Bu yerda yashagan qabilalar Koni serhosil vodiysini o'zlashtirib bu yerda o‘nlab qishloqlar barpo qilganlar.Bu qishloqlardan biri Chatal-Xyuyuk edi.Chatal- Xyuyukning maydoni 12 gektar egallab qishloq aholisi 14 xilga yaqin ekin turlarini ekib parva-rish qilgan.Ular orasida bug‘doy,arpa va no'xotning bir necha navi bo’lgan, shuningdek,xonaki qo‘y va echkilarni boqib ko'paytirganlar.Aholining eng muhim texnologik yutuqlaridan biri mis va qo'rg'oshin eritib,jez hosil qilib undan munchoq har xil ro'zg’or buyumlari,igna va teshgich-bigizlar yasaganlar.Am- mo dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qurollarning aksariyati toshdan va yog'ochdan bo’lgan.Shunigdek,har turli bezaklar shu jumladan munchoqlar keng tarqalgan edi.Ayollarning qabrlarida yog’ bilan tayyorlangan angob-oxra,obsidiandan tayyorlangan oyna va boshqa bezak buyumlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |