday qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deyiladi. Egalik qo'shimchalari tegishlilik, egalik ma'nosini bildiradi.
Egalik qo'shimchalari otlarga ikki variantda qo'shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi, qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -mil, -ngiz, -si egalik qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo'shimchalari qo'shiladi. Shundan so'ng o'quvchilar ,,Ona till" darsligidagi qoidani o'rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakllantirish uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni topish, uni tarkibiga ko'ra tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatish. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so'zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o'rgatishda o'quvchilarning gapda so'zlarning bog'lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o'quvchilar gapda ma'no va grammatik tomondan bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini) ajratishga o'rganganlaridan so'ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so'zlarning bog'lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o'quvchi ot gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so'zlar bilan bog'langanda qo'shimchalar bilan o'zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o'quvchilar sinfdayoq so'z shakllarining o'zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ular so'z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O'quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so'z o'zgartuvchi) qo'shimchalar bilan tanishadilar, bu qo'shimchalar gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
4-sinfda Ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi:
otlarning kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
ko'plikdagi otlarning turlanishini o'rgatish;
har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchaiarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish.
Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi - turlanish haqida tushuncha berish bilan o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishi, o'zbek tilidagi olti kelishik, ularning nomi, so'roqlari, qo'shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi.
O'quvchilar turlanish bilan kelishiklarning mohiyatidan kelib chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so'z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so'zlar bilan shakl yasovchi qo'shimachalar (ning, -ni, -ga, -da, -dan) yordamida bog'lanishini kuzatadilar, bu qo'shimchalar kelishik qo'shimchalari ekanini, otlarning kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklarning joylashish tartibi, so'roqiari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklarning aniq qo'shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi otlar esa ikkinchi darajali bo'lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.
O'quvchilar o'zlashtirgan grammatik bilimlarini o'zlashtirishda foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o'quvchilar avval gapda ot bog'langan so'zdan shu otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so'roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o'qidi (nimani?). - kitobni, tushum kelishigi). Ular buni yaxshi o'zlashtirganlaridan so'ng, mashq tez bajariladi, yozish talab etilmaydi.
Ko'plikdagi otlarning turlanishini o'rganishda nutqda ko'plikdagi otlardan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini takomillashtirish maqsadi ko'zda tutiladi. O'quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning so'rog'ini va bitta shaxs, narsani bildirishini aytadilar, (nima? — kitob, kim? — o'quvchi); o'qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so'roqqa javob bo'lishini, qaysi kelishikni bildirishini so'raydi, ular qiynalmay javob beradilar (nimalar? — kitoblar, kimlar? — o'quvchilar).
Mа’lumki, pеdаgоglаrimizning tа’lim-tаrbiya nаzаriyasidа o’quv fаnlаri o’rtаsidаgi аlоqаgа kаttа bаhо bеrilib bu аlоqа bоg’lаnishi bеrilаyotgаn nаzаriy vа аmаliy bilimlаrning оngli, fаоl, izchil, аsоsli, tushunаrli vа аmаliyot bilаn birligini tа’minlаy оlаdigаn аsоsiy оmil ekаnligini mumtоz pеdаgоg оlimlаrdаn tоrtib bugungi kungаchа bоt-bоt tа’kidlаb kеlаdilаr.
Ona tili - maktab fani bo'lib, uning boshqa fanlar bilan didaktik maqsadlarga qarab har xil holatlarda ko'rilishi mumkin. Ona tili hamma maktab tartiblari bilan bog'langanligini ko'rsatib bermoqda, «chunki til hamma fanlar» bo'yicha ifoda vositasi bo'lib, u haqiqatni hamma tarafdan tasvirlab ko'rsatadi, tilni bilmasdan fikrlash faoliyati
bo'lmaydi. Bu aloqaning mavjudligi aniq. Bu aloqa «Ona tili — boshqa fanlar» zanjirida o'rnatiladi, nafaqat ona tili uchun, hattoki, boshqa fanlar uchun ham. Chunk! til o'rganish quroli bo'lib u o'quvchilarga har qanday fanni o'zlashtirishda hal qiluvchi sharoitdir. Ona tili maktab ma'lumoti fani bo'lib keng nuqtayi nazarga ega.
Matematikani ona tili fani bilan bog'laydigan mavzular: «Son», «Chama son», «Sanoq son».
Ona tili va o’qish integratsiyasi.
Ona tilining maktabda fan sifatida boshqa o’quv fanlari bilan aloqasi asosan, har xil yo’nalishlarda qarab chiqilishi mumkin. Odatda, ona tili boshlang`ich sinflarda o’quvchilarni og`zaki va yozma nutqlarini rivojlanishida asosiy o’rin tutadi. Shunday ekan, ona tili barcha fanlar bilan bog`liq bo’ladi, chunki til hamma fanlarni ta`riflash uchun zarur vosita demakdir. Tilni o’rganmasdan turib, boshqa sohalrda faoliyat yuritish mumkin emas. Til qurol sifatida har qanday fandan o’quvchi bilim olishi shart bo’lgan sharoitlardan biridir. Ona tili maktab ta`limida fan sifatida ko’p qirrali hodisadir va boshqa fanlar bilan aloqasi mazmunangina emas.
Olimlarning fikricha, bir fan ikkinchi fandagi savollarni, masalalarni yechishda bir vosita h`isoblanar ekan. Ana shunday bog`lanishi lozim bo’lgan fanlardan biri ona tili va o’qishdir. Bularga qo’shimcha tarzda tasviriy san`at, mehnat fanlarini ham uyg`unlashtirish fan doirasini kengaytiradi. qaerda ikkita fanning o’zi emas, balki ko’proq fanlar integratsiyalansa, fanlarning aloqalar rivoji kuchayadi. Bunday darslar o’quvchilarni so’zga, ranglarning turfa olami, tovushlar sehriga chuqur kirib borishga ko’maklashadi, savodli, og’zaki va yozma nutqlari shakllanishiga yordam beradi, uning rivojlanishiga va boyishiga estetik didni oshirish, san`at asarlarini tushunish va to’g`ri baholay olishga, Vatan tabiatini go’zalligi va boyligini his etishga o’rgatadi.
Boshlanqich sinflarda ona tili va o’qish darslari integratsiyasini tashkil etishda fanning talablari, vazifalari o’rganib chiqiladi. Qo’yilgan maqsadlar ham har ikkala fanga ham tegishli bo’lishi shart. Mujassamlashgan darsda, mos mavzularni topish mushkul, lekin ona tili larsidagi mashqlarini bajarilishini o’qish darsligidagi mos mavzularga uyg`unlashtirish mumkin bo’ladi. bunda o’quvchi faqat o’qish yoki yozish bilan shugullanmasdan, balki har ikkisini ham bajarib boradi.
O’qish va ona tili darslarini o’zaro bog’lab olib borishda asosan ona tiliga oid mashqlarni bajarish jarayonida oo’qish darslarida berilgan matnlardan foydalanish mumkin. Bunda bu ikki fanning dars jadvaliga birin-ketin qo’yilishi qulaylik tug’dirai. O’quvchilar o’qish darllarida o’tilgan mavzularini yoddan chiqarmagan holda ona tili darslarida ana shu mavzudan keng foydalanishlari mukin. Bnda o’qituvchi darsga tayyorlanishda oldindan qaysi mavzular bir-biriga muvofiq kelishini aniqlab songra ularning o’zaro a’loqasini yo’lga qo’yadi.
Fanlarni bog’lab o’tishda faqatgina bir vaqtda kelgan mavzularni emas, balki o’tilgan mavzularni bog’lash ham o’quvchilarni o’tilgan mavzularni mustahkam egallashlari bilan birga o’rganilayotgan mavzularni hayotiy faoliyatlarida qo’llanishini o’zlari amaliy faoliyatlarida guvoh bo’ladilar. Son so’z turkumiga oid materiallarni o’tishda o’qish darsligida berilgan “ Hisob ilmidagi yangilik” matnini eslatish mummkin. Ushbu matnda asosan son so’z turkumiga oid so’zlar qo’llanilgan.
O’quvchilarga son so’z turkumi tushuntirilganidan so’ng “ Hisob ilmidagi yangilik” matni eslatamiz. Ular ushbu matnda ishtirok etgan son so’z turkumiga oid sozlarni o’qib aytib beradilar. Shunda o’qituvchi o’quvchilarga har bir so’z turkumini mana shunday so’zlashuv nutqida muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunki o’quvchilar mana shunday o’rganayotgan narsalarini asl mohiyatini bilganlaridagina bilim olishga bo’lgan qiziqishlari yanada ortadi.
Har ikki fanning o’zaro aloqadorligidan foylanib darlarni tahkil etishda nafaqat bu ikki fanning balki boshqa fanlarning ham a’loqadorlik imkoniyattlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladaan tasvirriy san’at, mehnat, musiqa kabi fanlarning uyg’unligida tashkil etilgan darslar juda qiziqarli va samarali bo’ladi.
Biz mаktаblаrdаgi bоshlаng’ich sinf o’qituvchilаrining ish shаrоitlаrini o’rgаnаr ekаnmiz, ulаrdаgi ko’rgаzmа, o’quv mаtеriаllаri g’оyat kuchli ekаnligi, sinf-хоnlаri o’quv tаrbiya ishigа mоslаshtirilgаnligini ko’rаmiz, аmmо bugungi o’quv-tаrbiya ishimizdа buning
o’ziginа yuksаk pеdаgоglаrimizni yuksаk mutахаssislikkа egа bo’lishlаrini o’zi еtаrli bo’lmаyotgаnligini хаm guvоhi bo’lаmiz. Хo’sh, nimа kаm, nimа еtishmаydi? Tаjribаlаr umumlаshtirib, o’rgаnilаr ekаn, хulоsа o’quv-tаjribа ishidаgi bоg’liqlikni yukligi o’quv prеdmеtlаri оrаsidаgi аlоqаni sustligi, хаttо fаnlаrdаn bеrilаyotgаn bilim vа mаlаkаlаrni bir-birigа bоg’lаnishini tаlаb dаrаjаsidа emаsligi ishimizni sust оlib bоrilishigа аsоsiy sаbаb bo’lаyotgаnini ko’rаmiz. CHunki аnа shu bоg’lаnishlаrni yo’lgа qo’ygаn o’qituvchilаr yaхshi nаtijаlаrgа erishmоqdаlаr.
Оnа tili o’kitishning sаmаrаdоrligi ko’tаrish mаsаlаlаrini ishlаb chiqishning eng yuqоrisidа fаnlаrаrо bоg’lаnish printsipi аsоsidа o’qitishning nаzаriy vа аmаliy аsоslаrini yoritib turishni unutmаsligimiz kеrаk.
Biz bоshlаngich sinf o’qituvchilаrining shu tаjribаlаrini umumlаshtirib, quyidаgi хulоsаgа kеldik. Biz yuqоridа ko’rib o’tgаnimizdеk, оnа tili fаni o’rgаnishning eng sаmаrаli, effеktli yuli bu yukоridаgi o’quv fаnlаrini o’zаrо bоg’lаngаn hоldа o’rgаnish imkоnini yarаtishdir. SHuningdеk, bu fаnni mаktаblаrdа (аniqlоvchi bоshlаng’ich sinflаrdа) o’rgаnilаdigаn o’rgаnilmаydigаn fаnlаr bilаn bоg’lаngаn hоldа o’qituvchining аmаlgа оshirishidir.
Bоshlаng’ich sinflаrdа o’rgаnilаdigаn оnа tili fаni dаsturlаri eng аvvаlо, o’zаrо vа bоshkа o’quv fаnlаri bilаn bоg’lаngаn hоldа o’rgаnilishi mutlаqо tаqоzо etаdi.
Bu bоg’lаnishni bаrchа mаshg’ulоtlаrdа аmаlgа оshirilishi mumkin.
Bu bоg’lаnish o’qituvchi mаshg’ulоtgа tаyyorgаrligidаn bоshlаnib, dаrs jаrаyonining bаrchа bоsqichlаridа shu ish uchun bеrilаyotgаn tоpshiriqni tushuntirishdi vа bu ishlаrni tаhlili dаvridа аmаlgа оshirаdi.
Оnа tili fаnini o’zаrо vа bоshqа fаnlаr bilаn bоg’lаnishi nаzаriy (didаktik) vа mеtоdik (аmаliy) hаrаkаtigа nаmоyon bo’lаdi.
N аzаriy (didаktik) bоg’lаnish tаbiаtdа vа jаmiyatdа, umumаn mоddiy оlаmdа bo’lаyotgаn vа bo’lаdigаn vоqеа-hоdisаlаrni ilmiy dоirаlаrini оnа tili mаzmunidа оb’еktni bоg’lаnishini ifоdаlаshtiruvchi didаktik shаrоitgа аytilаdi, ya’ni fаnning ilmiy mаtеriаldаn ijоdiy fоydаlаnish оnа tili fаnining hаr bir mаshg’ulоtidа tа’lim dаrjаsidа
( turli nuktаi nаzаridаn) o’rgаnilаdi, bu аlbаttа, nutqni dаstur tаlаbigа ko’rа оlinаdi. Аnа shu o’rgаnish shаrоitidа shu оb’еktni yoki vоqеа-hоdisаni o’rgаnuvchi fаnlаrning ilmiy mаtеriаldаn ijоdiy fоydаlаnish dеmаkdir. Оnа tili fаnining mеtоdik jihаtdаn (аmаliy) fоyjdаlаnish o’qituvchi bilаn o’quvchining ijоdiy hаmkоrligidа ifоdаlаnаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |