Bahor fasliga tavsifnoma Bahor mavsumi kalendar hisobi bo‘yicha birinchi martdan boshlanadi. Bahor kunlarining boshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo‘rtadi, mevali daraxtlar gullay boshlaydi. ob-havodagi o‘zgarishlar. Mart oyida qattiq yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko‘tariladi.Lekin sovuqlar ham bo‘lib turadi.Martning oxirlarida ba’zan momaqaldiroq bo‘ladi.Aprel oyida harorat ko‘tariladi. Oyning boshida kunning o‘rtacha harorati +12+13, ba’zan +18+19 darajaga ko‘tariladi. Aprel oyining ikkinchi yarmi haroratning ko‘tarilishi, ayrim hollarda esa haroratning birmuncha pasayishi bilan xarakterlanadi. Aprel oyida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. May oyida esa issiq kunlar boshlanadi, kunlik o‘rtacha harorat +10+25 daraja atrofida bo‘ladi. Biroq, oyning boshlarida ob-havo beqaror bo‘lib, tez-tez o‘zgarib turadi. Ba’zan g‘o‘za va boshqa o‘simliklarga zarar keltiruvchi do‘l yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |